Biologiya kafedrasi

 kafedralar/biologiya.jpg

Biologiya kafedrasi

Kafedra mudiri: b.f.n. Abduqulov Zafar Umrboevich

Telefon: (8 3672) 225-40-42

Elektron manzili: Zafar2525@umail.uz

Ilmiy mavzu: “O’simliklarning sho’rga chidamliligida ikkilamchi metabolitlarning roli”

Kafedra tarixi

Umumiy biologiya kafedrasi 1985-yili tashkil etilgan. Kafedra tomonidan o’tgan muddat davomida biologiya va qishloq xo’jaligi, biologiya-kimyo, biologiya yo’nalishlarida mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda. Bugungi kunda kafedra yirik o’quv va ilmiy tadqiqotlar bazasiga ega: Eksperimental biologiya ilmiy laboratoriyasi (uning tarkibiy yo’nalishlari: biotexnologiya, Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki, tajriba maydonlari, malakologiya), kafedra axborot resurs markazi, muzey, o’quv laboratoriyalari va auditoriyalari, o’quv dala amaliyotlar bazasi, Mintaqaviy Tadqiqot Markazi kabilar shular jumlasidandir.

Kafedraga 1985-1987-yillarda I.Sh.Xalpayev, 1987-1999-yillarda I.Z.Axmetov, 1999-2001-yillar A.A.Pozilov, 2001-2009-yillarda H.H.Kushiev, 2010-yilda A.Pozilov, 2011-yilda N.O.Sulaymonov, 2012-yildan Z.U.Abduqulov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari biologiya yo’nalishidagi talabalar uchun 20 ta fan bo’yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, ko’nikma va malaka bermoqdalar.

Kafedra a’zolari rahbarligida 1985 yildan buyon viloyatimiz va qo’shni viloyatlarga “biologiya” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab berilmoqda.

Kafedra tarkibi

1

Z.Abdiqulov

Kafedra mudiri

2

A.Pazilov

Professor

3

H.Kushiev

Professor

4

S.Dadaev

Professor

5

T.Kuliyev

Dotsent

6

M.Allamuratov

Dotsent

7

I.Shirinova

Dotsent

8

L.Botirova

Dotsent

9

A.Karimqulov

Dotsent

10

R.Bozorova

Katta o’qtivuchi

11

K.Ismoilova

Katta o’qtivuchi

12

M.Saidov

Katta o’qtivuchi

13

A.Eshquvvatov

O’qituvchi

14

O.Yunusov

O’qituvchi

15

N.Ablakulova

O’qituvchi

16

R.Qodirova

O’qituvchi

17

N.Sultonova

O’qituvchi

18

B.Almamatov

O’qituvchi

                       Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzulari “O’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga biotik va abiotik omillar ta’siri va ularni idora etish” hamda “O’zbekiston va unga tutash hududlarda tarqalgan hayvonlar” deb nomlanadi.

2003-2012 yillar mobaynida kafedrada O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy tekshirish institutlari bilan o’zaro hamkorlikda 1 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi va 12 ta magistr tayyorlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 4 ta doktorlik, 3 ta magistrlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy–amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2007-2012 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan chet el jurnallarida 15 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 24 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 20 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.

Kafedrada “Dominant” to’garagi tashkil etilgan bo’lib, unda 50 dan ortiq iqtidorli talabalar kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari rahbarligida faoliyat ko’rsatishadi.

Kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir qatar ilmiy-tekshirish institutlarining yetakchi ilmiy xodimlari akad. J.A.Azimov, prof. Z.Tillabaev, S.Mavlyanov, D.Dolimov, T.Rahimova, A.Kuchboev, Samarqand davlat universiteti professori Z.I.Izzatullaevlar ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqdalar.

“Biologiya” yo’nalishida bugungi kunda 200 dan ortiq talaba ilmu-fan sirlarini o’rganmoqdalar.

Talabalar o’quv rejasida belgilangan fanlarni chuqur o’zlashtirish bilan bir qatorda Respublika fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy ko’mak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra o’rtasida pedagogik amaliyot hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-o’qituvchilarning sinov-tajriba ishlarini o’tkazish bo’yicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.

Kafedra va viloyat o’rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim maussasalari bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1- va 2-Guliston Pedagogika kollejlari, Yangier va Sirdaryo Pedagogika kollejlarida kafedra filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra o’qituvchilari ushbu ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilarga “Ustoz-shogird” tizimi bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada axborot-resurs markazi, kafedra muzeyi, o’quv auditoriya va laboratoriyalari hamda eksperimental biologiya laboratoriyasi faoliyat ko’rsatadi.

Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi kafedraning eng muhim bazasidir. Ushbu markaz 16 ta oxirgi rusum kompyuterlarga, printer, skaner va videoproyektorga ega. Axborot-resurs markazida kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan o’quv adabiyotlarning elektron variantlari, elektron darsliklar, ma’ruzalar taqdimotlarining elektron varianlari, virtual laboratoriya va virtual stendlar mavjud. Shuningdek, axborot resurs markazi kafedra xodimlari va talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini namoyish qilish yoki ma’lumotlar izlash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-resurs markazida barcha kompyuterlar internetga ulangan. Shuningdek, axborot-resurs markazda, kafedrada o’qitiladigan fanlardan adabiyotlar, majmualar, uslubiy ishlanmalar, BMI, kurs ishlari, dissertatsiya va ilmiy jurnallar bilan birga kafedrada o`qitiladigan fanlarga va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga oid ilmiy adabiyotlar mavjud.

Kafedra muzeyi

Muzeyda, kafedrada professor-o’qituvchi va talabalar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot va uslubiy ishlar namunalari, mintaqa hayvonot dunyosi eksponatlari va preparatlari, minerallar namunalari joy olgan. Shuningdek, muzey kafedrada olib borilayotgan zoologik tadqiqotlar uchun muhim ilmiy laboratoriya hamdir.

O’quv auditoriyalari va laboratoriyalar

Kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya va amaliyot xonalari, o’quv auditoriyalari o`quv rejalari talablari asosida jihozlangan. Laboratoriya va amaliyot xonalari talabalarning mustaqil ish bajarishlari uchun ham barcha qulayliklarga egadir.

 

 

 

Eksperimental biologiya laboratoriyasi

Ushbu laboratoriya kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari asosida tashkil etilgan “Biotexnologiya”, “Sho`rga chidamli o’simliklar genbanki”, “Malakologiya” tarmoq laboratoriyalarni o’z ichiga oladi. Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar mavzulari:

• O’simliklarning o’sish va rivojlanishiga tashqi omillar ta’sirini o’rganish va ularni fiziologik faol moddalar yordamida idora etish

• Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki

• O’simliklarni himoya qilish

• Sho’rga chidamli o’simliklarni tanlash va yaratish

• Markaziy Osiyo sharoitida tarqalgan quruqlik mollyuskalari

Laboratoriyada oxirigi yillarda quyidagi mavzularda davlat va xalqaro darajalardagi loyihalar bajarib kelinmoqda:

• “Hasharotlarning moslashish mexanizmini o’rganish” mavzusida fundamental tadqiqotlar (2000-2003);

• “Orol havzasida yer va suv resurslari degradatsiyasiga qarshi kurashish asosida qishloq aholisi uchun qulay sharoit yaratish” mavzusida IWMI, ICARDA, ICBA xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro amaliy loyiha yo’nalishida (2005-2007);

• “Mahalliy xomashyo asosida bug’doyning o’sish va rivojlanishini stimullovchi va zamburug’li kasalliklariga qarshi ta’sir etuvchi preparat yaratish” mavzusida amaliy tadqiqot yo’nalishida O’zMU bilan hamkorlikda (2006-2008);

• “O’zbekiston va unga yondosh hududlarda taqalgan quruqlik mollyuskalari va ularning endemik evolyutsiyasi” mavzusida fundamental tadqiqotlar (2008-2012);

• “Bug’doyning zamburug’li kasalliklariga qarshi preparat yaratish” mavzusida amaliy tadqiqotlar (2009-2011);

• “Kartoshkaning sho’rga chidamli navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzisida CIP xalqaro tashkiloti bilan (2008-yildan);

• “Mirzacho’l sho’rga chidamli o’simliklarini saqlash va sho’rlangan yerlarni qayta tiklash” (2009-yildan);

• “Sho’rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o’sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va patogenlariga sam,arali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish” mavzusida amaliy tadqiqotlar (2012 yildan);

• “Cho’llanish jarayonida Mirzacho’l vohasi sho’rlangan tuproqlari fitomeliorastiyasini tadqiqi” mavzusida amaliy tadqiqotlar (2012 yildan);

• “O’zbekiston va unga tutash hududlar quruqlik mollyuskalarida tur hosil bo’lish jarayoni va o’zgaruvchanlik qonuniyatlari tadqiqi” mavzusida fundamental tadqiqotlar (2012 yildan);

• “Sho’rga chidamli o’simliklar milliy genofondini shakllantirish va undan ishlab chiqarishda foydalanishni yo’lga qo’yish” mavzusida innovasion tadqiqotlar (2012 yildan).

O’simliklarning o’sish va rivojlanishiga tashqi omillar ta’sirini o’rganish va ularni fiziologik faol moddalar yordamida idora etish.

Ushbu yo’nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida o’simliklardan ajratib olingan ayrim tabiiy fiziologik faol moddalarni in vitro sharoitida o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini o’rganish asosida stimulyatorlik va fungitoksik xususiyatlari aniqlandi. Ular asosida tayyorlangan preparat bug’doyning o’sishi va rivojlanishini stimullovchi sifatida ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

 

 

 

In vitro sharoitida bug’doyni kollektsion namunalarini tadqiq qilish asosida sho’rga chidamli belgilari aniqlandi.

Bug’doyning zamburug’li kasalliklarini in vitro sharoitida o’rganish asosida fungitsidlarning ta’sir etish muddatlari ham aniqlandi.

 

 

 

Kuzgi bug’doyni har xil darajada sho’rlangan tuproq sharoitida o’sish rivojlanishini o’rganish asosida olingan natijalar alohida ahamiyatga egadir. Bunda bug’doyning sho’rga chidamlilik darajasi fenol birikmalarining hosil bo’lish darajasiga bog’liq ekanligi aniqlandi. Ildiz to’qimalarida hosil bo’lgan fenol tuproq tarkibidagi suvda eriydigan tuz ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qilib, uning chidamlilik darajasining oshishiga sabab bo’ladi.

Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki

Sho’rga chidamli o’simliklarning mahalliy sharoitda mavjud va yo’qolib borayotgan turlari, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan o’simliklarni sho’rga chidamli nav namunalarining germoplazmalarini saqlash va bio xilma-xillikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Mahalliy va chetdan introduktsiya qilingan o’simliklarni qayta o’rganish asosida ular orasidan tuproqdagi tuzlarni biriktirib olish mexanizmi aniqlandi va ushbu o’simliklardan sho’rlangan yerlarni ekologik qayta tiklash va bio xilma-xillikni saqlash bo’yicha tatbiqiy ishlar amalga oshirildi.

 

 

O’simliklarni himoya qilish

 

O’simliklarni himoya qilish va bio xilma-xillikni saqlash bo’yicha zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar olib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida bug’doyning zamburug’li kasalliklariga qarshi DKM-1 preparati yaratildi, bug’doyning zararli xasva hasharotiga qarshi bilogik kurash usullari aniqlandi.

 

 

Sho’rga chidamli o’simliklarni tanlash va yaratish

 

O’simliklarning kolleltsion va chetdan introduktsiya qilingan namunalarini o’rganish asosida sho’rga chidamli belgilari o’rganildi. Sho’rlanish darajalarini o’simliklarning o’zgaruvchan va determinatsion belgilariga ta’sirini aniqlash asosida bug`doyning mahalliy sharoitga mos bo’lgan 4 ta, paxtaning 2 ta navi yaratildi hamda yuqori sho’rlanish darajasiga chidamli galofitlar aniqlanilib, ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

 

 

Markaziy Osiyo sharoitida tarqalgan quruqlik mollyuskalari

 

Mollyuskalar eng muhim tabiiy ecoindikatorlardir. Ularni o’rganish asosida tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini va tashqi omillar ta’sirida tirik organizmlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar haqida xulosalar qilish mumkin. Ushbu yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar asosida quruqlik mollyuskalarining biotoplarda tarqalish qonuniyatlari o’rganildi. O’zbekiston va unga yondosh bo’lgan hududlarda quruqlik mollyuskalarining o’ndan ortiq yangi turlari aniqlandi.

Hamkorlik aloqalari

Kafedrada olib borilgan tadqiqotlar asosida ko’pgina ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yildi. Ushbu aloqalar o’zaro hamkorlik shartnomalari asosida keng rivojlanib bormoqda.

Kafedrada tadqiqotchilar faoliyati:

1. Eshquvvatov A. Mavzu: 03.00.07- Tashqi omillar ta’sirida bug’doy belgilaridagi o’zgaruvchanlik va determinasiyalanganlik darajasining biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari.

2. Ismoilova K. Mavzu: 02.00.10-Bug’doyning o’sish va rivojlanishiga steroid birikmalarning ta’sirini o’rganish. Ilmiy raxbar: b.f.d., dotsent Kushiev H.H.

3. Saidov M. Mavzu: 03.00.08-Ohangoron havzasi quruqlik mollyuskalarining bioekologik xususiyatlari. Ilmiy raxbar: professor Pozilov A.P.

4. Allaeva L. Mavzu: 02.00.10-Bug’doyga zarar keltiruvchihasharotlarga qarshi kurashish. Ilmiy raxbar: professor Tillabaev I.A.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

1. Dadaev S. – Zoologiya (Xordalilar). Darslik. Toshkent: O’zbekiston, 2011.

2. Pazilov A., Qarshiboev H.Q. – Evolyutsion ta’limot fanidan amaliy va seminar mashg’ulotlari. O’quv-uslubiy qo’llanma. Guliston: Ziyo nashriyoti, 2011.

3. Barcha fanlardan majmualar yaratilgan.

Kafedrada olib borilayotgan o’quv, o’quv-uslubiy vf ilmiy tadqiqot ishlarining tizimli tarzda yo’lga qo’yilishi asosida “ilm orqali bilim” tizimi yo’lga qo’yigan. Innovatsion gurular faoliyati natijalari asosida ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar bilan korporativ hamkorliklar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda.

Kafedrada tashkil etilgan “O’quv-ilmiy kompleks” yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda ilmiy aloqalarni rivojlanishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

O’quv-ilmiy kompleks tizimi:

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, 1-qavat 109-xona, “Tarix” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-Mail: tarix-guldu@umail.uz

537 | 2017-12-29 12:33
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish