Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Buvijonim kiygan liboslar (video)
162 | 2021-02-26 16:17 | Batafsil
"Ijodkor yoshlar" haftaligining toʻrtinchi kuni.
Guliston davlat universitetida “Ijodkor yoshlar” klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ijodkor yoshlar haftaligi" doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini o‘tkazildi. Tadbirni klub bosh koordinatori Temur Abdullayev, koordinatorlar Usmonxoʻjayev Jamshidxoʻja, Samandar Sariboyevlar oʻtkazishdi. "Zakovat" intellektual turnirida 7 ta jamoa ichida gʻoliblikni Pedagogika fakulteti talabalaridan iborat "Bilimdonlar" jamoasi qoʻlga kiritdi.   ⚡️Biz bilan qoling 😊   👉 @Ijodkor_yoshlar_klubi
134 | 2021-02-26 09:34 | Batafsil
Axborot soatlari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlikning 2017-yil 23-avgustdagi 600-sonli buyrug‘i asosida Universitetda “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari tashkil etilgan. “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari haftaning seshanba-payshanba kunlari 2-yoki 3-juftlik  o‘tiladi. “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari vazirlik tomonidan belgilangan mavzular asosida talabalarga yetkaziladi. Buyruq 600-1 Buyruq 600-2
57 | 2021-02-24 18:48 | Batafsil
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagishlandi
2021-yil 13-fevral kuni Guliston davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet tashabbusi bilan Z.M.Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Z.Zikriyaev olib bordi. Tadbirda GulDU professori R.Mahmudov, universitet Yoshlar bilan ishlar bo’yicha prorektori F.Niyazov, Miliy g’oya kafedrasi mudiri Sh.Kenjaev, katta o’qituvchi B.G’ofurovlar Bobur ijodi yuzasidan so’zga chiqishdi. Tadbirning ikkinchi qismida fakultetning faol talbalari tomonidan Bobur ijodidan g’azallar va sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbir yakunida Bobur hayoti va faoliyatiga doir ijodiy ishlar musabaqasi sovrindorlari taqdirlanishdi.
303 | 2021-02-14 15:27 | Batafsil
Guliston davlat universiteti Murabbiylar Kengashi faoliyati to'g'risida
Universitetda guruh murabbiylarining faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Murabbiylar Kengashi tuzilgan.  Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan 8ta fakultetda jami 322 ta guruhlar mavjud bo’lib, mazkur guruhlarga universitet rektorining buyrug’i bilan murabbiylar biriktirilgan. Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet rektori tomonidan 2021-yil 14-yanvarda tasdiqlangan “Murabbiylar Kengashi to’g’risidagi Nizom” hamda 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi asosida olib borilmoqda. Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet Kengashi yig’ilishlarida reja asosida muhokama qilib boriladi.
2432 | 2019-03-14 16:25 | Batafsil

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021