Tibbiyot fakulteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Tibbiyot fakulteti

Fakultet dekani:

Shernazarov Farxod Xaqnazarovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Qabul kunlari: har kuni 9:00 dan 17:00 gacha
Tel: +998 97-567-07-67
e-mail: Shernazarovfarxod@gmail.com


Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari: vakant
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari:vakant


Fakultetda jami 146 nafar talaba tahsil olmoqdalar. 2022-yil 5-sentyabr fakultet negizida ilk kafedra – Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi tashkil qilindi. Xozirgi kunda kafedrada jami 20 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqdalar: 2 nafar dotsent, 2 nafar katta oʻqituvchi va 16 nafar oʻqituvchi faoliyat qoʻrsatmoqdalar.
Fakultet kafedrasi:
Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi
Fakultet quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi:
60910200 - Davolash ishi
60910300 – Peditariya

FAKULTET TARIXI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 14-dekabrdagi ¹654-sonli buyrugʻiga muvofiq Guliston Davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etildi.
Isteʼmolchilar talablariga muvofiq qabul kvotalariga buyurtmalar shakllantirildi. 2021-2022 oʻquv yili uchun qabul parametrlariga asosan, universitetga 5510100-Davolash ishi va 5510200-Pediatriya ishi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha jami 72 nafar talaba qabul qilindi.
Tibbiyot fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan universitet strukturasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi va vazirlik tomonidan tasdiqlandi.
Fakultet uchun oʻquv binosi ajratildi. Auditoriyalar va laboratoriya xonalarini oʻquv jarayoniga tayyorlash uchun jihozlar va asbob-uskunalar hamda zarur oʻquv adabiyotlar xarid qilindi.
Davolash ishi hamda pediatriya ishi taʼlim yoʻnalishlarining malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari asosida 2021-2022-oʻquv yili uchun oʻquv yuklamalar shakllantirildi.
Oʻquv rejadagi fanlarni oʻqitishda universitetda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar hamda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy salohiyatli xodimlardan foydalanish yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 17-avgustdagi 08-04/10390 sonli xatiga asosan, talabalar amaliyotlarini tashkil etish uchun Guliston shahrida joylashgan 4 ta tibbiyot muassasalari belgilandi va ular bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR:
Fakultetda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv adabiyotlari, monografiya, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar xamda fanlarning oʻquv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Professor-oʻqituvchilar tomonidan joriy oʻquv yili davrida 1 ta darslik, 20 tadan ortiq maqolalar nashr etildi.
Fakultetdagi kafedra professor-oʻqituvchilari viloyatdagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar.

Bosh sahifa

3901 | 2023-04-02 16:01
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->