Kafedra mudiri: p.f.d.(PhD), dotsent Nurumbekova Yorqinoy Anormatovna
Qabul kunlari:har kuni 9: 00 dan 16:30
Telefon: (+99899472-23-34 )
Elektron manzili:bahoroybahoroy42@gmail.com
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 1978- yilda tashkil etilgan bo‘lib, kafedraga shu yillari dotsent Bayit Turdiyev rahbarlik qilgan.
Turli davrlarda kafedraga dotsentlar T.Shoto’rayev, B.Sodiqov, Ch.Niyatov, H.Abdukarimov, Q.Yo’doshev, O.Mamajonov, B.Burxiyev, R.Ergashev, P.Xolmatov, F.Sharipov, A.Bolibekov, H.Yodgorov, B.Raximovlar rahbarlik qilishdi. O’tgan 40 yildan ortiq davr mobaynida professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati yanada oshdi. Ular orasida fan doktorlari hamda professor (Q.Yo’ldoshev, B.Raximov) ko’plab fan nomzodlari, dotsentlar (R.Ergashev, O’.Ro’ziboyeva, I.Yusupov, P.Xolmatov, G.Isayeva, M.Sariboyeva va boshqalar) yetishib chiqdi.
Ayni paytda kafedraga p.f.n., dotsent Yorqinoy Nurumbekova Anormatovna mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra “Mohir qo’llar”, “Yosh metodistlar”, “Yosh matematiklar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Yosh tarbiyachilar” to‘garaklari ishlab turibdi, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Kafedra qoshida ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan, bu markazda iqtidorli talabalar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, ustoz-shogird a’nanalarini ham olib bormoqdalar. Ayniqsa talabalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini natijalarini jurnallarda chop etishni yo’lga qo’yilganligi yaxshi natija bermoqda. Hozirgacha talabalar tomonidan 10 ta maqola chet el jurnallarida chop etildi.
KAFEDRA TARKIBI
Hozirgi vaqtda kafedrada Pedagogika fanlari doktori, professor B. Raximov, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Yo. Nurumbekova, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Sh. Qayumova hamda yuksak salohiyatli va tajribali ustozlar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 16% ni tashkil etadi: 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar PhD, 7 nafar katta o’qituvchi va 8 nafar o’qituvchi.
KAFEDRANING O‘QUV ISHLARI
Kafedrada 5111700 – “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”, 60110500 – “Boshlang’ich ta'lim” bakalavriyat yo‘nalishi hamda 70110501 – “Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) magistratura bosqichi talabalari taxsil oladi Ularga bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha: “Ona tili o’qitish metodikasi”, “Matematika o’qitish metodikasi”, “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi”, “Texnologiya o’qitish metodikasi” kabi mutaxassislik fanlari hamda nomutaxassislik fanlardan ma’ruza va seminar, amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafedrada 3 nafar ilmiy darajali professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Shuningdek 5 nafar doktorantlar kafedraning bosh mavzusi asosida o ‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Kafedrada 2022-2023-o‘quv yilida kafedra a’zolari shu kungacha 6 ta SCOPUS jurnalida maqola e’lon qilindi, 8 ta xorij jurnal va konferensiyasida, ommaviy nashrlarda 20 dan ortiq, OAK tasarrufida 8 ta, o‘quv qo‘llanma 14 ta, darslik 5 ta chop ettirdilar. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 5 ta intellektual mulk uchun guvohnomalar qo’lga kiritildi. 6 nafar professor-o’qituvchilar ingliz tili sertifikatiga ega bo’ldilar.
KAFEDRANING ILMIY VA AMALIY HAMKORLIGI:
Kafedra Yangiyer shahrining barcha maktablari bilan ilmiy va amaliy hamkorlikni yo’ga qo’ygan.