Kafedra mudiri: Tishlikov Sulton
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilishning o’quv-metodik hamda amaliy masalalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Kafedra strukturasi:
Kafedra quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:
5110700-Informatika o’qitish metodikasi;
5130200-Amaliy matematika va informatika.
Kafedra quyidagi mutaxassislik bo’yicha magistr mutaxassislar tayyorlaydi:
5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari.
Kafedra tarixi
Kafedra 1986 yilda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab kafedraga texn.f.n., dots.Abduraim Pardaevich Tishlikov mudirilik qilgan. Ushbu kafedraga mudir bo’lib turli yillarda dots.I.Isoqov, dots.K.Eshquvatov, dots.S.Allayorov, dots.D.B.Abduraximovlar faoliyat ko’rsatgan.
Kafedra 1994 yilda «Amaliy matematika va informatika», 2015 yildan “Axborot texnologiyalari”, 2021 yildan "Amaliy matematika va axborot texnologiyalar" kafedrasi deb nomlanib faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
2011 yilida “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi talabalaridan S.Sultonov M.Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, B.Djoniqulov “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo’yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o’rin sovrindori bo’lgan.
2012 yilda Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Sh.Xursanov “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishklanmalar” nominatsiyasi bo’yicha Kelajak ovozi Respublika yoshlar tanlovining faxirli diploma bilan taqdirlandi.
2012 yilida “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi talabasidan SH.Bomurodov “Parlamentda mening o’rnim” loyihasi doirasida “Agar men deputat bo’lsam-2012” ko’rik tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 14-14 guruh talabasi Tursunboev Jamshid 2015 yil iyul oyida Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Lochin ormgohida o’tkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi Respublika bosqichi "Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar, Web ishlanmalar" tanlovining Respublika bosqichida 1-o’rinni egallagan.
Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13-13 guruh talabasi Berdaliyev Farruxfan sohasi bo’yicha 2015 yil 5 mayda o’tkazilgan "Yuksak ma’naviyatli avlod" festuvali viloyat va Respublika bosqichlari g’olibi, 2015 yil 19 mayda "Kamolat" YoIH tomonidan o’tkazilgan "Yurt kelajagi" tanlovi g’olibi bo’lgan.
2016 yil 1 iyunda Jizzax politexnika institutida o’tkazilgan yosh olim va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hududiy ilmiy-amaliy konferentsiyasidagi ma’ruzasi uchun kafedra o’qituvchisi Niyozov M.B. II-darajali diplom hamda 2017 yil 12-13 yanvar kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2017 yil 1 fevraldagi “Sirdaryo viloyatida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning manzilli Dasturi”ning “Guliston davlat universitetida “Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasini o’tkazish” to’g’risidagi 37-bandi ijrosi bo’yicha 2017 yil 28 aprel kuni GulDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasida “Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Yoshlar konferentsiyasida universitet professor – o’qituvchilari, talabalari, akademik litsey va kasb – hunar kolleji o’quvchilari, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi, A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
“Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasi ishtirokchilari 5110700-Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 5-15 guruh talabasi Maxmudov Eldor hamda 15-14 guruh talabasi Sattorov Otabeklar munosib ravishda sertifikat va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonini o’rganish bo’yicha davra suhbatlar uyushtirildi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda GulDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamkorligida 2017 -yil 18 -aprel kuni “Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy islohatlarning muhim omili” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o’tkazildi.
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini bajarish maqsadida Talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yo’naltirilgan ilmiy, ijodiy 8 ta to’garaklar tashkil qilingan. To’garaklar a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi informatika o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
Kafedrada Informatika o’qitish metodikasi, Amaliy matematika va informatika yo’nalishlari hamda boshqa barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 48 ta fan o’qitilmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar e'lon qilishgan.
Kafedraning hamkorlik aloqalari:
Kafedra o’z faoliyatida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Sirdaryo viloyatdagi Guliston AL va bir nechta umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha hamkorlik qilib kelmoqda.
Kafedra katta o’qituvchisi Z.Negmatullaev Guliston ALda o’rindosh sifatida ishlamoqda. Kafedra hamda AL va umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv-uslubiy seminarlar o’tkazib kelinmoqda.
Kafedraning ilmiy faoliyati:
Kafedra professor-o’qituvchilar jamoasi kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilishning o’quv-metodik hamda amaliy masalalarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada “Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga tadbiq etish” nomli ilmiy labaratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya qoshida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun innovatsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
1-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq qilish nazaryasi, uslubiyoti, modellari va algoritmlarini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Guruh rahbari dots. D.Abduraximov, a’zolari: S.Qulmamatov, D.Toshtemirov, A.Adilov, A.Taniberdiev, S.X.Islikov, M.B.Niyozov, M.N.Normatova, J.D.Saidov.
2-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq etishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqotishlarini olib bormoqda. Guruh rahbari dots. S.Allayorov, a’zolari: U.Jo’raev, S.Tishlikov, A.Qudratov, Z.Negmatullaev, A.Qalandarov, O.B.Burxiev, Sh.X.Mavlonov, A.Mamatov, D.E.Abduraimov.
Ilmiy laboratoriyada fanlardan elektron o’quv adabiyotlar, mustaqil ta’limni tashkil etishning kompyuter dasturi, masofali o’qitish uchun ta’lim portali, talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan test dasturi kabi dasturiy mahsulotlar yaratildi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda qo’llanilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o’quv-uslubiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topmoqda. Shu bilan birgalikda guruh a’zolari tomonidan universitet veb sahifasi yangilanib takomillashtirilmoqda hamda regional ta’lim portali innovatsion loyihasi yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Kafedra a’zolari tomonidan shu vaqtgacha 300 dan ortiq ilmiy, o’quv-metodik maqolalar tayyorlandi. Ulardan hozirgi kunda maktab o’quvchilari, AL hamda OTMlarning talabalari, o’qituvchilar, shu sohada ilmiy ish ustida izlanayotgan tadqiqotchilar o’zlarining ilmiy faoliyatlarida, shuningdek amaliyotda keng foydalanmoqdalar.
Kafedrada 3 ta laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, ular zamonaviy kompyuterlar va AKT vositalari bilan jihozlangan. Bu kompyuterlar yuqori tezlikka ega bo’lgan Internet tizimiga ulangan.
Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 8 ta to’garak tashkil etilgan.
“Yosh dasturchilar” - rahbar k.o’q. A.A.Qalandarov, “Kompyuter grafikasi va dizaynerlar”- rahbar k.o’q. Tishlikov S.A., “Taqdimotchilar” - rahbar o’q. Abduraimov D.E., “Matnli axborotlarni kiritish va qayta ishlash texnologiyalari” - rahbar k.o’q. Adilov A.A., “Tarmoq menedjeri”- rahbar k.o’q. Jo’raev U.S., “Yosh axborotchi texnologlar”- rahbar k.o’q. Negmatullaev Z.T., “Veb dizaynerlar” - rahbar k.o’q. Yuldashev O’.A. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va maktab o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
Bu to’garaklarda “5110700-Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishida ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarning 50% dan ko’proq qismini qamrab olingan. Fan to’garaklarida qatnashayotgan iqtidorli talabalar tomonidan bajargan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari respublika miqyosida va oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan anjumanlarda ishtirok etish orqali o’z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar va bu jarayon doimiy ravishda kafedra yig’ilishlarida muhokama qilib borildi.
Kafedra manzili:
Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, bosh bino, Axborot texnologiyalari fakulteti, 5-qavat, “Amaliy matematika va axborot texnologiyalar kafedrasi” kafedrasi
E-mail: atk-guldu-2015@umail.uz