GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasikafedralar/oziq-ovqat.jpg

Kafedra mudiri: Davlatov Rasul

Telefon: (+998 97) 340-14-68

Elektron manzili: rasul.d@umail.uz

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari  texnologiyasini takomillashtirish

Kafedra tarixi

• “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi 2017 yil yanvar oyida tashkil etilgan.

• Bugungi kunda “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi 6 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan1 ta texnika fanlari doktori, 1 ta biologiya fanlari nomzodi, 1 ta kimyo va 2 ta texnika fanlari nomzodlari, katta o’qituvchilar va 8 tasi o’qituvchilardir. To’liq stavkada 8 nafar, 0,5 stavkada 5 nafar xodim ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Yog’-moy maxsulotlari, Don va don maxsulotlari hamda Go’sh-sut maxsulotlari texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha darslar o’tiladi.

• Kafedra a’zolari “Xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasini takomillashtirish” bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy izlanishlarni Yog’-moy maxsulotlari, Don va don maxsulotlari hamda Go’sh-sut maxsulotlari texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha olib borishmoqda. Kafedra qoshida  tashkil etilgan “Kichik maktab”da 3 ta to’garak faoliyat yuritmoqda. “Kichik maktab”ga kafedra professor-o’qituvchilari, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi ishlab chiqarish korxonalaridan texnolog mutaxassislar jalb etilgan.

• Kafedrada barcha fanlar milliy guruhlarda o’zbek tilida o’qitilmoqda. “Oziq-ovqat texnologiyalari” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari jami 30 dan ortiq umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlaridan ta’lim olishmoqda.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmalar va TMI topshiriqlari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 150 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar e`lon qilishgan.

• Kafedra o’z faoliyatida Moskva oziq-ovqat akademiyasi, Rossiya yog’-moy ilmiy-ishlab chiqarish instituti (Sankt-Peterburg sh.), Toshkent kimyo texnologiyalari instituti,   I. Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti, Namangan muhandislik instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Nukus agrar universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Sirdaryo viloyatidagi 2 ta akademik litsey va bir qator kollejlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

• Hozirda hamkorlik qilinayotgan akademik litsey va kollejlarda Oziq-ovqat texnologiyalarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasining

hamkorlik a’loqalari

             

Rossiya yog’-moy ilmiy-ishlab chiqarish instituti (Sankt-Peterburg sh.)

            

 

Toshkent kimyo texnologiya instituti   

 

 

 

 

Toshkent texnika universiteti

          

Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi

          

Buxoro muhandislik texnologiya instituti

 

 

Namangan muhandislik instituti

            

 

Nukus agrar universiteti

          

 

Jizzax politexnika instituti

Kafedra tarkibi

1.       

Davlatov Rasul

Kafedra mudiri, t.f.n., dotsent

2.       

A.Karimqulov

b.f.d., dotsent v.b.

3.       

K. Sattorov

t.f.n.,  katta o’qituvchi

4.       

T. Kamolov

k.f.n.,  katta o’qituvchi

5.       

A.Ro`ziboyev

t.f.n.,  katta o’qituvchi

6.       

T. Primov

O’qituvchi

7.       

A.Uzaydullayev

O’qituvchi

8.       

Sh. O`ktamov

O’qituvchi

9.       

S. Kuzibekov

O’qituvchi

10.   

A.Nurmuhamedov

O’qituvchi

11.   

M. Mamatqulova

O’qituvchi

12.   

G. To`xtamishova

O’qituvchi

13.   

D. Muxammadova

O’qituvchi

Kafedra manzili: Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, 2-qavat 244-xona, “Oziq-ovqat texnologiyalari”  kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-mail: Oziq-ovqat texnologiyalari-guldu@umail.uz

418 | 2017-12-29 13:15
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018