Filologiya fakulteti

Filologiya fakulteti

 filologiya.jpg

Filologiya fakulteti 2001 yildan buyon faoliyat ko’rsatadi. Fakultet o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti va qozoq tili va adabiyoti yo’nalishi bo’yicha viloyat va respublikaga kadrlarni tayyorlaydi.

 

FAKULTET MA’MURIYATI:

 

Filologiya fakulteti dekani: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mamatqulov Muzaffar Rahmonqulovich

Qabul vaqti:Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon:+99 (893) 320-12-76                Ish: 8367 225-45-04

E-mail: mamtqulov@umail.uz

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan  o’rinbosari: Egamov Umidjon  Shavkatovich

Qabul vaqti:  Har kuni  soat 8-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (+99894) 766-05-86

E-mail:umidjonshavkatovich@umail.uz

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: Shayzaqov G’ulom Muxtarovich

Qabul vaqti:  Dushanba, seshanba, payshanba, juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:(+99897) 278-22-88

E-mail: gulomshayzakov@umail.uz

 

Fakultet kafedralari:

-Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

-O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi

-Rus tili va adabiyoti kafedrasi

-Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

 

Fakultet quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5111400 – Xorijiy tili va adabiyoti: ingliz tili

5120100 –Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili

5120100 –Filologiya va tillarni o’qitish: qozoq tili

5111300 –Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda

 

Bugungi kunda fakultetning moddiy-texnik va laboratoriya bazasi kengaydi: 2 ta kompyuter  sinfi, 1 ta audio-video sinfi, faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet professor-o’qituvchilari o’quv jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi ishlarda faol qatnashishmoqda. Professor-o’qituvchilar yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari yaratmoqdalar. Respublika va xorij o’quv yurtlari bilan hamkorlik o’rnatilgan. Bular jumlasiga, Pushkin nomli Moskva pedagogika universiteti, Balashovo universiteti, Kembrij universiteti (Angliya), Chimkent universiteti (Qozog’iston), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, O’zMU, SamDU, TDPU, TDJTU kiradi. Fakul’tet professor-o’qituvchilari Rossiya milliy markazi, Gyote institutlari bilan hamkorlik o’rnatishgan.

Fakultet kafedralarida  dolzarb ilmiy mavzularda  tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Chet tili o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashda distansion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodlari”, “O’zbek tili va adabiyoti fanining dolzarb muammolari”, “Ingliz tilini o’qitishda informatsion texnologiyalar orqali kommunikativ ta’limning  uzluksizligini ta’minlash”, “Uzluksiz  ta’lim tizimida  rus tili va adabiyotini  o’qitishning dolzarb  masalalari”, “Qozoq tili va adabiyotining dolzarb muammolari va o’qitish metodikasi” kabi ilmiy muammolar shular jumlasidandir.

Fakultetda "Yosh olimlar kengashi" bilan birga mavjud kafedralarning barchasi qoshida Kichik maktab va fan to’garaklari faoliyat olib bormoqda. “Yosh adabiyotshunos”, “Yosh she’rshunos”, “Yosh tilshunos”, “Yosh sharqshunos”, “Slovestnik”, “Russkoe slovo, “Learning English”, “Scientific English”, “Das kann ich auf Deutsch”, “Yosh adabiyotshunoslar”, “Deutsch als Frembsprache”, “Reading club”, “Speaking club”,"Til markazi" kabi to’garak va klublarga  iqtidorli talabalar jalb qilingan bo’lib, ularning ilmiy izlanishlari natijalari to’plam holida muntazam ravishda nashr qilinib kelinmoqda.

 

1187 | 2017-12-26 18:12
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish