Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini qayta tayyorlash texnologiyalari kafedrasi

Kafedra mudiri: t.f.n. dots. Qurbonov Ermamat Sayfiddinovich

kafedralar/qxm.jpg

Telefon: (8 3672) 225-38-19

Elektron manzili: www.guldu.uzglsu_info@edu.uz

“Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  texnologiyalari” kafedrasi dastlab 1985 yil “Umumtexnika fanlari va o’quv texnik vositalari” kafedrasi bo’lib, Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat pedagogika instituti  tarkibida faoliyat boshlagan. “Qishloq xo’jaligi  mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo’nalishining “Tabiatshunoslik” fakulteti tarkibidan kafedra tarkibiga o’tkazilishi munosobati bilan  uning nomi “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni  qayta  ishlash texnologiyasi” (QXM va MQIT) deb o’zgartirildi. 2015 yil avgust oyidan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  texnologiyalari”  deb nomlandi.

Kafedra tashkil etilgandan buyon unda dotsentlar G’.Sh. Shokirov, A.O. Obidov, E.S. Qurbonov, S. Hakimov, A. Boyzoqov, B. Qurbonov, A. Jabbarov, M. Turaqulov, professor K.K. Nuriev, q.x.f. nomnozodi. G.K. Mirsharipova mudirlik lavozimida  faoliyat ko’rsatganlar.  E.S. Qurbonov  2013 yil 05.07. iyuldan buyon kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada 18 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Professor-o’qituvchilardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodlari, 2 katta o’qituvchi va 11 nafari o’qituvchilardir.

Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 47 yoshga to’g’ri keladi. Kafedraning ilmiy salohiyati 42 % ni tashkil etadi.

Kafedra bazasida bugungi kunda 5410500-“Qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”, 5111000-Kasb ta’limi(Qishloq xo’jaligi mexanizasiyalashtirish) va 5320900- Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlsh va texnologoyasi (tikuv buyumlari)  yo’nalishlari bo’yicha  224 nafar o’g’il bolalar va 70 nafar qiz bolalar tahsil olib, bakalavr akademik darajasini oladilar.

Laboratoriya mashg’ulotini  o’tkazish jarayoni

Xozirgi kunda kafedrada yuqori darajada mashg’ulotlarni olib borish uchun sharoitilar yaratilgan, 1 ta kompyuter sinfi, 3 ta multimediya xonasi va 7 ta o’quv xonalari mavjud bo’lib ko’rgazmali qurollar va texnik jixozlar bilan jixozlangan.

Kafedrada 34 ta fan o’tilib, xar bir fan uchun o’quv-uslubiy majmualar tayyorlandi, o’quv uslubiy majmualar 10 nusxadan ko’paytirilib, universitet kutubxonasiga topshirildi. O’quv uslubiy majmualarni elektron versiyalari kafedraning ko’mpyuter xonasiga joylashtirilgan. Kafedra o’qituvchilari tomonidan o’zlarining fanlaridan xar bir mavzu bo’yicha taqdimotlar tayyorlandi. Darslar ZPT va AKT dan foydalanilgan xolda olib borilmoqda.  

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishi “Qishloq xo’jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlashda yuqori samarali texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusiga birlashtirilgan. 2003 yildan texnika fanlari doktori, professor  K.K. Nuriev  rahbarligidagi ilmiy guruh “Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori samarali ishchi  organlarini  izlash va ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi P-19.5 va 2006 yildan esa  shu guruh V-13-282 “Resurs tejovchi va ishlash davrida yuqori ish unumdorligini ta’minlovchi  tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirma tuzilmali ishchi organlarining yangi konstruktsiyalarni ishlab chiqish” mavzularidan Davlat granti olishga muvaffaq bo’lganda amaliy loyihalar bajarilgan.

Bu loyihalar bo’yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlangan va natijalar bo’yicha bir nafar fan doktori va fan nomzodlari, magistrlar va ko’plab bakalavrlar tayyorlangan. Yigirmadan ortiq patentlar olingan, 75 dan ortiq ilmiy ishlanmalar chop etilgan.     

Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi G.K.Mirsharipova rahbarligidagi ilmiy guruh 2006-2008 yillarda A-8-161 “Xorijdan keltirilgan no’xat navlaridan Mirzacho’l sharoitiga moslashgan navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi Davlat granti asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, tadqiqot natijalari asosida bitta fan nomzodi tayyorlandi, 20 ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 2011-2013 yillarda yangi yaratilgan «Xalima» va «Malxotra» no’xat navlari uchun ikkita patent olindi va ushbu no’xat navlari 2012 yil O’zbekiston Respublikasi Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan lalmi erlarda etishtirish uchun istiqbolli deb topildi. 

2012-2014 yillarda prof.K.Nuriev rahbarligidagi yangi ijodiy guruh ATD-9-24  davlat granti asosida “Sifatli mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlovchi qishloq xo’jalik chiqindilarini organik o’g’itlarga qayta ishlash liniyasining yuqori samarali, resurs tejamkor, ekologik toza innovatsion texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusida 140 mln. so’mlik amaliy loyihani muvaffaqiyatli yakunladilar. 2015 yildan esa kafedra dosenti t.f.n. O. Raxmatov rahbarligidagi ijodiy guruh yangi A-9-30 “ Uzum maxsulotlarini qayta ishlashning resurs tejamkor yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliyi grant loyixasi ustida ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra ToshDTU,  ToshDAU, JizPI, FarPI, TESI, TAYaI, O’zMEI,  O’zPITI, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti, Toshkent kimyotexnologiya instituti, O’zBUVITI, Qo’qonDPI, O’zPFITI,  QarMII kabi ko’plab OTM va  ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan  ilmiy–amaliy aloqalar o’rnatgan.

BMKB “Agromash”, OAO Chirchiqqishloqmash,  Baxtqishloqmash, TTZ ASBOB ShK, Baxt TTMZ, “B-Altayserviz” OAO “Ekskovator texnoservis”,  Guliston yog’ ekstrakt hissadorlik jamiyati, Sardoba paxta tozalash ochiq  turdagi hisadorlik jamiyati bilan ijodiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.          

Talabalar ochiq turdagi «Sardoba» paxta tozalash hissadorlik jamiyatida amaliyot jarayonidai

12856 | 2017-12-29 13:10
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023