Guliston Davlat Universiteti «Ilmiy-amaliy» muzeyning ekspozitsiyasi 9ta bo’limda joylashgan bo’lib, unda tariximizning moziysi va xozirgi davri aks ettirilgan. Guliston davlat universiteti bosib o’tgan shonli yo’l, ajoyib zaxmatkash kishilarimiz, oramizdan ketgan aziz birodarlarimiz, mazkur oliygoxga umrini baxshida etgan zotlarning xizmati o’z aksini topgan.
Muzeyning bo’limlari.
Birinchi bo’lim. USTRUShONA TARIXI
Bo’limda Ustrushonaning qadimgi, tosh, bronza, antik, ilk o’rta asrlar va rivojlangan o’rta asrlar tarixi xaqida ma’lumot beriladi. Muzeyda jami 424 ta arxeologik topilmalar namoyish etilgan.
Ikkinchi bo’lim. O’zbekiston – mening vatanim
Mazkur bo’limdan O’zbekiston xaritasi, mustaqillik yillarida sodir bo’lgan muxim voqealar, urg’u alloma va mutafakirlar berish maqsadida, bu ekspozitsiyada ulug’ siymolarimiz rasmlari va ular xayoti va faoliyati xaqida ma’lumotlar berilgan.
Uchinchi bo’lim. Buyuk o’tmishdan – nurli kelajak sari
Ekspozitsiya O’zbekiston xududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo’lgan taraqqiyotini tasviriy vositalar orqali namoyish etadi.
To’rtinchi bo’lim. Buyuk Ipak yo’li – hayot va taqdirlar daryosi
Bo’limda birinchi navbatda Buyuk Ipak yo’li xaritasining rangli tasviri e’tiboringizni tortadi. Bu erda Buyuk Ipak yo’li taqdirida Ustrushonaning o’rni va axamiyati, Buyuk Ipak yo’lidagi shaxarlar – Samarqand, Buxoro va Xiva xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Ekspozitsiyadagi rangli tasvirlar va namoyish etilgan buyum va kitoblar Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyo xalqlari taqdiridagi o’rni va axamiyatini ochib beradi.
Beshinchi bo’lim. Amir Temur va Temuriylar davri
Mazkur ekspozitsiyada buyuk soxibqiron Amir Temur xikmatlari, uning xayoti va faoliyatidagi muxim sanalar bilan tanishish mumkin. Amir temur va Temuriylar shajarasi sxematik tarzda ifoda etilgan.
Oltinchi bo’lim. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat
Ekspozitsiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov portreti, O’zbekistonning davlat ramzlari – Gerbi, Bayrog’i, Madhiyasi o’rin olgan.
Muzeyning O’zbekiston Respublikasining qisqa davr ichida mustaqillikda erishgan qisqa davr ichida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soxalardagi erishgan ulkan yutuqlariga bag’ishlanadi. Bu boradagi adabiyotlar ham namoyish etilgan.
Yettinchi bo’lim. Sirdaryo – ona diyorim
Bo’limdan Sirdaryo viloyati xaritasi o’rin olgan. Viloyatimizning mustaqillik yillaridagi rivojlanish ko’rsatgichlari jadvallar asosida ifodalangan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati tabiati haqida tasavvur beruvchi eksponatlar, universitet biologiya fakulteti olimlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo’jalik o’simliklarining yangi navlari namoyish etilgan.
Sakkizinchi bo’lim. Guliston Davlat Universiteti – 40 yoshda
Bo’limda oliygoximizning 40-yillik tarixiga bag’ishlangan bo’lib, unda universitetning tashkil topgan kunidan to bugungi kungacha raxbarlik qilgan rektorlar, universitet faxriylari, erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi kitoblar, diplomlar, patentlar, sertifikatlar namoyish etilgan.
To’qqizinchi bo’lim. Universitetimiz – ma’naviyat va ma’rifat maskani
Mazkur ekspozitsiya 8-bo’limning uzviy davomi bo’lib, unda universitet fakultetlari va kafedralari tarixi, professor-o’qituvchilar va talabalarning ilmiy-badiiy ishlaridan namunalar, universitet qoshidagi akademik litseylar xaqida ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Muzey milliy bezak va buyumlar, xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan.
Guliston davlat universiteti tuzilmasida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi
2019 yil 1 fevral kuni Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 936-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi”muzeyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet rektori, professor M.T.Xodjiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, t.f.d. professor B.Xasanov, professor R.Mahmudov, Sirdaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʻi A.Xoliqov, Sirdaryo viloyati “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Oʻ.Abdiyev, shoirlar Alisher Nur, Anvar Togʻayev, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar qatnashdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda shu yurt tinchligi uchun jonlarini ayamay kurashgan vatandoshlarimiz nomi abadiylashtirish maqsadida tashkil etilayotgan muzeylar, shoʻro davrida qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimizning ayanchli kunlari, turli voqealar, turli taqdirlar haqida gapirib, ushbu muzey yosh avlodning vatanparvar, oʻz millatiga boʻlgan hurmat, maʼrifatparvar ajdodlari haqida faxr va iftixor tuygʻusini shakllanishida hamda ular kabi el-yurti uchun munosib farzandlar boʻlib tarbiyalanishi katta taʼsirga ega boʻlishini taʼkidladilar.