Axborot råsurs markazi diråktori: Oqyigitov Obidjon Shoyimqulovich
Qabul vaqti: Juma, shanba 14.00 dan 17.00 gacha
Tålåfon: (+998 97) 275-16-09, 225-45-09
E-mail:oqyigitov@mail.ru
Axborot resurs markazi
O`zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan “Råspublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi PQ-381-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadlarida Guliston davlat univårsitåti kutubxonasi någizida “Axborot-råsurs markazi” tashkil etildi. Bugungi kunda ARMda 5 ta bo`lim faoliyat yuritib kelmoqda.
ARMda bugungi kunda umumiy fondi 40261 nomda, 401454 nusxani tashkil etadi, shundan: 252790 nusxasi o`zbek tilida, qolganlari rus va boshqa tillarda. Darsliklar 127561, o`quv-qo`llanmalar 119448, ilmiy ommabop adabiyotlar 116115, badiiy adabiyotlar soni 38330 nusxani tashkil etadi.
Foydalanuvchilar soni 9096 nafarga yetdi, shundan: 396 nafari professor-o`qituvchlar, 12 nafar magistirlar, 4938 nafar talabalar, qolganlarini shahar aholisi, kollej va maktab o`quvchilari. ARM da ARMAT dasturi asosida avtomatlashtirilgan kutubxona ish olib bormoqda. ARMAT ma`lumotlar bazasiga 12000dan ortiq elektron katalog, 2-3 kurs kitobxonlarning elektron formulyari kirgizildi. ARM kompyuter sinflarida 50 ta kompyuter bor. Mavjud kompyuterlarning hammasi internet tarmog’iga ulangan hamda foydalanuvchilar login va parol bilan ta`minlangan.
Universitetning ichki tarmog`i portalida 134 Gb dan oshiq ma`lumotlar bazasi yaratilgan bo’lib, undan talabalar muntazam foydalanib kelmoqda. Yaratilgan Elektron resurslar to’plami disklarga yozilib har bir talabaga berilgan. Kitobxonlar bundan tashqari O`zbekiston va Rossiyada chop etilayotgan 46 nomdagi gazeta va 51 nomdagi jurnallar bilan tanishish imkoniyatiga ega.
O`sib kelayotgan avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, ma`naviy-axloqiy va madaniy qadriyatlarini targ`ib qilish, zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalarni inobatga olgan holda shahar markazida ham ARM filiali tashkil etilib, shahar aholisiga, maktab o`quvchilari va kollej talabalariga xizmat ko`rsatilmoqda.
TARIXI
Sirdaryo pedagogika instituti 1966-yilda tashkil etildi. Unda 5 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash nazarda tutildi. Shu mutaxassisliklar uchun zarur adabiyotlar Nizomiy nomidagi pedagogika institutidan, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutidan olib kelinib institut kutubxonasi tashkil etildi. Dastlabki yillarda kutubxonada kitob berish, yani abonement va o’quv zali tashkil etildi.
Shu kundan boshlab, universitet kutubxonasining o`quv va badiiy adabiyotlar fondi kundan kunga boyib bormoqda. Uning kitobxonlari soni ham ortib bormoqda. 2002-yildan boshlab kutubxonada kompyuter sinfi tashkil etildi. Unda talabalar o`zlariga kerakli ma`lumotlarni tayyorlashadi. Kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida” gi qarori asosida universitetda “Axborot resurs markazi” tashkil etildi. PQ-381-sonli qarori va viloyat hokimining 2006-yil 23-iyundagi 135-1 raqamli buyrug`ini ijro etishga qaratilgan Guliston davlat universitetining 85-0 raqamli buyrug`i bilan viloyat aholisiga markazlashgan axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yo`lga qo`yish maqsadida Guliston shahar markazlashgan kutubxonalar tizimidagi 5 ta tarmoq kutubxonalarni balansdan balansga o`tkazish bo`yicha tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga muvofiq universitet kutubxonasi hisobiga o`tkazildi. Shu asosda viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan binoda aholiga keng turdagi axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishga asoslangan “Axborot resurs markazi” filiali tashkil etildi.
2008-yil 17-aprel kuni Axborot rusurs markazining shahar filiali tantanali ochildi va shu kuni u yerda "Aholining zamonaviy axborot resurslariga ehtiyojini qondirish istiqbollari" mavzusidagi respublika uslubiy seminar-treningi bo`lib o`tdi. Bugungi kunda filial shahar aholisi, maktab va kollej talabalariga xizmat ko`rsatmoqda.
