O'zbek tilshunosligi kafedrasi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
O'zbek tilshunosligi kafedrasi

Kafedra mudiri: Abdullayev Jumanazar Xudoyberdiyevich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (seshanba va shanbadan tashqari)

Telefon (+998972452137)

E-mail: jumanazar_abdullayev56@.mail.com

 

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr tayyorlaydi:

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili);

5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti.

Kafedrada quyidagi mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistr tayyorlaydi:

5A120102 – Lingvistika (o‘zbek tili).

 

“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi tarixi

“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi Sirdaryo viloyatida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi yagona kafedra hisoblanib, unda 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili),  5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 5A120102 – Lingvistika(O‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dastlab “O‘zbek va qozoq filologiyasi” nomi bilan 1966-yilda tashkil etilgan. Bir yildan so‘ng 1967-yilda kafedra alohida-alohida “O‘zbek tilshunosligi” va “O‘zbek adabiyoti” kafedrasiga ajralgan holda faoliyat yurita boshladi.

“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi 1967-yilda tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ikrom Suyarov bo‘lgan. Keyingi yillarda kafedraga professor Xudoyberdi Doniyorov, dotsent Qarshiboy Samadov, dotsent Bo‘riboy Hasanov, dotsent Abdujabbor Doniyorov, dotsent Bosim To‘ychiboyev, dotsent Jumanazar Abdullayev, dotsent Izzatoy Pardayeva va dotsent Sultonbek Normamatovlar rahbarlik qilishgan. Professor-o‘qituvchilar kafedraning “Xalq tili va adabiy til munosabati muammolari” nomli bosh ilmiy mavzusi bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.

301 | 2021-02-24 15:49

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021