Kafedra mudiri: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Abduraxmanov Qarshi Xolxodjaevich
Kafedra tarixi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 6-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 88-sonli bayoni 17-a bandi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 14-dekabrdagi “Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetini tashkil etish to’g’risida”gi ¹654-sonli buyrug’i hamda universitet Kengashining 2021-yil 19-fevraldagi 8-sonli yig’ilishi qarori asosida universitet rektorining 2021 yil 6 martdagi 45-I buyrug’iga muvofiq universitetda tibbiyot fakulteti tashkil etildi. 2022 yil 5 sentyabr fakultet negizida ilk kafedra – Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi tashkil qilindi.
Iste’molchilar talablariga muvofiq qabul kvotalariga buyurtmalar shakllantirildi. 2021-2022 o’quv yili uchun qabul parametrlariga asosan, universitetga 5510100-Davolash ishi yo’nalishiga 25 nafar hamda 5510200-Pediatriya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha 25 nafar, jami 50 nafar talaba qabul qilindi.
Fakultet uchun o’quv binosi ajratildi. Auditoriyalar va laboratoriya xonalarini o’quv jarayoniga tayyorlash uchun jihozlar va asbob-uskunalar hamda zarur o’quv adabiyotlar xarid qilindi.
Davolash ishi hamda pediatriya ishi ta’lim yo’nalishlarining malaka talablari, o’quv rejalari, fan dasturlari asosida 2021-2022-o’quv yili uchun o’quv yuklamalar shakllantirildi. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda Toshkent shahri tibbiyot oliygoxlaridan taklif qilingan xodimlar, universitetda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar hamda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy salohiyatli xodimlardan foydalanish yo’lga qo’yildi.
Kafedraning klinik bazalari: Sirdaryo viloyati kup tarmokli bolalar tibbiyot markazi, Guliston tibbiyot klasteri, O’zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasi
Kafedrada 1-2 kurs (pediatriya va davolash ishlari) bakalavr talabalari tahsil olishadi.
Ilmiy aloqalar: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2022-2023 o’quv yilida Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Umumiy tibbiy fanlar kafedrasida jami 14.5 shtat birligi mavjud. Kafedrada asosiy va ichki o’rindoshlik asosida ishlayotgan professor-o’qituvchilar soni 20 ta bo’lib, shulardan ilmiy darajalilar 6 nafarni tashkil etadi. Ilmiy pedogogik salohiyat esa 18 % dan iborat. Kafedrada 1 shtat kafedra mudiri, 0.5 shtat dotsent, 2 shtat katta o’qituvchi, 11 shtat assissent uchun ajratilgan. Umumiy tibbiy fanlar kafedrasida 9 nafar professor-o’qituvchilar asosiy shtatda ( Abduraxmanov Qarshi Xolxodjaevich, Xudaykulov Shuxrat Xudaykulovich, Fayziev Olim Ayubovich, Haqnazarov Shoxrux Farxodovich, Nabiev Ulug’bek Nemat o’g’li, Nazarkulova Shoxsanam Ulug’bek qizi, Karimova Shoira Baxodir qizi, Xasanova Gulhayo Saypidin qizi) faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra mudiri Abduraxmanov Qarshi Xolxodjaevich va hammualliflar tomonidan “Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari” nomli darsligi nashrdan chiqarildi.