GulDU Axborot resurs markazi zamonaviy talablar asosida jihozlangan. ARMda internet tarmog`iga ulangan 50 ta kompyuterdan iborat maxsus zallar, ilmiy-uslubiy bo`lim o`z faoliyatini elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida olib bormoqda. Shuningdek ARM skaner, printer, kserakopiya texnika vositalari bilan jihozlangan. Yangi axborot texnolgiyalarining Axborot-resurs markazlariga kirib kelishi bilan ARM dagi kitobxonlarning soni keskin oshdi. Masalan ARM da jami filial bilan birgalikda 9096 nafar foydalanuvchiga sifatli xizmat ko’rsatilmoqda.
ARM faoliyati
GulDU “Axborot-resurs markazi” (ARM) foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o`z faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlariga tayangan holda ildam zamonaviylashtirish bilan yuksak madaniy kutubxona xizmati ko`rsatish tizimini shakllantirish, shakllarini iste`molchilarga yetkazish, axborot - resurslarini iste`molchilar talablari asosida masofaviy olish va yetkazish shakllaridan foydalanish bilan aholi ehtiyojini qondirish, shuningdek, keng foydalanuvchilar ommasiga Internet xalqaro tarmog`iga chiqish imkoniyatlari bo`yicha xizmat ko`rsatish, o`quvchi va talaba-yoshlar hamda ustoz-murabbiylar uchun Respublikamizda joriy etilgan Ziyonet ta`lim portalidan iste`molchilarga o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop adabiyotlar bilan xizmat ko`rsatishdan tashqari yangiliklarni tezkor yetkazish, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan ma’lumot va yangiliklarning elektron izchil foydalanishlariga qulay imkoniyatlar yaratilgan.
Universitet Axborot-resurs markazi bosh binodan tashqari iqtisodiyot fakultetida, talabalar uyida, shuningdek, shahar markazida joylashgan filiallarga ega. Ularda universitet mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ichki Internet tarmog`i tizimi orqali turli axborot resurslaridan tez va sifatli foydalanish imkoni mavjud. Universitet talabalari login va parol bilan to`liq ta`minlangan.
ARMda internet tarmog`iga ulangan 50 ta kompyuterdan iborat maxsus zal, elektron kataloglar bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi kompyuterlashtirilgan abonement bo`limi, kompyuterlar o`rnatilgan Ilmiy metodik bo`lim elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda ARM mutaxassislar dastur ba`zasiga mavjud jamg`armaning 12000 ortiq elektron katalogini kiritishdi. ARM fondlari yangi turdagi elektron axborot resurslari bilan boyitilmoqda. Respublika va xorijiy davlatlar kutubxonalari bazasidagi o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. ARMning umumiy fondida 407890 yaqin adabiyotlar saqlanmoqda.
XXI asr–“Yuksak informatsion texnologiyalar” asri. Informatsion texnologiyalarning kundalik hayotdagi o`rni shunchalik yuqoriki, biz ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Kelgusida ARMda ushbu xizmatlar turlari joriy etiladi
Umumiy xizmatlar:
• Kitobxonlar talabiga ko`ra axborotlar jamlamalarini tayyorlab berish.
• Elektron kataloglar xizmati.
• Kutubxona fondidagi ilmiy va ommabop jurnallar maqolalaridan nusxalar tayyorlab berish va ularni elektron shaklda taqdim qilish.
• Kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko`rsatish, hujjatlarni (maqolalarni, turli axborot jamlamalarini, elektron kataloglarni) elektron pochta orqali iste`molchilarga yetkazib berish.
• Mediateka (SD disklarda o`quv, ta`limiy dasturlar va ma`lumotlar bazalari) xizmatlarini ko`rsatish.
• Kompyuterda ishlashni, Internetda va ma`lumotlar bazalaridan, ARMAT va boshqa avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlaridan foydalanishni o`rgatish kurslari
• O`zbekistonda himoya qilingan dissertatsiyalarning avtorefaratlari. Ma`lumotlar SD va magnitli disklarda kutubxonaning lokal tarmog`i orqali yoki olimlar, aspirantlar va talabalarning buyurtmasiga ko`ra elektron pochta orqali taqdim qilish.