Axborot texnologiyalari fakulteti
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Axborot texnologiyalari fakulteti

Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Qalandarov Aziz Abduqayumovich

Qabul kuni: Xar kuni (Yakshanbadan tashqari) 15-00, 17-00

Telefon:979010510

E-mail: aziz@guldu.uz

  

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Mamatov Jo’rabek Saydullaevich

Telefon:994640540,

E-mail: jurabek25@mail.ru

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Gaimnazarov Olimjon Gulmurodovich

Telefon:972245600,

E-mail: g_olimjon@mail.ru

Fakultet bosh ilmiy mavzusi: Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash orqali malakali mutaxassislar tayyorlash.

Fakultet tarixi

Fakultet 1968 yilda tashkil qilingan. Fakultetda 5130200-Amaliy matematika va informatika, 5140200-Fizika, 5130100-Matematika, 5110700-Informatika o’qitish metodikasi va 5110100-Matematika va informatika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 5A140202- izika (optika, magnitooptika, molekulyar optika yo’nalishlari bo’yicha), 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A140208-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muxit fizikasi va 5A130101-Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Fakultetni 2020 yil 1 dekabrdan boshlab fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Qalandarov Aziz Abduqayumovich boshqarib kelmoqda.

Bugungi kunda Fizika-matematika fakulteti tarkibida “Fizika”, “Matematika” va “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultetda jami 62 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Shulardan 4 nafari fan doktori, professor (o’rindoshlik asosida), 17 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 20 nafari katta o’qituvchilar, 21 nafari o’qituvchilarni tashkil etadi. Fakultetda ilmiy daraja 33%, professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 39,5.

Fakultetda tashkil etilgan «Kichik maktablar»da 12 ta to’garaklar tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi fizika, matematika va informatika o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

Fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, amaliy, laboratoriya, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 200dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda150 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilishgan.

Fakultet o’z faoliyatida O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti hamda Guliston akademik litseyi va bir qator kollejlar bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy ishlarni hamkorlik asosida olib bormoqda.

Fakultetda hamkorlik asosida akademik litsey va maktablarda Fizika, Matematika va Informatika o’quv predmetlarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar bajarilmoqda.

Fakultetning ilmiy aloqalari

- O’zbekiston Milliy universiteti;

- Toshkent davlat pedagogika universiteti;

- Samarqand davlat universiteti;

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

- Jizzax davlat pedagogika instituti;

- O’zFA Fizika-texnik instituti, "Fizika-Quyosh" NNTi;

- O’zFA Matematika instituti.

7019 | 2017-12-26 18:00

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021