Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

kafedralar/ingliz-tili.jpg

Ingliz tili va adabiyoti: Hamdamov Erkin 

Qabul vaqti: Xar kuni soat 8-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (+99897)2245958 

E-mail: 

KAFEDRA TARIXI

Chet tillar kafedrasi Sirdaryo davlat pedagogika instituti qoshida, 1967-yilda tashkil etilgan. Bu davrda kafedraga Galin Igor Anatolyevich mudirlik qilgan, fakultet dekani sifatida Sultanov Erkin faoliyat yuritgan. 1968-yilda kafedra ikkita chet tillar kafedrasiga bo’lingan.

1975-1986-yillar mobaynida kafedraga Egamova Yanglish Egamovna mudirlik qilgan. 1980-yilda ikki kafedra birlashtiriladi va kafedra mudiri etib Tojiyev Xonimqul Tojiyevich tayinlanadi.

1967-yildan 2006-yilga qadar kafedraning 4 a’zosi nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan:

1. Egamova Ya.

2. Tojiyev X.

3. Mamajonov O.

4. Davurbayev O.

2004-2011-yillarda kafedraga Ten Emma Vladimirovna mudirlik qilib keldi.

Kafedra a’zolari tomonidan 150 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Kadrar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boradi.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ixtisoslashgan kafedra bo’lib, ushbu kafedrada tahsil olgan talabalarga davlat imtihonlari natijalariga ko’ra  Ingliz filologiyasi bakalavri darajasi beriladi.

2014-yilning oktabr oyidan buyon kafedrani Urazbayev Hikmatullo Ismatullaevich boshqarib kelmoqda.

KAFEDRA ILMIY FAOLIYATI

Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi: “Innovatsion texnologiyalar asosida beriladigan kommunikativ ta’limning uzviyligi”. Ushbu mavzu asosida keltirib chiqarilgan g’oya va yechimlar kafedra tomonidan ta’lim jarayoniga tadbiq etib kelmoqda. Bugungi kunda va har doimgidek bizning jamiyatimiz eng dolzarb va murakkab muammolarga yechimlar topa oladigan malakali kadralrga ehtiyoj sezadi. Zamonamiz ilm-fanining yetuk namoyondalari erishgan yutuqlar, ularning g’oyalari kafedra o’qituvchilari tomonidan o’rganilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.   Hozirgi vaqtda til o’qitishga oid masalalarning ko’lami tobora kengayib bormoqda.  Inson faoliyatining turli jabhalarida borayotgan o’zgarishlar filolog mutaxassislarni chet tillarining turli xil ko’rinishda namoyon bo’lishi bilan yuzma-yuz qilmoqda. Tilshunoslikka oid ba’zi muammolarning yechimini topish maqsadida boshqa sohalar bilan va boshqa oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda ishlashga undamoqda. Kafedra O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Gyote instituti va Britaniya Kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Kafedra qoshida o’quv materiallari, shuningdek, chet til o’qitish metodikasi va pedagogik texnologiyalarga oid yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan kichik kutubxona tashkil qilingan.

Kutubxonada mavjud bo’lgan deyarli barcha o’quv qo’llanmalar kompakt disklarga yozilgan ovozli yozuvlarga ega.  Kafedra shuningdek kerakli jihozlar bilan ta’minlangan audio-video xonasiga ham ega.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar talabalarni mustaqil ijod qilishga birlashtiradi, bu esa o’z navbatida, zamonaviy mutaxassisning chet tilida muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kafedra shu bilan birga darsliklarning, o’quv qo’llanmalarning va uslubiy ishlanmalarning elektron namunalari joylashtirilgan kompyuter xonasi bilan jihozlangan. Kompyuter xonasidagi barcha kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan. Yuqori bosqich talabalari o’z bitiruv malakaviy ishlarini yozish mobaynida elektron manbalardan va kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega.  Dotsent Tojiyev Xonimqul “Yosh olimlar” maktabiga va kichik maktabga rahbarlik qiladi. Kichik maktab a’zolari o’z faoliyatlari davomida Navoiy stipendiatlari bo’lishmoqda.

