Innovatsion-integratsion faoliyat
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Universitetning innovatsion-integratsion faoliyati

Universitetning innovatsion-integratsion faoliyati haqida ma’lumot.

Universitetda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida 18 ta innovatsion guruhlar tashkil etilib, respublikamizning 52 ta tashkilot, korxona va muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Shartnomada belgilangan majburiyatlarni o’z vaqtida bajarish va universitetda 2017-yilda innovatsion hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur rejaga asosan, universitetida innovatsion guruhlarning faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida uning chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda tegishli vazirlik va oliy ta’lim  hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda universitet kafedralarida innovatsion guruhlarni tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari bilan integratsiyani kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy xodimlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning o’quv jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, O’zbekiston qishloq xo’jaligi tarmoq ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, tashkilot va korxona mutaxassislari bilan hamkorlikda doktorantlar, magistr va iqtidorli bakalavr talabalarni keng jalb etgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, O’zbekiston Respublikasi FA ITI olimlari bilan hamkorlikda xalq xo’jaligining dolzarb masalalarini hal etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ushbu yo’nalishlar bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan qatnashish, hamkorlikda o’quv dasturlari va adabiyotlarini yaratish, ularni takomillashtirish va talabalarning BMI lariga rahbarlik qilish, turli videokonferensiyalar va anjumanlar tashkil etish va ishtirok etish kabi tadbirlar o’rin olgan.

            Rejaga muvofiq, kafedralar qoshida tashkil etilgan innovatsion guruhlar tarkibiga kirgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistr va talabalarning hamkor korxonalar bilan tajriba almashishlarini, o’quv va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini o’tash hamda ishlab chiqarish korxonalari muammolarini o’rganish va hal etish borasida borasida tegishli chora-tadbirlar  amalga oshirildi. Jumladan, “Tuproqshunoslik” kafedrasi qoshidagi innovatsion guruh a’zolari boshchiligida Sirdaryo viloyati Boyovut va Guliston tumani fermer xo’jaliklarida yerlarni bahorgi ekish ishlariga tayyorlash, sho’r yuvishni tashkil etish maqsadida viloyat hokimligining qishloq va suv xo’jaligi  boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda, fermerlarga o’zlarining fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini berishdi. Ushbu innovatsion guruh tomonidan sho’r yuvish va yerlarni meliorativ holatini yaxshilash borasidagi qo’llanmalari chop etildi.

“Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasining dotsenti O. Raxmatovning innovatsion guruh a’zolari bilan hamkorlikdagi “Quritilgan uzumga ishlov berish uskunasi” loyihasi tayyorlanib, bugungi kunda viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermerlar uyushmasi bilan birgalikda, ushbu liniyani yo’lga qo’yish choralari ko’rilmoqda.

            “Ekologiya va geografiya” kafedrasi qoshidagi innovatsion guruh a’zolari  Sirdaryo viloyat va Guliston shahar davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bilan birgalikda tuzilgan xo’jalik shartnomasiga asosan “Sirdaryo viloyati o’simliklar kadastrini ishlab chiqish” bo’yicha kelishuv imzolanib, 15 mln so’mlik ishlar bajarilgan va loyiha nihoyasiga yetgan.

            “Rus tili va adabiyoti”, “O’zbek tili va adabiyoti”, “Pedagogika va psixologiya”, “Tarix”, “Iqtisodiyot” kabi kafedralarining innovatsion guruh a’zolari Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ta’lim va tarbiya ishlarni takomillashtirish, yangi-zamonaviy shakl va tamoyillarini joriy etish borasida ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshirildi. Innovatsion guruh a’zolari viloyatning umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning turdosh kafedralari o’qituvchilariga fanlardan o’quv-uslubiy majmualar, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalarni tayyorlashda, ushbu ta’lim muassasalarida magistr, bakalavrlarning bitiruvoldi amaliyotini o’tash, birgalikda tezis va maqolalar chop etish, o’zaro kelishuv asosida ma’ruza o’qish va boshqa tadbirlar o’tkazishda hamkorlikni yo’lga qo’yishgan.

            “Matematika”, “Axborot texnologiyalari” kafedralari qoshida tashkil etilgan innovatsion guruh a’zolari Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarni kompyuter savodxonligi kurslarida o’qishlariga sharoitlar yaratgan holda ularning 3 oylik o’qishlarini tashkil qilishgan. Bu yerda viloyat yoshlari axborot texnologiyalaridan saboq olishib, bilimlarini mustahkamlashga va sertifikat olishlari yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari innovatsion guruhning 10 nafar magistrlari (ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi) ushbu ta’lim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalarini yozish, bitiruvoldi amaliyotlarini o’tashlari yo’lga qo’yildi. Shuningdek, innovatsion guruh a’zolari tomonidan shartnoma asosida o’rta maxsus ta’lim muassasalariga dasturiy axborotlar tayyorlash, fanlardan o’quv, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar yaratish ishlari bajarib kelinmoqda.

            Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya”, “Kimyo”, “Tuproqshunoslik”, “Ekologiya va geografiya” kafedralaridagi innovatsion guruh a’zolaridan 3 nafar doktorantlar, 4 nafar mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida, 12 nafar magistrlar, 20 nafardan ortiq iqtidorli talabalar “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik” tadqiqot markazi laboratoriyalarida viloyat fauna va florasi, qishloq xo’jaligi sohasidagi muammolar ustida ilmiy -tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Bu innovatsion guruhlar faoliyatida Respublika ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, yetakchi OTMlari fan doktorlari, professorlari hamkorlikda faoliyat ko’rsatishmoqda.

            Sirdaryo viloyatida, shuningdek Respublikamizda faoliyat olib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining ilmiy tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib universitet kafedralarida tayyorlangan ishlanmalar haqidagi ma’lumotlar, taklif etilayotgan mahsulotlarning maketlari, tayyor mahsulot namunalari va bannerlari tayyorlanib, 2017-yilda o’tkazilgan “Tashabbus” ko’rik-tanloviga, sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja savdosi, ilmiy-amaliy anjumanlar va ''X Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar'' hududiy va respublika yarmarkasida faol ishtirok etishdi hamda qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

            Fan-texnikaning rivojlanib borishi, bugungi uzluksiz ta’lim tizimida, kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot va telekommunikatsion tizimni yuqori darajada shakllantirishni taqozo etmoqda. Chunki ta’lim texnologiyalari bilan bog’liq holda yaratilayotgan darslik, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali vositalar va dars o’tish texnologiyalari doimiy ravishda yangilanib turilishi lozim. Aks holda, Milliy dastur talablaridan kelib chiqqan holda, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda moddiy mablag’ va vaqt bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Kompyuter texnologiyalariga asoslangan tizimining tashkil etilishi bilan esa, nisbatan qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Bu borada kompyuter texnologiyalariga asoslangan koorporativ tarmoqni tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda.

Uzluksiz ta’lim tizimi talablari va mavjud mintaqaviy muammolardan kelib chiqqan holda maktab, akademik litsey, kollej, oliy ta’lim muassasalarining yagona koorporativ tarmog’ini tashkil etish bo’yicha universitet olimlari tomonidan  yaratilgan ishlanma, ta’lim sifatini oshirish bilan birga, viloyatda yiliga yuz millionlab pul mablag’ining ortiqcha sarflanishining oldini oladi. Shunga asosan olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida hamkor oliy o’quv yurti ta’lim muassasalarini yagona koorporativ tarmoqqa birlashtirish bo’yicha boshqaruv va axborot resurslaridan foydalanishni takomillashtirish hamda undan samarali foydalanish ishlanmasi yaratildi.

Yaratilgan ishlanma asosida umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining axborotga bo’lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun Internet tarmog’ining milliy  segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirishga hamda viloyat aholisi va talaba-yoshlariga ta’lim muassalarida mavjud axborot-ta’lim resurslaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, ta’lim muassasalarida masofaviy malaka oshirish kurslarini  tashkil etish, ta’lim muassasalari o’rtasida fanlarga oid masofaviy ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalar o’tkazishni amalga oshirish, viloyat “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tomonidan olib borilayotgan ishlarni viloyat ta’lim muassasalari yoshlariga keng targ’ib etish, viloyat yoshlarini milliy g’oya ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirish kabi chora-tadbirlarni sifatli bajarish imkoniyati yaratiladi. Shu maqsadda universitetda quyidagi vazifalarni amalga oshirish choralari ko’rilmoqda:

  • universitet bazasida viloyat ahamiyatiga ega bo’lgan yagona axborot resurslar markazini tashkil etish;
  • universitet, akademik litsey, kollej, umumta’lim maktablari o’rtasida koorporativ tarmoqni tashkil etish;
  • tarmoqlararo axborot almashinuvi harakatini belgilash;
  • koorporativ tarmoq va axborot resurslaridan boshqaruv bo’g’inlari xodimlari malakasini oshirish;
  • yaratilgan koorporativ tarmoq asosida boshqaruv va axborot almashinuvining tizimini ishga tushirish;
  • yaratilgan axborot resurs markazidan erkin foydalanishni yo’lga qo’yish;

Yaratilgan yagona koorporativ tarmoqdan mintaqa ta’lim muassasalarida foydalanish natijasida:

  • aholi va talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarida kerakli axborot manbalari bilan tanishishlariga imkoniyat yaratiladi;
  • talaba-yoshlar o’ziga tegishli manbalarni axborot ta’lim resursidan foydalangan holda tez topishga va undan foydalanishga erishadi;
  • aholi va talaba-yoshlarning ma’naviy ytuklik darajasi yanada ortadi;
  • respublika, jahon miqyosidagi axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi;

Tarmoq orqali to’g’ridan-to’g’ri Internetga chiqish va bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan masofaviy aloqalar ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, yaratilayotgan axborot-resurs markazini takomillashtirish asosida aholiga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish doirasini kengaytirish bilan birga mintaqaviy muammolarni o’rganish va uning yechimini topishga yo’naltirilgan tadqiqotlar olib borishga erishiladi.

Keyingi yillarda viloyatda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati yomonlashuvi, asosiy ekin turlari bo’yicha hosildorlikning pasayib borishi kabi bir qator muammolar vujudga kelmoqda, ularni hal etish chuqur ilmiy izlanishlarni talab etadi. Shularni e’tiborga olgan holda, hisobot yilida qishloq xo’jaligi yo’nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida yaratilgan ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-fevraldagi “2013-2017-yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha Davlat dasturining so’zsiz bajarilishini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 39-sonli Qarori asosida Guliston davlat universiteti  qoshida “2013-2017-yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha Davlat dasturini amalga oshirilishini maqsadli o’rganish hamda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining samaradorligini oshirishda, suv resurslari va suv  xo’jaligi ob’ektlari bo’ylab yer uchastkalaridan oqilona foydalanishda metodik yordam ko’rsatish bo’yicha  Ilmiy-amaliy Kengash o’z ishini davom ettirdi. Mazkur Ilmiy-amaliy Kengashning 23 nafar olimlar va mutaxassislardan iborat a’zolari viloyatda zovur, kollektor, drenajlarni bunyod etish, ularni joriy ta’mirdan chiqarish ishlarining  borishini nazoratga olish, sho’rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha fermer xo’jaliklariga ilmiy va amaliy maslahatlar berdi va metodik yordam ko’rsatdi. Shuningdek, Kengash a’zolari va mutaxassis olimlar  Sirdaryo viloyatining har bir ob’ektiga maqsadli biriktirilib, ularning zimmasiga suvni tejaydigan zamonaviy sug’orish texnologiyalarini fermer va dehqon xo’jaliklari tomonidan to’g’ri tanlashda va joriy qilingan sug’orish texnologiyalaridan samarali foydalanishda,  suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini tashkil qilishda amaliy seminarlar o’tkazish, sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo’yidagi yerlardan maqsadli foydalanish, ular atrofiga daraxtlar hamda qishloq xo’jalik ekinlarini ekish, bu hududlarni obodonlashtirish bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatish vazifalari yuklatildi.

Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi akademik litsey va kasb -hunar kollejlarida amalga oshirilgan ishlarda ham o’z ifodasini topdi. Ayniqsa, universitetda AL va KHK o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tashkil etilishi, ta’lim tizimidagi sifat bosqichlaridan biri bo’ldi.  Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo’yicha yaratilgan ishlanmalardan uzluksiz ta’lim tizimida foydalanish asosida o’tkazilgan seminarlar, pedagogik xodimlarni o’qitish, universitet professor‑o’qituvchilari va talabalari bilan birgalikda maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar o’z natijalarini bermoqda.  Bu bir tomondan, yaratilgan ishlanmalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi bo’lsa, ikkinchi  tomondan, hamkorlikdagi ishlar o’sha muassasadagi muammolarni hal etishda alohida ahamiyatga egadir

Universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar natijalari ta’lim, qishloq va xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali tatbiq etilmoqda.

