Tabiiy fanlar fakulteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Tabiiy fanlar fakulteti

tabiiy-fanlar.jpg

FAKULTET MA’MURIYATI

FAKULTET DEKANI: ERGSHAEV MA’RUFJON MAXAMMATJANOVICH

QABUL VAQTI HAR KUNI 15:00 – 17:00 (SESHANBA VA SHANBADAN TASHQARI)

 

O’QUV ISHLARI BO’YICHA DEKAN O’RINBOSARI: KASIMOV SHODIBEK ISLAMOVICH

 

QABUL VAQTI HAR KUNI 15:00 – 17:00 (SHANBADAN TASHQARI)

TELEFON (+99891-509-16-14)

E-MAIL: shodibek.kasimov@mail.ru

 

 

O’QUV ISHLARI BO’YICHA DEKAN O’RINBOSARI: TUXTAMISHEV SARDOR SAYDULLAYEVICH

 

QABUL VAQTI HAR KUNI 15:00 – 17:00 (SHANBADAN TASHQARI)

TELEFON (+99891-509-16-14)

E-MAIL: stuxtamishev@mail.ru

 

O’QUV ISHLARI BO’YICHA DEKAN O’RINBOSARI: ERGASHEVA FAROG'AT SHERALIYEVNA

QABUL VAQTI HAR KUNI 15:00 – 17:00 (SESHANBADAN TASHQARI)

TELEFON (+99899-477-90-61)

E-MAIL: sattarov.sobidxon@mail.ru

 

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO'YICHA DEKAN O’RINBOSARI: MAHAMMADIYEV ZOKIR SUYARQULOVICH

QABUL VAQTI HAR KUNI 15:00 – 17:00 (SHANBADAN TASHQARI)

TELEFON (+99897-340-15-30)

E-MAIL: zokir.maxamadiyev@mail.ru

 

EKOLOGIYA VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI

KIMYO KAFEDRASI

BIOLOGIYA KAFEDRASI

DORIVOR O’SIMLIKLAR VA BOTANIKA KAFEDRASI

TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI

 

Fakul’tet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi.

5110500 - Geografiya o‘qitish metodikasi

5111000 - Kasbiy ta`lim: Agronomiya

5140100 - Biologiya

5140500 - Kimyo

5141000 - Tuproqshunoslik

5410200 - Agronomiya (anorchilik)

5411100 - Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5440100 - Agrobiotexnologiya

5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

5410100 – Agrokimyo-agrotuproqshunoslik

 

Fakul’tet quyidagi mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

5A140100 - Biologiya (Botanika)

5A140500 - Kimyo (Analitik kimyo)

5A110501 – Aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodiakasi (geografiya)

5A141001 - Tuproqshunoslik

 

Tabiiy fanlar fakul’teti Ilmiy faoliyati.

Fakul’tetda oxirgi 4-5 yil davomida bakalavriatura, magistratura, katta ilmiy hodim-izlanuvchilar instituti ketma-ketligida o‘ziga xos tizim yaratilib, bugungi kunda 10 ta ta’lim yo‘nalishida 1245 nafar talaba, 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 33 nafar magistrant tahsil oladi hamda 4 ta ixtisoslik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar dissertatsion tadqiqotlarga jalb qilingan. Fakul’tetda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida o‘ziga xos mexanizm yaratilmoqda. Fakul’tet kafedralarida 700 mln. so‘m hajmda olib borilayotgan 11 ta loyiha viloyatda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan. Fakul’tetda umumiy miqdori 173 ming yevro bo’lgan “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusidagi loyiha bajarilmoqda. Loyiha rahbari professor H.H. Qo’shiyev, a’zolari fakul’tetning barcha kafedra mudirlari.

Bugungi kunda fakul’tetda ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2018-yil dekabridan 2019-yil dekabr oyiga qadar 8 nafar professor o’qituvchilar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Mavjud kafedralar tomonidan bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik olib borilmoqda. Jumladan, germaniyaning Gyottingem, Rossiyaning Qozon Federal universiteti, Moskva Davlat universiteti va boshqalarni misol keltirish mumkin.

 Tabiiy fanlar fakul’teti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O.S.Sodiqov nomli Biorganik kimyo instituti, O‘simliklar moddalari kimyosi instituti, Mikrobiologiya instituti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, O‘z FA QSXV "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, O‘zMU bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega. Immunalogiya O‘zR FA ITI, Genetika O‘zR FA O‘simliklar eksperimental biologiyasi ITI, O‘zR Qishloq va suv xo‘jalik vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ITI stansiyalari, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Chexiya agrar universiteti, Moskva davlat universiteti,  Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti, Oltoy Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti kabi xorij hamda  O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zR Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va mexanizatsiya instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, UzGidromet, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklari va boshqa mahalliy OO‘YU va ilmiy tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega. Bundan tashqari Guliston akademik litseyi bilan kadrlar tayyorlash hamda viloyatimizning bir qator maktablari bilan  o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalariga ega.

Shuningdek, Xorijiy xalqaro tashkilotlar IWMI, ICARDA, IPGRI lar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Fakul’tetda bugungi kunda 21 nafar fan doktori va professorlar, 23 nafar fan nomzodlari va dotsentlar, 30 nafar asissent o’qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.

10809 | 2017-12-26 17:46
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023