Kafedramudiri: Qarshiboyeva Lola Qilichevna
Qabul vaqti:Dushanba, juma 10-00 dan 12-00 gacha
Telefon: (+998 90) 255-67-86
Å-mail:Qarshiboyeva_l@umail.uz
Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Mirzacho’l vohasining tabiiy resurslari va uni muhofaza qilish muammolari
Hozirgi “Ekologiya va geografiya” kafedrasi dastlab “Botanika va qishloq xo’jaligi” asoslari kafedrasi nomi bilan 1990 yil 15 iyunda “Umumiy biologiya va zoologiya” kafedrasi tarkibidan ajralib, mustaqil kafedra sifatida tashkil topdi.
Kafedraning asoschisi va ilk kaferda mudiri b.f.n, dotsent P. Xolqo’ziev hisoblanadi. Kafedra tarixida:
I.Shirinova (1993-1994 yy), I.O’razboev (1994-1996 yy), N.Xadjaeva (1996-2003 yy), A.Dosmetov (2003-2005 yy), N.Sulaymonov (2005-2011 yy). “Ekologiya va geografiya” kafedrasi 2015-yil avgust oyida tashkil etildi. “Umumiy ekologiya va geografiya” kafedrasi 2011-yildan 2015-yil avgust oyigacha faoliyat ko’rsatgan bo’lib, 2011-2015-yillar davomida unga b.f.n., dotsent A. Do’stmedov rahbarlik qilgan. 2012-2017-yillar davomida kafedraga g.f.n. A. Yuldashov rahbarlik qilgan. Hozirda kafedraga g.f.n L.Karshiboyeva rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda “Ekologiya va geografiya” kafedrasi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi 6 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 19 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 2 ta professor, 7 ta fan nomzodlari, 6 ta dotsent, 1 ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 3 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o’qituvchilardir. To’liq stavkada 17 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 37.
Ekologiya va geografiya kafedrasi hozirgi kunda “Sirdaryo viloyati sharoitida pavlovniya o‘simligi ko‘chatzorini yetishtirish” mavzusidagi loyixa ustida o‘z ishini boshladi.
Kafedra «Mirzacho’l vohasining tabiiy resurslari va uni muhofaza qilish » va “Mirzacho’l vohasining tabiiy geokimyosi” ilmiy muammolari ustida ish olib boradi. Kafedra «Geoekologiya», «Tabiiy geografiya», «Landshaftlar geofizikasi», «Iqtisodiy geografiya» ixtisosliklari bo’yicha ham tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Kafedrada g.f.n. A. Yuldashov rahbarligida “Sho’rlangan tuproq sharoitida shirinmiya yetishtirish va undan stimulyator olishda hom-ashyo sifatida foydalanishni o’zlashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha ustida ishlamoqda. Loyiha rejasi, tarkibi tasdiqlangan.. Kafedra qoshida 2 ta fan to’garaki tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
Kafedrada barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida fakultetlararo “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” hamda “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fani milliy va yevropa guruhlarida o’zbek va rus tillarida o’qitilmoqda. “Ekologiya va geografiya” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 38 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro v a respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 80 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilishgan. So‘ngi 2 yil ichida professor-o‘qituvchilar 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar, 14 ta xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan.
Professor-o‘qituvchilarni hamda iqtidorli talabalarni faol ilmiy izlanishlar olib borishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Ta’lim yo‘nalishida xalqaro Scopus, Web of Ssiense bazasidan “ProQuest” dasturi orqali maqolalardan foydalanish va xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar bilan ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra o’z faoliyatida xorijiy mamlakatlarning OTM bilan shartnomalar tuzgan. Jumladan: Rossiya davlat pedagogika universiteti, Germaniya Gyottingen geografiya universiteti, hamda Qozog‘istondagi akademik Kuatbekov A nomidagi “xalqlar do‘stligi” universiteti bilan shartnomalar tuzilgan va bu asosda professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi FA Botanika instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax DPI, Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi 4 ta akademik litsey va bir qator maktablar, hamda xorijiy tillar internati bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari O’zgidmetsentr qo’mitasi, Respublika statistika qo’mitasi Sirdaryo viloyat bo’limi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Sirdaryo viloyati bo’limi, Ekoharakat davlat qo’mitasi va boshqa ko’plab davlat tashkilotlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Hozirda xamkorlik qilinayotgan akademik litsey va maktablarda Geografiya va Ekologiya fanlarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedra manzili: Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Asosiy bino, 2-qavat, “Ekologiya va geografiya” kafedrasi
Telefon: (0367) 225-47-63
E-Mail: ekolog-guldu@umail.uz