Eksperimental biologiya laboratoriyasida “Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini tahlili va sho’rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” mavzusi bo’yicha olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar natijasida har xil darajada sho’rlangan oziqali muhitda batat, kartoshka va topinamburning olingan chidamli formalari asosida kartoshkaning 5 ta, batatning 4 ta va topinamburning 2 ta liniyasi yaratildi. In vitro  sharoitda yaratilgan liniyalar asosida kartoshkaning 2 ta (Sayxun, Mirzacho’l) navlari hamda batatning 3 ta (Sirdaryo, Guliston, GulDU) navlari qishloq xo’jalik o’simliklarining nav sinash davlat komissiyasiga sinovdan o’tkazish uchun topshirildi.

Kartoshkaning In vitro  sharoitda yaratilgan Sayxun, Mirzacho’l va batatning Sirdaryo, Guliston, GulDU navlarini sho’rlangan tuproq sharoitda ekib, mahsulot olish uchun ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Tadqiqotlar universitet bazasida o’tkazilganligi bois natijalardan biotexnologiya fanidan o’tkaziladigan talabga moslashishi” mavzusida bajarilgan fundamental tadqiqotlari natijasida  Jizzax viloyati Zomin tumani adir mintaqasida astragallarning  kollektsion uchastkasi tashkil etildi.  O’rmonchilik xodimlari va fermerlar uchun dorivor astragallarni o’stirish yuzasidan  maxsus qo’llanma tayyorlandi. Astragalus turkumi vakillarining introduksion turlari baholandi va  fitomeliorantlar sifatida foydalanishga  tavsiyalar ishlab chiqildi. Astragal turlarining  “genbanki” yaratildi.

“Iqtisodiyot” kafedrasida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish” mavzusida bajarilgan fundamental tadqiqot natijalari asosida qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarini innovatsion rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati fermer xo’jaliklarida joriy etildi.

  “Tuproq va o’simliklar kimyosi” laboratoriyasida “Sho’rga chidamli o’simliklarni tanlash va yaratish” mavzusidagi tadqiqotlar davomida sho’rlangan tuproqlar unumdorligini qayta tiklash bo’yicha o’tkazilgan dala tajribalari yordamida biologik usullarning samaradorlik ko’rsatkichlari aniqlandi.

Olingan natijalar asosida:

1)      Sirdaryo havzasining o’rta oqimida yoz faslida suv bilan ta’minlanganlik darajasining kamayishi sharoitida Mirzacho’lda sug’oriladigan yerlar hosildorligining pasayishi va tuproq-meliorativ jarayonlarining o’ziga xosligi aniqlandi;

2)      Aeratsiya zonasida suv-tuz jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni miqdoriy baholash va ularni maqbullashtirish usullari ishlab chiqildi;

3) Tuproq sho’rlanishi va suv-fizik xossalarini biologik usullar bilan tartibga solishning ilmiy asoslari yaratildi.

“O’zbekiston tabiiy landshaftlarida hayvonlar bioxilma-xilligini o’rganish” mavzusidagi tadqiqotlarda O’zbekiston faunasining juda xilma-xil va hali o’rganilmagan qirralaridan biri - mollyuskalar to’g’risidagi ma’lumotlar  o’rganildi. Mollyuskalarni o’rganish xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan, qishloq xo’jaligida (dehqonchilik va chorvachilikda) va tibbiyotda odam, hayvon va o’simliklarda keltirib chiqaradigan turli xil parazit kasalliklarining oldini olish, ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhit tozaligini nazorat qilib borish bo’yicha olib boriladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar uchun muhim o’rin egallaydi.

Ushbu bosh mavzu asosida 2015-2017-yillarga mo’ljallangan amaliy loyiha bajarilib, unda O’zbekiston va unga tutash hududlarda tarqalgan quruqlik mollyuskalardagi o’zgaruvchanlik qonuniyatlari, tur hosil bo’lish jarayoni va chorva mollarida gelmint kasalliklarini tarqatishda quruqlik mollyuskalarining xo’jalik ahamiyati ochib berildi. Loyiha asosida tayanch doktorantura orqali 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoya qilish uchun ixtisoslik Kengashiga taqdim etildi.

Fanning ta’lim  va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishdagi mavjud muammolardan kelib chiqqan holda, yangi ilmiy izlanishlar yo’nalishini belgilash kabi bir qator maqsadlarni e’tiborga olib, 2017-yilda Respublika miqyosida 1  ta ilmiy-amaliy anjuman 5 ta ilmiy seminarlar, 4 ta ilmiy-innovatsion ishlar tanlovlari va yarmarkalari o’tkazildi. Ularning natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar vazirlikka va tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

 

13126 | 2018-01-09 13:45

Resurslar

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar