Katta o‘qituvchi Kim Dmitriy Valentinovich Xitoydagi stajirovka yakunlari haqida ma’lumot berdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetida amalga oshirilgan stajirovka davomida bajarilgan ishlar, universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va tajriba almashish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, stajirovka dasturi doirasida o‘rganilgan ilg‘or tajribalar, ta’lim jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Stajirovka jarayonida amalga oshirilgan ishlar va tashriflar fotosuratlar bilan boyitilgan PowerPoint taqdimoti shaklida tayyorlangan hisobot orqali yig‘ilish ishtirokchilariga namoyish etildi.

 





Ijtimoiy tarmoqlarda baham köring

Studentmisiz?