Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2025/2026-o‘quv
yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini
ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan
o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga (https://lex.uz/uz/docs/-6070845) ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – www.transfer.edu.uz
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – www.my.uzbmb.uz
Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
