Xodimlar bolimi

xodimlar.jpg

 

Bo‘lim boshlig‘i: Alimov Shuhrat Ashrabovich

Ma`lumoti: Oliy

Mutaxassisligi: huquqshunos

Xorijiy til: Rus tili

Telefon: (0-367-2) 25-05-56

Faks: (0-367-2) 25-40-42

E-mail: guldu_xodim@edu.uz

Qabul kunlari: seshanba, chorshanba, payshanba, juma

 

Xodimlar bo‘limining faoliyati va vazifalari:

Xodimlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. Xodimlar bo‘limi universitet Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet buyruq va ko‘rsatmalarini dasturda amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi qarorlarni amalda qo‘llangan holda universitet rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

 

Xodimlar bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi guruhlar belgilanadi:

Professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;

Talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash;

 

Xodimlar bo‘limining vazifalari:

Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish;

Professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar, ish, o‘qish intizomini universitet ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritish;

Universitet shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish;

Kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa qilish;

Bakalavriatura, magistratura va aspirantura bitiruvchilarini universitetda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish;

Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish jildini, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;

Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar, ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatini uzaytirilishini nazoratga olish;

Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarni va ilovalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish;

Mehnat daftarchasi yuritish va ularni hisobini to‘g‘ri olib borish;

Harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, chaqiruv yoshdagi o‘smirlarning hisobini olib borish;

Nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdImnoma va hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat qilish;

Universitetdagi barcha toifali o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;

Har oyda tuman aholiSIni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo‘limiga kvotali joylar haqida va ishchilar tarkibi haqida ma’lumot berish;

Mehnat shartnomasini yozma ravishda 2 nusxada tuzishni nazorat qilish;

Xorijga safarbarlik va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

915 | 2017-12-26 16:07
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish