Matematika kafedrasi mudiri: Gaimnazarov Olimjon
Qabul kunlari: Dushanba-Juma
Qabul soati: 14:00 dan 17:00 gacha
Kafedra bosh ilmiy mavzusi: “Matematika tadbiqlari va matematika o’qitishning zamonaviy muammolari”
Kafedra tarixi
Kafedra 1971-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab kafedra “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Matematika va geometriya oʻqitish metodikasi”, “Matematik analiz” nomlari bilan faoliyat yuritgan. 1999- yildan boshlab, kafedralar uchtaga ajralib ular “Matematik analiz”, “Matematika o’qitish metodikasi” va “Umumiy matematika” kafedrasi deb nomlanib, 2014-yildan boshlab, “Matematika” kafedrasi nomi bilan ataldi.
Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: “Matematika tadbiqlari va matematika o’qitishning zamonaviy muammolari. Kafedraning bosh ilmiy mavzu asosida kafedrada 3 ta yo’nalish bo’yicha ilmiy ishlar olib boriladi.
Matematikaning tadbiqlari yo’nalishida: dots. X.Norjigitov rahbarligida, a’zolari katta o’qituvchilar: A.Qalandarov, A.Eshniyozov o’qituvchilar: S.Bozorov, J. Mirmuxammedov, S.Xolboyev, B.Sultonova.
Matematika nazariy va amaliy muammolari yo’nalishida: dots. K. Jamuratov rahbarligida, a’zolari prof. Q. Mo’minov katta o’qituvchilar: J.Mamatov, J.Raxmonov o’qituvchilar: A.Nuraliyev, R.Xudoyqulov, A.Eshniyozov, M.Dosanov, Sh.Xidirova, Sh.Bomurotov
Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishida PhD D.X. Turdiboyev raxbarligida katta o’qituvchilar: PhD O.Gaimnazarov, X. G’aoyibnazarov, F. Norboev, A. Zokirov, O. Dushaboev.
“Matematika” kafedrasida ilmiy seminar tashkil etilgan bo’lib, Hozirgi kunda seminar D.X.Turdiboyev rahbarligida tashkil qilinmoqda va kafedraning ilmiy salohiyati 35 % ni tashkil etadi: 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 11 nafar katta o’qituvchi va 8 nafar o’qituvchi.
Hozirgi kunda “Matematika” Kafedrasida “5130100 – Matematika”, “5110100-Matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr hamda 5A130101 - Matematika(yo`nalishlar bo`yicha-matematik analiz) mutaxassisligi boyicha magistr tayyorlanadi.
Matematika kafedrasida o’qitiladigan fanlar:
- Matematik analiz;
- Algebra va sonlar nazariyasi;
- Analitik geometriya;
- Differensial tenglamalar;
- Differensial geometriya va topologiya;
- Xususiy hosilali tenglamalar;
- Matematik fizika metodlari;
- Diskret matematika va mantiq;
- Ehtimollar nazariyasi va matematik mantiq;
- Variatsion hisob va optimallashtirish usullari
- Funksional analiz;
- Kopleks o`zgaruvchili funksiyalar nazariyasi:
- Matematika o’qitish metodikasi;
- Hisoblash usullari;
- Maktab va ALlarda matematika kursi;
- Geometriya asoslari;
- Matematika tarixi
- Matematika (yo`nalishlar bo`yicha);
- Oliy matematika (yo`nalishlar bo`yicha)
- Abstrakt algebra
- Borel o`lchovlari va potensiallar nazariyasi;
- Topologiyaning tanlangan boblari;
- Umumlashgan funksiyalar nazariyasi;
- Analizning maxsus funksiyalari va muhim xosmas integrallari;
- Funksiyalarni yaqinlashtirish nazariyasi;
- Differensial formalar va matematik maydonlar nazariyasi;
- Differensial tenglamalarda sifat nazariyasi;
- Maxsus fanlarni o`qitish nazariyasi;
Kafedra jamoasi quyidagi ilmiy markaz va oliy ta`lim muassasalari bilan ta’limiy, tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o’rnatilgan.
Ushbu hamkorlik ishlari natijasida professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy , ilmiy-tadqiqot ishlari yo’nalishlarida qator ilmiy materiallar tayorlanib, ilmiy anjumanlarda, seminar va tanlovlarga taqdim etib kelinmoqda.