Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi

kafedralar/oziq-ovqat.jpg

Kafedra mudiri: Sattorov Karim

Telefon: (+998 94) 1696201 

Elektron manzili:  

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari  texnologiyasini takomillashtirish

Kafedra tarixi

• “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi 2017 yil yanvar oyida tashkil etilgan.

• Bugungi kunda “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi 6 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan1 ta texnika fanlari doktori, 1 ta biologiya fanlari nomzodi, 1 ta kimyo va 2 ta texnika fanlari nomzodlari, katta o’qituvchilar va 8 tasi o’qituvchilardir. To’liq stavkada 8 nafar, 0,5 stavkada 5 nafar xodim ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Yog’-moy maxsulotlari, Don va don maxsulotlari hamda Go’sh-sut maxsulotlari texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha darslar o’tiladi.

• Kafedra a’zolari “Xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasini takomillashtirish” bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy izlanishlarni Yog’-moy maxsulotlari, Don va don maxsulotlari hamda Go’sh-sut maxsulotlari texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha olib borishmoqda. Kafedra qoshida  tashkil etilgan “Kichik maktab”da 3 ta to’garak faoliyat yuritmoqda. “Kichik maktab”ga kafedra professor-o’qituvchilari, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi ishlab chiqarish korxonalaridan texnolog mutaxassislar jalb etilgan.

• Kafedrada barcha fanlar milliy guruhlarda o’zbek tilida o’qitilmoqda. “Oziq-ovqat texnologiyalari” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari jami 30 dan ortiq umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlaridan ta’lim olishmoqda.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmalar va TMI topshiriqlari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 150 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar e`lon qilishgan.

• Kafedra o’z faoliyatida Moskva oziq-ovqat akademiyasi, Rossiya yog’-moy ilmiy-ishlab chiqarish instituti (Sankt-Peterburg sh.), Toshkent kimyo texnologiyalari instituti,   I. Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti, Namangan muhandislik instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Nukus agrar universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Sirdaryo viloyatidagi 2 ta akademik litsey va bir qator kollejlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

• Hozirda hamkorlik qilinayotgan akademik litsey va kollejlarda Oziq-ovqat texnologiyalarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasining hamkorlik a’loqalari

Rossiya yog’-moy ilmiy-ishlab chiqarish instituti (Sankt-Peterburg sh.)

Toshkent kimyo texnologiya instituti

Toshkent texnika universiteti

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi

Buxoro muhandislik texnologiya instituti

Namangan muhandislik instituti

Nukus agrar universiteti

Jizzax politexnika instituti

Kafedra manzili: Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, “Oziq-ovqat texnologiyalari”  kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-mail: Oziq-ovqat texnologiyalari-guldu@umail.uz

9978 | 2017-12-29 13:15
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->