Iqtisodiyot kafedrasi

Iqtisodiyot kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Sattorqulov Obidqul Turdiqulovich

Telefon: (+998 99) 470-85-25kafedralar/iqtisod.jpg

Elektron manzili: obidqul_2011@umail.uz

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: "Iqtisodni modernizatsiyalash sharoitida  ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari"

Kafedra tarixi

• Iqtisodiyot kafedrasi 1998-yildan 2002-yilga qadar "Menejment" kafedrasi sifatida faoliyat ko`rsatib keldi. 2003-yilda Davlat Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan "Menejment" va "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedralari negizida "Umumiy iqtisodiyot" kafedrasi tashkil etilib, unga mutaxassis tayyorlovchi kafedra maqomi berildi. 2011 -yilnda "Iqtisodiyot nazariyasi" va "Umumiy iqtisodiyot" kafedralari negizida "Iqtisodiyot" kafedrasi tashkil etild. 2003 yildan boshlab unga i.f.n., dotsent O.T.Sattorqulov rahbarlik qilib keldi. Kafedraga 2006-yildan i.f.n. dots. O.R.Rayimberdiyeva, 2009-yildan i.f.n. dots.A.B.Muxametov, 2011-yildan xozirgi vaqtgacha i.f.n. dots. O.T.Sattorqulov raxbarlik qilib kelmoqda.

• Bugungi kunda "Iqtisodiyot" kafedrasi Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibidagi 3 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 23 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 1 ta iqtisod fanlari doktori, professor, 2 ta iqtisod  fanlari nomzodlari, dotsentlari, 1ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 5 ta  katta o’qituvchi,  va 14 ta o’qituvchidir. To’liq stavkada 14 nafar, 0,5 stavkada 3 nafar, 0,25 stavkada 6 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 36,5 yosh.

• Kafedra "Iqtisodni modernizatsiyalash sharoitida  ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari" va "Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari" ilmiy muammolari ustida ish olib borib, "Milliy iqtisodiyot", "Iqtisodiyot nazariyasi", "Sug‘urta ishi", "Mikroiqtisodiyot", "Menejment", "Marketing" ixtisosliklari bo’yicha tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Kafedrada dots. Sattorqulov O. rahbarligida "Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish yo‘nalishlari" mavzusidagi loyiha ustida ishlamoqda. Loyiha rejasi, tarkibi tasdiqlangan. Loyiha ishtirokchilari: dots. O.Rayimberdiyeva, katta o‘q.M.Allayarova, B.Matrasulov,  o‘q.A.Abduvoxidov. Ushbu ilmiy muammo yuzasidan 3 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyaga tayyorlanmoqda. Shuningdek, i.f.d., prof. A.Mamatov rahbarligida "Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishi" mavzusidagi loyiha ustida katta o‘q.M.Nurmuxamedova, S.Mamajonova, i.f.n. A.Burxonov, o‘q.G‘.Berdiyev va SH.Maxmudovlar ishlamoqdalar. Bu loyiha bo’yicha 5 ta tadqiqot ishi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kafedra qoshida tashkil etilgan "Kichik maktab"da 3 ta to’garak tashkil etilgan. "Kichik maktab" a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi iqtisodiyot  o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

• Kafedrada barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida fakultetlararo "Iqtisodiyot nazariyasi" fani milliy va evropa guruhlarida o’zbek va rus tillarida o’qitilmoqda. "Iqtisodiyot" bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 30 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 160 dan ortik ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 80 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qilishgan.

• Kafedra o’z faoliyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti,  Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi  bir qator kollejlar bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda.

• Professor A.A.Mamatov tomonidan tayyorlangan “Ishlab chiqarish menejmenti” o‘quv qo‘llanmasi "Iqtisodiyot" nashriyoti bilan 2000 nusxada chop etish bo’yicha shartnoma imzolangan. Xozirda kafedrada ikkita innovatsion guruh faoliyat ko’rsatmoqda, jumladan O.Rayimberdiyeva rahbarligidagi “Kichik biznes sub’ektlarida buxgalteriya xisobini yuritish asoslari” mavzusidagi ish olib borilmoqda. Loyiha rejasiga asosan 1 mln so’mlik byudjetdan tashqari mablag’lar tushirildi, 1 ta nomzodlik ishi himoya qilinmoqda va 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmoqda. Dots. O.Sattorqulov rahbarligida “Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklarini rivojlantirish asoslari” mavzusida ish olib borilmoqda.

 

Kafedra tarkibi

1.

O.T.Sattorqulov

Kafedra mudiri

2.

A.A.Mamatov

Professor

3.

O.R.Rayimberdiyeva

Dotsent

4.

M.Q.Allayorova

Katta o’qituvchi

5.

B.E.Matrasulov

Katta o’qituvchi

6.

B.O‘.Bekmuxammedova

Katta o’qituvchi

7.

M.X.Nurmuxamedova

Katta o’qituvchi

8.

S.V.Mamajonova

Katta o’qituvchi

9.

K.U.Raxmatov

O’qituvchi

10.

A.X.SHoyev

O’qituvchi

11.

O.R.Umaraliyev

O’qituvchi

12.

O.A.YUsufaliyev

O’qituvchi

13.

G.R.Maxmudova 

O’qituvchi

14.

A.X.Mamatqulov

O’qituvchi

15.

B.B.Toshboyev

O’qituvchi

16.

G‘.I.Berdiyev

O’qituvchi

17.

B.A. Norbo‘tayev

O’qituvchi

18.

Z.M.Zikriyayev

O’qituvchi

19.

M.A.Mamatov

O’qituvchi

20.

A.X.Burxonov

i.f.n., Katta o’qituvchi

21.

A.A.Abduvoxidov

O’qituvchi

22.

SH.X.Maxmudov

O’qituvchi

23.

F.X.Abdullayeva

O’qituvchi

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, iqtisod binosi, 1-qavat 200-xona, “Iqtisodiyot” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-Mail: iqtisod-guldu@umail.uz

485 | 2017-12-29 11:24
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish