Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantiraylik
Universitetning Filologiya fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi U. Begimkulov tomonidan dekan o‘rinbosari G‘. Shayzaqov hamrohligida yozgi semestr yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi. Bunda fakultetning 1-bosqich va 4-bosqich talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
