"Payshanba - yoshlar kuni" doirasida yangi o'quv yiligidagi ilk uchrashuv


Guliston davlat universitetida "Payshanba - yoshlar kuni" doirasida 2026-2027-o'quv yilidagi ilk uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev birinchi bosqichga Davlat granti asosida qabul qilingan talabalar bilan uchrashib, ularni, avvalo, ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.

Shuningdek, uchrashuvda universitetning barcha prorektorlari hamda fakultet dekanlari ham qatnashib, o'z mulohazalarini ilgari surishdi. Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Omad lotto" o'yini tashkil etilib, bir guruh talabalar universitet rektori tomonidan "Ibrat farzandlari", "Ustoz AI", "UzChess", "Mutolaa" premium-kartalari bilan rag'batlantirildi. Uchrashuv samimiy ruhda tashkil etildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?