Kafedra mudiri: kimyo fanlari nomzodi, dotsent
ABDURAXMANOVA O’G’ILOY QAXXOROVNA
Telefon: 91-621-41-25
Elektron manzili: ugi_lay.912@mail.ru
Qabul kunlari: chorshanba, payshanba, juma.
KAFEDRA TARIXI
Kimyo kafedrasi Tabiiy fanlar fakultetidagi yetakchi kafedralardan bo’lib, “Umumiy fiziologiya va maktab gigienasi” kafedrasi bazasida 1990 yilda tashkil etilgan.
Kimyo kafedrasida 5 ta fan doktori, professorlar, 4 ta fan nomzodi, 4 ta katta o’qituvchi va 6 ta o’qituvchi faoliyat yuritadi.
2013-2014 o’quv yilidan boshlab kafedrada 5A140501 – Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha) magistratura mutaxassisligi ochildi.
Kafedrada 5140500 - Kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha kimyogar bakalavrlar tayyorlanadi. Ushbu 2018-2019 o’quv yilidan boshlab, kimyo yo’nalishiga 100 ta o’ringa qabul kvotasi ajratildi va shundan bittasi rus guruhini tashkil etadi.
2018-yilda kafedra o’qituvchilaridan Yettiboyeva Lolaxon va Allanazarova Dilafruz Hindiston davlatlarida malaka oshirib qaytdilar. 2019 yilda kafedra o’qituvchisi Allanazarova Dilafruz Germaniyaning Gyottingen universitetida 6 oy davomida stajirovkada bo`lib, ilmiy tatdqiqot ishi bo`yicha tajriba o`rganib qaytdi.
KAFEDRA FANLARI:
“Noorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Fizikaviy kimyo”, “Organik kimyo”, “Bioorganik kimyo”, “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi”, “Kimyo va biologiya o’qitish metodikasi”, “Modda tuzilishi”, “Kvant kimyo va kvant mexanikasi”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Kolloid kimyo”, “Nanokimyo va nanotexnologiya”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi”, “Kimyoviy texnologik jarayonlar va uskunalar”, “Analitik kimyoning fizik-kimyoviy usullari”, “Geterotsiklik birikmalar”, “Element organik birikmalar kimyosi”, “Polimerlar kimyosining dolzarb muammolari” va nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun “Kimyo”, “Kimyo asoslari”, magistrlar uchun “Fizik- kimyoviy analiz usullari”, “Spektrofotometrik va fotometrik analiz”, “Polyarografik va potentsiometrik analiz”, “Noorganik kimyoning muammolari va istiqbollari”, “Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaktsion qobiliyati”, “Kimyoning maxsus bo’limlari», «Tabiiy, sintetik va yuqori molekulyar birikmalar kimyosi: hozirgi holati va istiqbollari”, «Analitik kimyoda organik reagentlar», «Tabiiy, sintetik va yuqori molekulyar birikmalar kimyosi: hozirgi holati va istiqbollari”, «Ajratish va kontsentrlash».
AMALGA OSHIRILGAN O’QUV, O’QUV-METODIK ISHLAR:
-Kafedrada fanlardan ma’ruza, amaliy, seminar va TMI (mustaqil ta’lim) mashg’ulotlari olib boriladi. Barcha fanlardan darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy majmua va ma’ruza matnlari, taqdimotlar (slaydlar) tayyorlash yakunlandi, unda mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usul va vositalarini yaratishga asosiy e’tibor qaratildi.
-har bir fandan to’liq darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy majmua, qo’shimcha o’quv adabiyotlari va TMI to’plamlari tayyorlangan va talabalarga kitob holatida, elektron ko’rinishlarda tarqatilgan.
-Kafedraga tegishli kompyuter xonasi, videoproektor, elektron adabiyotlar, TMI slaydlaridan talabalar unumli foydalanishmoqda.
-kafedrada 22 ta fandan elektron o’quv adabiyoti tayyorlangan va talabalar undan unumli foydalanishmoqda.
KAFEDRANING O’QUV-USLUBIY ISHLARI:
Kafedrada Kimyo, Noorganik kimyo, Organik kimyo, Analitik kimyo, Fizikaviy kimyo, Bioorganik kimyo, Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, Kalloid kimyo, Kimyo o’qitish metodikasi kabi fanlar asosiy fan sifatida o’qitiladi. Kafedrada professor-o’qituvchilarning 50 tadan ortiq o’quv-uslubiy majmuasi yaratilgan. 2019 yilda kafedrada O`zMU olimlari bilan xamkorlikda U/K/Abdurahmanova tomonidan “Uglevodlar va lipidlar kimyosiga kirish” nomla o`quv qo`llanmasi yaratilib, O`zR Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining nashr uchun ruxsatnoma “Guvohnomasi” olindi.
