Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida o’qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizom magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibi, umum qabul qilingan xalqaro standartlarga binoan, magistrlik dissertasiyasi mazmuni va sifatiga qo’yiladigan mezonlar va talabalarni belgilaydi.
Nizomning 4-bandiga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishni magist…