Kafedra a’zolari muntazam izlanishda bo’lib, malaka oshirish kurslarida ishtirok etib o’z ilmiy salohiyatini va pedagogik mahoratini oshirib kelishmoqda. Xususan kafedra mudiri H. Urazbaev 2013- yilda Buyuk Britaniyaning Norvich Til o’qitish institutida malaka oshirib kelgan, 2015-2016 -yillarda Sheffield Hallam Universitetida Ingliz tilini o`zga tilda so’zlashuvchilarga o`qitish (MA TESOL) magistri darajasini olib qaytdi.

2008 -yilda katta o’qituvchi Xatamova S.M., o’qituvchilardan Tojiboyeva Sh. va Mamatova M. lar Germaniyada malakasini oshirb qaytdilar. Kafedra a’zolarining barchasi ilmiy-amaliy anjumanlarda va seminarlarda faol ishtirok etishadi.

Kafedra a’zolarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalangan holda ta’limni tashkil qilishni o’rgatish maqsadida  muntazam ravishda seminar treninglar tashkil etiladi. Seminarlarni malaka oshirish kurslarini o’tagan malakali o’qituvchilar va Britaniya Kengashi vakillari olib boradilar.

Rossiya Federatsiyasidan doimiy ravishda keltiriladigan “ ” jurnali va Ingliz tilida nashr qilinadigan “Moscow News” gazetasi kafedraga dunyoda sodir bo’layotgan yangiliklardan, chet ellar madaniyati bilan doimiy tanishib borish va shu tariqa talabalarning dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini beradi.

Kafedra viloyat kollejlari va akademik litseylari chet tili o’qituvchilari bilan muntazam aloqada bo’lib turadi. Reja asosida ushbu kollej va akademik litseylar bilan hamkorlikda seminarlar va konferensiyalar tashkil qilinadi.

2016-2017-o`quv yilida kafedra professor o`qituvchilari tomonidan 15 dan ortiq zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablari asosidagi o`quv-uslubiy majmualar tayyorlandi va ulardan o`quv jarayonida samarali foydalanilomoqda.

Kafedra ishchan, istiqbolli ilmiy salohiyatga ega yosh xodimlardan tashkil topgan. 

Kafedrada 2 ta to`garak, 1 ta kichik maktab faoliyat yuritadi. Kafedra talabalaridan iqtidorlilaridan ushbu to`garak va kichik maktabga jalb qilingan bo`lib, o`z ishlarini tadiqlangan maxsus reja asosida olib borishadi. Shuningdek, har bir professor o`qituvchiga 2 tadan iqtidorli talaba biriktirilgan, maxsus rejalari ishlab chiqilgan.

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

Kafedra Buyuk Britaniyaning Sheffield Hallam Universiteti, Germaniyaning Gyote Instituti, Buyuk Britaniyaning Britaniya Kengashi tashkiloti va O’zDJTU qoshidagi chet tillarni o`qitishning innovatstion metodikalarini rivojlantirish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

 

 

KAFEDRA TARKIBI

 

1

Urazbayev Hikmatullo

Kafedra  mudiri

2

Tojiev Xonimqul

Dotsent

3

Xatamova Salomat

Katta o`qituvchi

4

Tilavoldiev Otabek

Katta o`qituvchi

5

Rashidov Ashurali 

Katta o`qituvchi

6

Tojiboyeva Shoxsanam

O`qituvchi

7

Normamatova Dilfuza

O`qituvchi

8

Alieva Ayshe 

O`qituvchi

9

Bazarova Saida

O`qituvchi

10

Fozilov Mirvohid

O`qituvchi

11

Bozorova Lobar

O`qituvchi

12

Quziyev Shavkat

O`qituvchi

13

Hakimova Shoxista

O`qituvchi

14

Sultonov Bekzod

O`qituvchi

15

Ahmedov Rafael

O`qituvchi

16

Dushaeva Sohiba

O`qituvchi

17

Nasriddinov Dilshod

O`qituvchi

18

Rahmonova Kamola

O`qituvchi

19

Hudoybergenova Nodira

O`qituvchi

Kafedra manzili: Guliston shahri, 4 – mavze, Guliston davlat universiteti bosh binosi, 3-qavat, 313 xona, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi

 

1090 | 2017-12-29 13:02
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish