Tuproqshunoslik kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Tuproqshunoslik kafedrasi

Kafedra mudiri Turdimetov Shahobiddin Muhitdinovich

Qabul vaqti : Har kuni soat 15-00 -17-00 (seshanba va shanbadan tashqari)

Telefon: (+99899) 4742344

E-mail: turdimetov1970@umail.uz

 Kafedra fan dasturi:

  1. Agronomiya (anorchilik) yo‘nalishi
  2. Tuproqshunoslik  yo‘nalishi
  3. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi
  4. Kasb ta’limi (agronomiya) yo‘nalishi

 Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5411900-Agrobitexnologiya

5410200-Agronomiya (anorchilik)

5141000-Tuproqshunoslik

5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

5411000-Mevachilik va uzumchilik

5411600-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

5411700-Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

5A141001-Tuproqshunoslik

 «Tuproqshunoslik » kafedrasi tarixi

 Kafedra 1994 yil “Botanika va qishloq xo‘jaligi asoslari” kafedrasi negizida “Qishloq xo‘jalik asoslari” kafedrasi nomi bilan tashkil topildi.

Kafedrani 1994-1995 va 1999-2003 yillarda q/x.n., dots I.O‘rozboev, 1995-1999 yillarda t.f.n. dots A.Altmishev, 2003-2007 yillarda dots.Sh.Turdimetov 2007-2017 yillarda t.f.n. dots. N.B. Japaqov, 2017-2019 yillarda b.f.d, dots. I.U. O‘rozboev, 2019 avgust-oktyabr oylarida v.b qx.f.f.d. A.A.Musurmonovlar boshqargan. 2019 yil 1 noyabrdan biologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.M.Turdimetov boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 2 nafari katta o‘qituvchi, 8 nafar o‘qituvchilar, 1 nafar kabinet mudiri va 1 nafar laborant xodimlardir. Kafedraning ilmiy saloxiyati 50 % ni tashkil etadi.

Kafedrada professor-o‘qituvchilardan q.f.d. R.Qurvontoev, b.f.d. I.O‘rozboyev,  dots. Sh.Turdimetov, dots.N.B.Japaqov,  dots. A.Altmishev, dots. O‘.Toshbekov,  q.x.f.n. G.Mirsharipova, q.x.f.f.d. A.Musurmonov, katta o‘qituvchilar B.Xolboev, I.Raxmonov, o‘qituvchilar S.To‘xtamishev, D.Kim, O.Xolmatov, A.Abdurahmonov, O‘.G‘oziev, Yo. Normatov, O.Abdujalilova,  Q.Qurdashevlar faoliyat yuritmoqdalar.

Har bir yangi o‘quv yili uchun ta’lim tizimini rivojlantirishda professor o‘qituvchilar tomonidan mutaxasislik fanlariga doir o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda va masofali o‘qitish uchun ta’lim portaliga joylashtirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Respublika va Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlari materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarda o‘z ifodasini topmoqda.

Dots. Sh.Turdimetov tomonidan hamkorlikda yaratilgan “O‘zbekiston tuproqlari va ularning evolyusiyasi” va “Tuproq bonitrovkasi va xaritalash” nomli darsliklari O‘zbekiston Respublikasi Muvofiqlashtirish kengashidan o‘tkazilgan bo‘lib Oliy o‘quv yurti talabalariga darslik sifatida tavsiya qilinib, chop etildi.

Kafedrada 2 ta laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib ular zamonaviy laboratoriya jixozlari va komyuterlar bilan ta’minlangan.

 Kafedra qoshida dots. O‘.Toshbekov, hamda q.x.f.n. G.Mirsharipovalar boshchiligida “Agronom” va “Tuproqshunos” kabi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatadi. “Kasb ta’limi (Agronomiya)”, “Agronomiya (Anorchilik)” “Tuproqshunoslik” yo‘nalishlari talabalari o‘g‘il-qizlari ushbu to‘garaklarga jalb qilingan.

Kafedra ko‘pgina OO‘YU bilan yaqindan ilmiy hamkorlik qilib kelishmoqda.

 Kafedraning ilmiy –tadqiqot insitutlari va OO‘YU lar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari

O‘zMU Biologiya  fakulteti

“O‘zRYergeodezkadastr” DQ TAITDI

Toshkent davlat Agrar Universiteti

Samarqand veterinariya-tibbiyot  insituti

Viloyat Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi

O‘zPSOYeAITI Sirdaryo viloyat tajriba stansiyasi

Toshkent davlat Pedogogika universiteti

Samarqand davlat universiteti

 

Kafedraning ilmiy faoliyati

  Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: «Mirzacho‘l vohasi tuproqlarining unumdorligini oshirish»

O‘rozboev I. 2017 yil 29 Noyabr oyida “Tuproqshunoslik va  agrokimyo” ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy Kengashida 03.00.13-Tuproqshunoslik  ixtisosligi bo‘yicha “Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar qoplami strukturasi va ularning unumdorligini baholash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va biologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 2019 yil may oyida Musurmonov A.“Tuproqshunoslik va  agrokimyo” ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy Kengashida 03.00.13-Tuproqshunoslik  ixtisosligi bo‘yicha “Mirozacho‘l vohasida mulchalash orqali tuproq unumdorligini oshirish” ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Mirzacho‘l vohasi tuproqlarini unumdorligini saqlash, tiklash va muhofaza qilish” bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

dots. N.B.Japaqov -“Yer osti suvlaridan qishloq ho‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tuproqning meliorativ holatiga ta’sirini o‘rganish” muammosi bo‘yicha ish olib bormoqda.

b.f.d. I.O‘rozboev -“G‘o‘za ekiladigan maydon tuproqlarini unumdorligini agroekollogik shaoritlarini hisobga olgan holda baholashni ishlab chiqqan.

dots. O‘.Toshbekov -Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanish sabablari va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi mutaxasis “Sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini o‘simlik resurslari yordamida pasaytirish texnologiyasi” ni ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan.

dots. A.Altmishev – G‘o‘zani kollektor-zovur suvi bilan sug‘orishda “Tuproq- o‘simlik” tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish muammosi bo‘yicha ish olib borayotgan etuk mutahasis. Bir necha o‘quv –uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

dots. Sh.Turdimetov – Mirzacho‘l  tuproqlarining evolusiyasi va unumdorligi bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

q.x.f.n. G.Mirsharipova –Mirzacho‘l sharoitida dukkakli ekinlarni yetishtiirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib bormaoqda.

Katta o‘qituvchi A.Musurmonov –“Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar unumdorligini kam ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish orqali amalga oshirish” bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Katta o‘qituvchi B.Xolboev –“Sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy xossalarini yaxshilash orqali ekinlar hosildorlinini oshirishga doir texnologik yechimlarni ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda

Katta o‘qituvchi I.Raxmonov –“Sirdaryo viloyati sho‘rlangan tuproqlari sharoitida anor yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

O‘qituvchi S.To‘xtamishev –“Paxta dalalaridagi sho‘r dog‘li yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda.

O‘qituvchi D.Kim –“Pomidor va poliz ekinlarining turli xil navlarini yaratish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Kafedrada G.Mirsharipova rahbarligida S-A-2018-006 “O‘simlik resurslari yordamida tuproq unumdorligini oshirishi va chorva mollari uchun em-xashak etishtirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida davlat granti bajarilmoqda.

 Tabiiy fanlar fakul’teti

“Tuproqshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xodimlarining tarkibi

Professor-o‘qituvchilarning FISH

Lavozimi

Asosiy shtatda

 

Turdimetov SH.M.

kafedra mudiri,

Urazbaev I.U.

professor v.b.

Altmishev A.SH.

dotsent

Toshbekov O‘.T.

dotsent

Musurmonov A.A.

dotsent v.b.

Mirsharipova G.K.

dotsent v.b.

Xolboev B.E.

katta o‘qituvchi

Raxmonov I.A.

katta o‘qituvchi

To‘xtamishev S.S.

o‘qituvchi

Abduraxmonov I.

o‘qituvchi

Xolmatov O.

stajyor-o‘qituvchi

G‘oziev U.

stajyor-o‘qituvchi

Normatov YO.

stajyor-o‘qituvchi

Kim D.

o‘qituvchi

Abdujalilova O.

stajyor-o‘qituvchi

Qurdashev Q.

stajyor-o‘qituvchi

O‘rindoshlar

 

Qurvontoev R.

professor v.b.

Japaqov N.

dotsent

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, 5-qavat 522-xona, “Tuproqshunoslik” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-Mail: tuproqshunos-guldu@umail.uz

11004 | 2017-12-29 12:59
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023