Iqtisodiyot kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra mudiri: Berdiyev G'ayratkafedralar/iqtisod.jpg

Elektron manzili: iqtisodiyot_guldu@umail.uz

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: "Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitida  milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari".

Kafedra missiyasi: Nazariyadan amaliyotga, amaliyotdan taraqqiyotga.

Kafedra tarixi:

Iqtisodiyot kafedrasi 1998-yildan 2002-yilga qadar "Menejment" kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi. 2003-yilda Davlat Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan "Menejment" va "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedralari negizida "Umumiy iqtisodiyot" kafedrasi tashkil etilib, unga mutaxassis tayyorlovchi kafedra maqomi berildi. 2011 -yilida "Iqtisodiyot nazariyasi" va "Umumiy iqtisodiyot" kafedralari negizida "Iqtisodiyot" kafedrasi tashkil etildi. 2003 yildan boshlab unga i.f.n., dotsent O.T.Sattorqulov rahbarlik qilib keldi. Kafedraga 2006-yildan i.f.n. dots. O.R.Rayimberdiyeva, 2009-yildan i.f.n. dots. A. B. Muxametov, 2011-yildan 2021 yilga qadar  O. T. Sattorqulov rahbarlik qilib keldi. Hozirda kafedraga A. A. Abduvoxidov rahbarlik qilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi va ilmiy salohiyat:

Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor; 3 nafar iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 3 nafar iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 10 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 31%ni tashkil qiladi.  Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi 33 yosh. Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 15 ta monografiya, nufuzli xalqaro va milliy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilingan.

Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassis-liklari to‘g‘risida ma’lumot:

 Hozirda kafedrada 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavrlar va 5A230102  Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistrlar tayyorlanadi. Mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda, istiqbolda sug‘urta ishi, buxgalteriya hisobi, kichik biznes, marketing yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash rejalashtirilgan.

Kafedraning turdosh milliy va xalqaro oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari:

Kafedra Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va xalq xo‘jaligi akademiyasi Kaluga filiali, Belorussiya davlat universiteti, Binary universiteti (Malaysia), Novateur Publication (Pune, Maharashtra, India), O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,  TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent moliya instituti, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti kabi etakchi xalqaro va milliy oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.

Kafedra faoliyatining ustivor yo‘nalishlari:

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi talablaridan kelib chiqqan holda, kafedra faoliyatini istiqbolda rivojlantirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

- ta’lim, fan va chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsion aloqalarni rivojlantirish maqsadida “Universitet 30” kontseptsiyasini amalga oshirish;

- xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni ko‘paytirish;

- kafedrada ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan doktorantlar, mustaqil ilmiy izlanuvchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish;

- beshta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;

- talabalarning o‘quv-malakaviy va o‘quv-ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarini samarali tashkil etish maqsadida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va chop etish ishlarini yanada jadallashtirish va ularning sifatini oshirish;

- xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va shu kabilar. 

Kafedra manzili:

Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, 3-qavat 339-xona, “Iqtisodiyot” kafedrasi

E-mail:  gulsu_info@edu.uz

10647 | 2017-12-29 11:24
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->