Pedagogika fakulteti

Pedagogika fakulteti

Fakultet dekani: dotsent Sariboev Shuxrat Turdibekovich

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat14-00,16-00

E-mail: sariboyev@umail.uz

 ped2.jpg

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Almanov Qaxramon Obloqulovich

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat14-00,16-00

Telefon:+99 (897) 278-72-22

E-mail: almanov@umail.uz

 

Ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: Bobojonov Axmodjon Xudoyberdiyevich

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat14-00,16-00

Telefon: +99 (891) 104-42-77

E-mail: babadjanov@umail.uz

Fakultet kafedralari:

Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi

Musiqa va mehnat ta’limi

Pedagogika va psixologiya

Fakultetdagi mavjud ixtisoslik kafedralari:

Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi

Musiqa va mehnat ta’limi

Pedagogika va psixologiya

Fakultet quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5111700-Boshlang’ich talim metodikasi

5111800-Maktabgachata’lim

5111100-Musiqa ta’limi

5112100-Mehnat ta’limi

5110900-Pedagogika vapsixologiya

Pedagogika fakulteti 1977 yilda pedagogika va boshlang’ich ta’lim metodikasi nomi bilan tashkil topgan. Shu kunga qadar pedagogika fakulteti tarkibida minglab o’qituvchi xodimlar tayyorlanib, ular respublika va viloyatimiz ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

Bugungi kunda pedagogika fakultetida 5 ta bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlanmoqda:

•pedagogika va psixologiya;

•boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish;

•maktabgachata’lim;

•musiqata’limi;

•mehnatta’limi;

 

Fakultettasarrufidauchta kafedra faoliyat ko’rsatadi:

•Pedagogika va psixologiya;

•Boshlangich va maktabgacha ta’lim metodikasi;

•Musiqata’limi;

 

2017 yilning sentyabr oyidan Pedagogi kafakultetini dekan sifatida f.f.n., dotsent H.Yodgorov boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida fakultetda ta’lim sifatini yaxshilash, talabalar o’rtasida ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari samardorligini oshirish borasida na’munali ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, o’qitishning innovatsion texnologiyalarini qo’llash bo’yicha ilg’or tajribalar keng miqyosida ommalashtirilgan. Ko’plab iqtidorli talabalar davlat stipendiyasi, “Zulfiya” mukofati sovrindori, badiiy-ko’rik tanlovlari g’olibi, Xalqarova respublika musobaqalari sovrindorlari bo’lib yetishgan. Jumladan, BT va STI yo’nalishining 3-kurs talabasi Qayumova Shohsanam 2017-2018 o’quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiati bo’ldi. U hozirda tilshunos H.Yodgorov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

“Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasida o’quv-uslubiy ta’minot talab darajasiga etkazilgan, axborot va pedagogik texnologiyalar o’quv xonasi, multimediya xonalari tashkil etilgan. Professor- o’qituvchilar tomonidan 4 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, bir necha monografiya chop ettirilgan.

Ushbu kafedra professor-o’qituvchilari “Bo’lajak o’qituvchi shaxsini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash” bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi ustida ish olib borishmoqda (H.Yodgorov, J.Abdullaev, A.Bolibekov, R.Ergashev, H.Umarov, S.Sharapova, I.Saymurotova, Yo’ldoshev Sh. va boshqalar).

Ishchan va izlanuvchan kafedra professor-o’qituvchilari iqtidorli talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo’naltirgan holda ularni «Yosh olimlar» kengashi, ilmiy-ijodiy to'garaklarga jalb etib qilishmoqda.

Boshlang’ich ta’lim va STI, maktabgacha ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun 2 ta ma’ruza zali, 2 ta multimediya o’quv xonasi, 12 ta o’quv auditoriyasi, 1 ta kompyuter sinfi, xizmat qiladi.

Kafedrada 4 ta fan nomzodi, 9 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, ilmiy-pedagogik salohiyat 25 % ni tashkil etadi.

2006-2007 o’quv yilida kafedra qoshida “Musiqa ta’limi” yo’nalishi ochilib, o’z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda ushbu ta’lim yo’nalishida 84 nafar talaba tahsil oladi. Professor-o’qituvchilardan N.Rahimov, O.Abdullaeva, B.Abdurasulov, N.Ibragimova, N. Pardaevalar talabalarga musiqa san’atining sirlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatib kelishmoqda.

Kafedraning professor-o’qituvchilari “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash” ilmiy-tadqiqot mavzusi bo’yicha ish olib boradilar. Kafedrada ilmiy-pedagogik salohiyat 20% tashkil etadi.

Ushbu kafedra tarkibiga mehnat ta’limi yo’nalishi ham birlashib, kafedra 2 ta fan nomzodi, dotsentga ortdi va ilmiy pedagogik salohiyat 30% ni tashkil etdi.

Ushbu ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun 2 ta ma’ruza zali, 14 ta o’quv xonalari, 1 ta kompyuter sinfi xizmat qiladi.

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 1966-yilda tashkil etilgan. O’tgan 40 yil davomida kafedra a’zolari fidokorona mehnat qilib, pedagogika va psixologiya fanlarining turli yo’nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar. Ana shu muddat ichida kafedra a’zolari tomonidan o’nlab monografiyalar, yuzlabilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilindi.

Kafedra professor-o’qituvchilarining bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi: “Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs tarbiyasi”. Kafedrada ilmiy daraja va unvonga ega bo’lgan o’qituvchilar 23 % ni tashkil etadi. Kafedrada shu yillar orasida 15 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Ko’plab tadqiqotchilarning ilmiy ishlari respublika ilmiy jamoatchiligi tomonidan e’tirof etildi.

Kafedra mudiri dotsent M.Xolnazarovaning ham muallifliligida “Fan va texnologiya” nashriyotida “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya ” fanidan darslik yaratildi.Pedagogika fanlari nomzodi Q.Turg’unov, dotsentlar A.Ahmedov, H.Abdukarimov, B. Raximov, Sh. Usmonova, M. Xolnazarova, katta o’qituvchilar O.Suvonov, A.Fadeyevlar «Xalq ta’limi a’lochilari» nishonlari va ko’plab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Faxriylarimizdan G.Davirova «Do’stlik» ordeni, O.Suvonov «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishgan.

 

1008 | 2017-12-29 12:27
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish