Biologiya kafedrasi

kafedralar/biologiya.jpgKafedra mudiri: Abdikulov Zafar

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (chorshanba va jumadan tashqari)

Telefon (+99897) 3403012

E-mail: abdikulov.zafar2017@yandex.ru

FAN DASTURLARI

MALAKA TALABLARI

NAZORAT SAVOLLARI

 

Kafedra strukturasi.

 

 

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi.

5140100 – Biologiya

 

Kafedrada quyidagi mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

5A140101 – Biologiya

 

Biologiya kafedra tarihi.

Biologiya kafedrasi 1985-yili tashkil etilgan. Kafedra tomonidan o’tgan muddat davomida biologiya va qishloq xo’jaligi, biologiya-kimyo, biologiya yo’nalishlarida mutaxassislar tayyorlangan. Bugungi kunda kafedra yirik o’quv va ilmiy tadqiqotlar bazasiga ega: Eksperimental biologiya ilmiy laboratoriyasi (uning tarkibiy yo’nalishlari: biotexnologiya, Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki, tajriba maydonlari, malakologiya), kafedra axborot resurs markazi, o’quv laboratoriyalari va auditoriyalari, o’quv dala amaliyotlar bazasi, Mintaqaviy Tadqiqot Markazi kabilar shular jumlasidandir.

Kafedraga 1985-1987 yillarda I.Sh.Xalpayev, 1987-1999 yillarda I.Z.Axmetov, 1999-2001 yillar A.A.Pozilov, 2001-2009 yillarda H.H.Kushiev, 2010 yilda A.Pozilov, 2011 yilda N.O.Sulaymonov, 2012 yildan Z.U.Abduqulov mudirlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada biologiya fanlari doktori, professorlar A.Pozilov, S.Dadaev, H.Kushiev, I.Shirinova, biologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar, M.Allamuratov, Z.Abduqulov, A.Karimqulov, T. Turdiqulov, F. Gaipnazarova, M. Ergashev, K. Ismailova, N. Ablakulova, katta o’qituvchilar A.Eshquvvatov, R.Bozorova,  M.Saidov, hamda, N. Sultonova, O. Yunusov, D. Qosimova, Z. Maxamadiyev, kabi tajribali o’qituvchilar bilan bir qatorda M. Toshbekova, F. Raxmatov kabi iqtidorli yoshlar ham faoliyat ko’rsatishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari biologiya yo’nalishidagi talabalar uchun 20 ta fan bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar.

Kafedra a’zolari rahbarligida 1985 yildan buyon viloyatimiz va qo’shni viloyatlarga “biologiya” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab berilmoqda.

 

Biologiya kafedrasining hamkorlik aloqalari.

Kafedrada olib borilgan tadqiqotlar asosida ko’pgina ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yildi. Respublika miqyosida quydagi Ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqalar o’rnatilgan

  1. O’zR FA Zoologiya instituti
  2. O’zR FA Botanika instituti
  3. O’zR FA Bioorganik kimyo instituti
  4. O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti

 

Sirdaryo viloyati miqyosida quydagi tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilgan.

  1. Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish boshqarmasi
  2. Guliston shaxridagi 16-maktab
  3. Sanepid stantsiya  
  4. O’simliklarni hamoya qilish boshqarmasi
  5. Hoji Gadoyboy ota korxonasi
  6. Energo-nasl chorva
  7. Bek klaster
  8. Sirdaryo viloyati XTB

  Xorij mamlakatlaridagi institutlar bilan xamkorlik.

Slovakiya qishloq ho’jalik universiteti

Slovaka agrakulture university

Ushbu aloqalar o’zaro hamkorlik shartnomalari asosida keng rivojlanib bormoqda.

 

Biologiya kafedra ilmiy faoliyati.

                Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzulari “O’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga biotik va abiotik omillar ta’siri va ularni idora etish” hamda “O’zbekiston va unga tutash hududlarda tarqalgan hayvonlar” deb nomlanadi.

2012-2019 yillar mobaynida kafedrada O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy tekshirish institutlari bilan o’zaro hamkorlikda 2 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodi va 25 ta magistr tayyorlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 4 ta doktorlik, 17 ta magistrlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy–amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2012-2019 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan chet el jurnallarida 20 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 40 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 50 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 150 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 110 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.

Kafedrada “Gulchilik” to’garagi tashkil etilgan bo’lib, unda 25 dan ortiq iqtidorli talabalar kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari rahbarligida faoliyat ko’rsatishadi.

Kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir qatar ilmiy-tekshirish institutlarining yetakchi ilmiy xodimlari akad. J.A. Azimov, prof. Z. Tillabaev, E. Shakarboyev, K. Safarov, A. Narimanov, I. Kurbanbayev,  A.Kuchboev, Samarqand davlat universiteti professori Z.I.Izzatullaevlar ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqdalar.

“Biologiya” yo’nalishida bugungi kunda 300 dan ortiq talaba ilmu-fan sirlarini o’rganmoqdalar.

Talabalar o’quv rejasida belgilangan fanlarni chuqur o’zlashtirish bilan bir qatorda Respublika fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy ko’mak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra o’rtasida pedagogik amaliyot hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-o’qituvchilarning sinov-tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.

3011 | 2017-12-29 12:33
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish