2021-yil 11-fevral kuni Guliston davlat universitetining katta majlislar zalida Ilmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning barcha bosqich doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilar, 70 nafardan ortiq ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar. Tadbir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK raisi A.T.Yusupov ilmiy izlanuvchilarni dissertatsiya va uni yozish tartibiga oid barcha savollariga to‘liq javob berdi.