KAFEDRADA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI:
Kafedra professor-o’qituvchilari “Kompleks hosil qiluvchi tabiiy birikmalar sintezi va ularning xossalarini tadqiq qilish” mavzusi bo’yichabosh ilmiy tadqiqot mavzusida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Bosh ilmiy mavzu doirasida kafedraning ilmiy salohiyatli professor va dotsentlari rahbarligida 4 nafar mustaqil tadqiqotchilari va 12 nafar magistrantlar ilmiy tadqiqot ishi olib borishmoqda va tadqiqot ishilari natijalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnal va to’plamlarda e’lon qilingan.
Kafedrada 20.00.02- “Analitik kimyo” va 02.00.10-“Bioorganic kimyo” ixtisosliklari bo`yicha tayanch doktorantura faoliyat yuritadi.
2020 yilda kafedrada jami 1ta DSc doktorlik dissertatsiya ishi va 3 ta PhD dissertatsiyasi ishlari himoya qilindi.
2020 yil 18-yanvar kuni Abduraximov Xodjiakbar Abduraxmanovich 11.00.05. – Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo’yicha “Yog‘-moy sanoati oqava suvlariga ishlab chiqilgan koagulyantlar kompozitsiyalarini qo‘llab kompleks tozalash” mavzusida DSc dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kimyo fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo`ldi.
2020 yil 15 iyun kuni O`R FA akad. O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DsC.02/30.12.2019. K/V. 37.01 raqamli ilmiy Kengashda universitetning Kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Djo‘raev To‘lqin Arzikulovich 02.00.10-bioorganik kimyo ixtisosligi bo`yicha “Glitsirrizin kislotasini fitogormonlar bilan komplekslari va ularning biologik faolligi” mavzusida professor Habibjon Qo‘shiev ilmiy rahbarligida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2020 yil 14 dekabr kuni Kimyo kafedrasi tayanch doktorantu Shapulatov Utkirjon Muxammadievich 02.00.10 – «Bioorganik kimyo» ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga chidamliligini oshiruvchi tabiiy va sintetik induktorlar” mavzusidagi dissertatsiya ishini professor Habibjon Qo‘shiev ilmiy raxbarligida Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.06.2020.V.91.03 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.
2020 yil 15 dekabr kuni kafedraning mustaqil tadqiqotchisi, kata o`qituvchi Yettibaeva Lolaxon Abdumalikovna 02.00.10-Bioorganik kimyo ixtisosligi bo`yicha “Mentol hosilalari sintezi va supramolekulyar komplekslari hamda ularning biologik faolligi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dissertatsiyasi kimyo fanlari nomzodi, dotsent Abduraxmanova O‘g‘iloy Qaxxorovna ilmiy rahbarligida Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR:
Respublikamizning mustaqillik kuni munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarda kafedra professor-o’qituvchilari viloyat, shahar va universitetda o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan birinchi dars hamma kurslarda kafedra professor-o’qituvchilaridan O’. Abduraxmonova, Sh. Toshboeva, A. Alimov, Sh. Qosimovlar bugungi Kimyo fanining dolzarb muamolari usullaridan foydalanib tadbirlar o’tkazishmoqda.
Hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar:
Kafedrada olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar asosida O‘zbekiston “YUqori texnologiyalar markazi” bilan hamkorlik memorandumi imzolandi O’zR FA O.S.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” instituti, “Yadro fizikasi” instituti, “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, “Umumiy va noorganik kimyo” instituti, “Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti”, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va boshqa OO’Yu hamda ilmiy markazlar olimlari bilan o’quv metodik va ilmiy-tadqiqotlar bo’yicha hamkorlik qilinmoqda.
Shuningdek, viloyatdagi “Guliston-yog’ ekstrakt” (OAJ), Sirdaryo “Reka-med farm” tibbiy farmatsiya, Guliston amaliy-tibbiy farmatsiya qo’shma korxonasi, “Sirdaryo vino” OAJ kabi korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Talabalar “PengSheng” OAJ da amaliyotda:
Sirdaryo “Temur med farm” OAJ tibbiy farmatsiya korxonasida:
“Guliston-yog’ ekstrakt” OAJ da ishlab chiqarish amaliyoti:
Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasida:
Kafedra manzili: Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat universiteti bosh binosi, 5 - qavat, 528- xona.