Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet dekani Z.Zikriyayev bilan birgalikda fakultet talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning turar joylariga tashrif buyurdi.
Har bir xonadon guruh murabbiylari hamrohligida sinchiklab o‘rganildi. O‘rganish jarayonida guruh murabbiylari U.Mirzaliyev, E.Qurbonov, R.Ne’matovlarga ijaradagi turar-joylarning holati, mavjud sharoitlarga ko‘ra qizil, sariq va yashil ranglarga ajratish, ehtiyojmand talabalarga krovat, kitob javoni, yozuv stol-stullari bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tal…