Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bolimi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bolimi

Title


Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i: Raxmonqulov Akmal Obloqul o‘g‘li

Qabul kunlari: Har kuni (9:00-17:00)

rus tili

(67) 225-38-01, Fax: (67) 225-42-75

akmalraxmonqulov590@gmail.com

2015-2019 yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi
2019-2021 yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi (magistratura)
2020-2021 yy. - Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida axborot hisoblash tarmog‘i adminstratori
2021-2022 yy. - Guliston davlat universitetida ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi
2022 y. dan buyon - Guliston dalat universitetida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i
- -
- -





Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi maqsad va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:


1. Tijoratlashtirish bo‘limi ular uchun huquqlar oliy ta’lim muassasiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyati (bundan keyin-ITF) natijalari tijoratlashtirish maqsadida tashkil qilinadi.
2. Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga talabni o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari, rentabelligi va bu bilan bog‘liq tavakkalarni baholash.
- yuqori tijorat potensialiga ega bo‘lgan va realizatsiyalashga tayyor, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni saralab olish;
- innovatsion loyihalarni realizatsiyalashga investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
- yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion maxsulot ishlab chiqarish maqsadida uzliksiz ta’lim tizimidagi muassasalari (sanoat korxonalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limining asosiy vazifalari:


- oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, o‘quv yordamchi va ishlab chiqarish hodimlari, doktorantlari, talabalari, shuningdek, boshqa tashkilot mutaxassislarini o‘rnatilgan tartibda byujet va byujetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari,oliy ta’lim muassasasi tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarga jalb qilish;
- intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartnomalarni tuzishni tayyorlash va ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat;
- ITF natijalari va innovatsion loyihalarni baholash, tahlil qilish, ilmiy-texnik, ilmiy-metodik va innovatsion potensialini ekspertiza qilish, tobora muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni tahlil qilish;
- oliy ta’lim muassasi ilmiy jamoalarini raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotni yaratish va ommalshtirishda, jumladan, intelektual faoliyat natijalarini amalda qo‘llash maqsadida xo‘jalik obyektlarini ta’sis qilish yo‘li bilan ham, qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
- texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalar biznes-rejalarini tayyorlash, raqobatdagi ustunliklar va tavakkallarni baholash, ITF natijalarini huquqiy himoyalash, potensial investorlarni izlashda maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
- oliy ta’lim muassasasi tomonidan tuziladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba –konstruktorlik ishlarini bajarish, pudrat, hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik haqida va intellektual mulk masalalariga taalluqli boshqa shartnomalar bo‘limlarini tayyorlaydi va nazorat qiladi;
- GulDU intellektual mulk obyektlaridan noto‘g‘ri (maqsadsiz) foydalanish hollarini aniqlash va rahbariyatga mazkur tartib buzishlarning oldini olish va yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish, bu kabi tartib buzilishlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
- oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk obyektlariga mulkiy huquqlarini, shuningdek, ularning mualliflari mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoyalashga ko‘maklashadi,
- oliy ta’lim muassasasi xodimlari – intellektual mulk obyektlariga mualliflariga ularga tegishli bo‘lgan, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni realizatsiyalashda maslaxat va axborot ko‘magini berish.
- oliy ta’lim muassasasi xodimlarini intellektual mulk sohasida o‘qitishni tashkil qilish;
- oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazining o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha normativ, metodik va patent axborotlari bo‘yicha ishni muvofiqlashtiradi;
- tadqiqotchilik va patent-litsenziyalash faoliyati, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvatlash bo‘limlari bo‘yicha GulDU byudjeti loyihasiga taklif takliflar tayyorlash;
- oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk obyektlarini yaratish, qo‘riqlash va foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish.
- Tijoratlashtirish bo‘limi 7-bandda ko‘zda tutilgan vazifalar realizatsiyalashning majburiy ustuvorligini inobatga olgan holda o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tashqi tashkilotlar va jismoniy shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi mumkun.

Bo'lim haqida lavhalar

205 | 2023-12-11 15:02

Resurslar

QABUL-2024

2024-2025 o'quv yilida o'tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihon manzillari geolakatsiyasi

Abituriyentning ijodiy (kasbiy) imtihon axborot varaqasi
Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida korsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy talimdan keyingi talimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

Categoriyalar