Fakultetda faoliyat olib borayotgan kafedralar:
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport: Sultonov Shuhrat
Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba kunlari soat 14.00 dan-16.00gacha
Ilmiy mavzu : “Vospitaniye koordinatsionnix sposobnostey u malchikov 10-14 let razlichnogo urovnya fizicheskogo razvitiya”fedra tarixiJismoniy tarbiya” kafedrasi 1966-yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Dastlab kafedrani G.P.Inchik (1966-1975 yillar) boshqargan. So’ngra 1975-1981-yillar mobaynida A.Agzamov, 1982-1986-yillar mobaynida V.Koltunov, 1986-yildan T.S.Galimovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatishgan. 1986-yilda kafedra fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” hamda “Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedralariga ajratildi.“Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedrasini V.V.Korobkov, fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” kafedrasini esa A.Ochilova boshqardi.
1992-yilda “Jismoniy madaniyat” fakulteti tashkil topib, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Xolbo’ta Mamatqulovich Mamatqulov dekan etib tayinlandi.
Fakultetlararo “Jismoniy tarbiya” kafedrasini 1992–2000-yillar mobaynida M.Bairbekov, Sh.Sariboev, A.Cho’lievlar boshqardilar.
2002-yilga qadar “Sport fanlarini o’qitish metodikasi” kafedrasini A.Anarbaev boshqardi.
2002-2011-yilda kafedra mudiri etib pedagogika fanlari nomzodi J.Komilov boshqarib keldi. Bu vaqtga kelib har ikkala kafedra birlashtirilib, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi deb atala boshlandi.
2011-2015-yillar mobaynida kafedra “Jismoniy tarbiya va sport” deb nomlanib, unga p.f.n. Sh.Sariboev, katta o’qituvchi A.Taniberdiev,dotsent M.Bayirbekovlar rahbarlik qildilar.
1966-1990-yillar mobaynida kafedrada G.P.Inchik, T.S.Galimova, O.Doniyorov, V.Vershilkin, B.Taymurodov, D.Xudoyberdieva, E.Sa’diev, V.Korobkov, N.Barieva, S.Kazadaev, A.Anarbaev, O.Starikovalar faoliyat ko’rsatishgan.
2015-yil sentyabr oyidan boshlab Guliston davlat universitetida yana bitta fakultet “Jismoniy madaniyat “fakulteti tashkil etildi. Bu fakultet qoshida esa ikkita kafedra ya’ni “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodiksi” hamda “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tashkil topdi.
Bugungi kunda “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasida A.Cho’liev, Sh.Sariboev, S.Kubaev, A.Burxonov, kabi tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda I.Iskandarov, A.Bekmurodov, Sh.Jonibekov, O’.Eshonqulov, B.Omonboev kabi iqtidorli yoshlar ham faoliyat ko’rsatishmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari “Jismoniy madaniyat va sport” fani bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar. Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “ Jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish orqali talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish” deb nomlanadi.
Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy –amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2017-2019-yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan Chet el jurnallarida 2 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 5 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 10 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 35 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.
Kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti professorlari R.S.Salomov, R.D.Xolmuxammedov hamda dotsentlar Sh.T.Iseev ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqdalar.
Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy ko’mak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra o’rtasida ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-o’qituvchilarning sinov-tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.
Kafedra a’zolari talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ham samarali faoliyat ko’rsatishmoqda. Universitetda sportning 8 ta turi bo’yicha to’garak mashg’ulotlari faoliyat ko’rsatadi.
SPORT - DIAGNOSTIK MARKAZ
(Jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan ilmiy lobaratoriya)
Tashkil etilayotgan labaratoriyada kishilar jismoniy holatini, jismoniy rivojlanganlik darajasini antropometrik ko’rsatmalarini aniqlab, umumiy xulosalar tayyorlash ko’zda tutilgan. Ushbu ilmiy taxlillar bilan kishilarning yillar davomidagi jismoniy holatiga, antropometrik ko’rsatmalarning o’zgarishiga qarab turmush tarziga baho berish mumkin. Bu orqali shaxsni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish, faol hayot kechirish samarasini isbotlab, turli salbiy illatlardan qaytarish, turli zararli oqibatlarga ko’milib ketishidan saqlash, barkamol avlod bo’lib shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin.
Samaradorligi: Ushbu ilmiy tekshirish natijalari jamiyatda kadrlarning umumiy sog’lig’ini o’zlari nazorat qilishlariga xizmat qiladi. Bu bilan xayotga nisbatan qiziqish oshadi, har bir o’zgarish, yangilik faqat sog’lom kishi uchun zavqli ekanini isbot qilishadi. Muassasalarda sog’lom raqobat muhiti yaratiladi.
Ishning tashkil etilishi: Labaratoriyada mavjud maxsus asboblar orqali umumiy jismoniy holatni belgilovchi ko’rsatkichlar aniqlanadi. (Tana uzunligi, og’irligi, O’T sig’imi, yurak urishi, qon bosimi). Umumiy talab qoidalari asosida o’rganilayotgan shaxsga umumiy baho ko’rsatilgan. Uning ko’rsatkichlari asosida turmush tarzini qanday olib borish uchun tavsiyalar beriladi.
Olinadigan muhim natijalar:Universitet xodimlari va 1-2 bosqich talabalarining umumiy jismoniy holatiga baho berish, uni yaxshilash borasida tadbirlar, tavsiyalar ishlab chiqish. Natijalardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish, olingan natijalardan ilmiy jurnallarda maqolalar ko’rinishida e’lon qilish.