Fakultet mamuriyati
San’atshunoslik fakulteti dekani:Bobojonov Axmadjon Xudoyberdiyevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (seshanba va chorshanbadan tashqari)
Telefon(+99897-277-79-02)
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Nusharov Bobur Bolibekovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (shanbadan tashqari)
Telefon (+99897-345-86-31)
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari: Xayrov Rasim Zolimxonovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (shanbadan tashqari)
Telefon (+99899-475-44-75)
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TARKIBI :
1. Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi
2. Musiqiy ta’lim kafedrasi
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TARIXI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 19martdagi Videoselektr majlisining 12-sonli bayoni 9-bandida belgilangan topshiriqlari bo’yicha, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 404-sonli buyrug’iga asosan Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti tashkil topgan bo’lib, unda ikkita kafedra: “Musiqiy ta’lim”, “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” kafedralari faoliyat yuritadi.
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI FAOLIYATI
“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarkibida Musiqa ta’limi, Vokal san’ati, Cholg’uchilik san’ati va Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib, unda musiqa yo’nalishi bo’yicha boshlang’ich ta’lim olgan yoshlar, turli musiqiy ko’rik tanlovlarda ishtiroketgan va unda g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar taxsil oladi.
Kafedra tayanch oliy o’quv yurtlari, O’zbkiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Fakultet talabalari musiqa san’ati bo’yicha ko’plab Respublika miqyosidagi tanlovlarda g’oliblikni kiritib kelmoqdalar. Shuningdek kafedrada O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdullaeva Ozoda Mo’minjonovna va ko’plab ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan ustozlar va san’at oliygohlarini tamomlagan malakali mutaxassislar talabalarga musiqa va san’at sirlarini o’rgatishmoqda. 2019-2020 o’quv yilida kafedrada “Teatr san’ati”, “Maqomchilar”, “Dutorchilar”, “Doirachilar” to’garaklari faoliyat olib bormoqda. Bu to’garaklarning iqtidorli ishtirokchilari universitetda, viloyat miqyosida va paxta terimida yordam berayotgan harbiy oliy o’quv yurtlari kursantlariga o’zlarining qiziqarli konsert dasturlarini namoyish qilishmoqda.
“Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” kafedrasi tarkibida Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi , Rangtasvir, Amaliy san’at ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib, unda turli tasviriy soxasidagi ko’rgazmalar va ko’rik tanlovlarda ishtirok etgan va unda g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar taxsil oladi. Jumladan xar yili aprel oyida ananaviy bo’lib o’tadigan Tasviriy san’at festivalida talabalarimiz faol ishtirok etib, 2 kurs talabasi Abdullaev Abdulaziz Oltin medal soxibi bo’ldi.
Kafedrada 2 nafar O’zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zolari va ko’plab o’z kasbining etuk kadrlari faoliyat ko’rsatadi.