Kafedra mudiri: To'ychiboyev Baxodir Bosimovich
Telefon: (+998 93) 2711669
E-mail: t.baxodir@umail.uz
Kafedra bosh ilmiy mavzusi: O’rta Sirdaryo havzasining etnoarxeologik tadqiqotlar tarixi
Kafedra tarixi
• “Tarix” kafedrasi 2012 yil avgust oyida “Umumiy tarix” va “O’zbekiston tarixi” kafedralarining qo’shilishi bilan tashkil etildi. “Umumiy tarix” kafedrasi 1983 yildan 2012 yil avgust oyigacha faoliyat ko’rsatgan bo’lib, 2011 yildan boshlab unga t.f.n., dotsent O.Nazarov rahbarlik qilib keldi. “O’zbekiston tarixi” kafedrasi 1992 yilda “Siyosiy tarix” kafedrasi bazasida tashkil topgan. 2001 yildan 2012 yil avgust oyigacha kafedrani t.f.n. O’.S.Erbo’taeva boshqarib keldi.
• Bugungi kunda “Tarix” kafedrasi Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibidagi 5 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 23 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 2 ta tarix fanlari nomzodlari, dotsentlari, 1ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 5 ta tarix fanlari nomzodlari, katta o’qituvchilari, 3ta ilmiy darajasiz katta o’qituvchi va 12 ta o’qituvchilardir. To’liq stavkada 18 nafar, 0,5 stavkada 4 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 38,5.
• Kafedra «O’zbekiston va jahon hamjamiyati» va “Sirdaryo viloyati tarixi” ilmiy muammolari ustida ish olib borib, “O’zbekiston tarixi”, «Jahon tarixi», «Manbashunoslik va tarixnavislik», «Etnologiya», «Arxeologiya», “Siyosiy jarayonlar” ixtisosliklari bo’yicha tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Kafedrada dots. Nazarov O. rahbarligida “O’rta Sirdaryo havzasida etno-arxeologik tadqiqotlar tarixi” mavzusidagi loyiha ustida ishlamoqda. Loyiha rejasi, tarkibi tasdiqlangan. Loyiha ishtirokchilari: dots. O.Nazarov, N.Mirzaeva, L.Qodirova, O.Mamirov. Ushbu ilmiy muammo yuzasidan 3 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyaga tayyorlanmoqda. Shuningdek, t.f.n. O’.S.Erbo’taeva rahbarligida “O’zbek tabiatidagi xalq va jamoatchilik an’analarinig tarixiy ildizlari va asoslari (Sirdaryo viloyati aholisi misolida)” mavzusidagi loyiha ustida U.Alibekov, B.To’ychiboev, E.Shodiev. I.Djuraev va O.Mamirovlar ishlamoqdalar. Bu loyiha bo’yicha 5 ta tadqiqot ishi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 4 ta to’garak tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi tarix o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
• Kafedrada barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida fakultetlararo “O’zbekiston tarixi” fani milliy va evropa guruhlarida o’zbek va rus tillarida o’qitilmoqda. “Tarix” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 30 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.
• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 150 dan ortik ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 90 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qilishgan.
• Kafedra o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax DPI, Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi 4 ta akademik litsey va bir qator kollejlar, xorijiy tillar internati bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda.
• Dotsent O. Ayupov tomonidan “Dunyo, siyosat, jamiyat” risolasi Sirdaryo matbaa korxonasi “MChJ-Print” bilan 5000 nusxada chop etish bo’yicha shartnoma imzolangan. Xozirda kafedrada ikkita innovatsion gurux faoliyat ko’rsatmoqda, jumladan N.Mirzaeva rahbarligidagi “O’rta Sirdaryo xavzasida etno-arxeologik tadqiqotlar tarixi” mavzusidagi ish olib bormoqdalar. Loyixa rejasiga asosan 1 mln so’mlik byudjetdan tashqari mablag’lar tushirildi, 1 ta nomzodlik ishi ximoya qilindi va 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmoqda. Dots. Ayupov O. rahbarligida “Jaxon tarixini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ish olib bormoqdalar.
• Hozirda xamkorlik qilinayotgan akademik litsey va kollejlarda O’zbekiston tarixi va Jaxon tarixini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix kafedrasi