Tuproqshunoslik kafedrasi

Kafedra mudiri: O'razboyev Ismatullo

Qabul kunlari: Xar kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (+99891)6210449

E-mail: i.urazboyev57@umail.uz

 

 Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: «Mirzacho’l voxasi tuproqlarining unumdorligini oshirish»

«Tuproqshunoslik » kafedrasi tarixi kafedralar/tuproqshunoslik-kafedrasi.jpg

 Kafedra 1994 yil Botanika va qishloq xo’jaligi kafedrasi negizida “Qishloq xo’jalik asoslari” kafedrasi nomi bilan tashkil topildi.

Kafedraga 2011–2012 o’quv yilida “Kasbiy ta’lim” yo’nalishiga abiturientlar qabul qilinishi munosabati bilan «Qishloq xo’jaligi asoslari» kafedrasi “Kasbiy ta’lim” kafedrasi va hozirgi vaqtda  “Tuproqshunoslik” kafedrasi deb yuritiladi.

Kafedrani 1994-1995 va 1999-2003 yillarda b.f.n. dots I.O’rozboev, 1995-1999 yillarda q.x.f.n. dots A.Altmishev, 2003-2007 yillarda dots.Sh.Turdimetov xamda 2007 yildan boshlab t.f.n. dots. N.B.Japaqov boshqarib kemoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 14 ta professor-o’qituvchilar va xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 tasi fan doktori, 5 tasi fan nomzodi va dotsentlar, 3 ta katta o’qituvchi, 4 nafar o’qituvchilar, 1 nafar kabinet mudiri va 1 nafar laborant xodimlardir. Kafedraning ilmiy saloxiyati 53 % ni tashkil etadi.

Kafedrada professor-o’qituvchilardan q.f.d. R.Qurvontoev, b.f.d. I.O’rozboev dots.N.B.Japaqov, dots. Sh.Turdimetov, dots. A.Altmishev, dots.O’.Toshbekov,  q.x.f.n. G.Mirsharipova, katta o’qituvchilar A.Musurmonov, B.Xolboev, I.Raxmonov, o’qituvchilar Sh.Botirov. S.To’xtamishev D.Kim lar faoliyat yuritmoqdalar.

 Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedrada professor-o’qituvchilardan q.f.d. R.Qurvontoev, b.f.d. I.O’rozboev dots.N.B.Japaqov, dots. Sh.Turdimetov, dots. A.Altmishev, dots.O’.Toshbekov,  q.x.f.n. G.Mirsharipova, katta o’qituvchilar A.Musurmonov, B.Xolboev, I.Raxmonov, o’qituvchilar Sh.Botirov. S.To’xtamishev D.Kim lar kafedra talabalariga dars berib kelmoqdalar.

Kafedrada 2 ta laboratoriya xonalari mavjud bo’lib ular zamonaviy laboratoriya jixozlari va komyuterlar bilan ta’minlangan.

 

Kafedra qoshida dots. O’.Toshbekov, hamda q.x.f.n. G.Mirsharipovalar boshchiligida “Agronom” va “Tuproqshunos” kabi to’garaklar faoliyat ko’rsatadi. “Kasb ta’limi (Agronomiya)”, “Agronomiya (Anorchilik)” “Tuproqshunoslik” yo’nalishlari talabalari o’g’il-qizlari ushbu to’garaklarga jalb qilingan.

Kafedra ko’pgina OO’Yu bilan yaqindan ilmiy hamkorlik qilib kelishmoqda.

2017 yil 29 Noyabr oyida “O’zdavyergeodezkadastr” Davlat qo’mitasi  “Tuproqshunoslik va  agrokimyo” ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy Kengashida 03.00.13-Tuproqshunoslik  ixtisosligi bo’yicha “Sug’oriladigan bo’z tuproqlar qoplami strukturasi va ularning unumdorligini baholash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va biologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi.

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Mirzacho’l vohasi tuproqlarini unumdorligini saqlash, tiklash va muxofaza qilish” bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

dots. N.B.Japaqov -“Yer osti suvlaridan qishloq ho’jaligi ekinlarini sug’orishda tuproqning meliorativ holatiga ta’sirini o’rganish” muammosi bo’yicha ish olib bormoqda.

b.f.d. I.O’rozboev -“G’o’za ekiladigan maydon tuproqlarini unumdorligini agroekollogik shaoritlarini hisobga olgan xolda baholash” ni ishlab chiqqan.

dots. O’.Toshbekov -Tuproqning ikkilamchi sho’rlanish sabablari va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo’yicha yetakchi mutaxasis “Sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini o’simlik resurslari yordamida pasaytirish texnologiyasi” ni ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan.

dots. A.Altmishev – G’o’zani kollektor-zovur suvi bilan sug’orishda “Tuproq- o’simlik” tizimida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish muammosi bo’yicha ish olib borayotgan etuk mutahasis. Bir necha o’quv –uslubiy qo’llanmalar muallifi.

dots. Sh.Turdimetov – Mirzacho’l  tuproqlarining evolutsiyasi va unumdorligi bo’yicha izlanishlar olib bormoqda.

q.x.f.n. G.Mirsharipova –Mirzacho’l sharoitida dukkakli ekinlarni etishtiirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga ta’sirini o’rganish bo’yicha izlanishlar olib bormaoqda.

Katta o’qituvchi A.Musurmonov –“Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar unumdorligini kam ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish orqali amalga oshirish” bo’yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Katta o’qituvchi B.Xolboev –“Sug’oriladigan tuproqlarning kimyoviy xossalarini yaxshilash orqali ekinlar hosildorlinini oshirishga doir texnologik echimlarni ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda

Katta o’qituvchi I.Raxmonov –“Sirdaryo viloyati sho’rlangan tuproqlari sharoitida anor yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda

o’qituvchi. Sh.Botirov –G’o’zani kollektor-zovur suvi bilan sug’organda “Tuproq-o’simlik” tizimida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganish mavzusida izlanishlar olib bormoqda

o’qituvchi S.To’xtamishev –“Paxta dalalaridagi sho’r dog’li erlarning meliorativ xolatini yaxshilash” bo’yicha tadqiqot olib bormoqda

o’qituvchi D.Kim –“Pomidor va poliz ekinlarining turli xil navlarini yaratish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Har bir yangi o’quv yili uchun talim tizimini rivojlantirishda professor o’qituvchilar tomonidan mutaxasislik fanlariga doir o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda va masofali o’qitish uchun ta’lim portaliga joylashtirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Respublika va Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlari materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o’quv-uslubiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topmoqda.

Dots. Sh.Turdimetov tomonidan hamkorlikda yaratilgan “O’zbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi” va “Tuproq bonitrovkasi va xaritalash” nomli darsliklari O’zbekiston Respublikasi Muvofiqlashtirish kengashidan o’tkazilgan bo’lib Oliy o’quv yurti talabalariga darslik sifatida tavsiya qilinib, chop etildi.

 Kafedraning ilmiy –tadqiqot insitutlari va OO’Yu lar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari

O’zMU Biologiya fakulteti

“O’zRErgeodezkadastr” DQ TAITDI

Toshkent davlat Agrar Universiteti

Samarqand qishloq xo’jalik insituti

GulDU Tuproqshunoslik kafedrasi

Viloyat Er resurslari va davlat kadastr boshqarmasi

O’zPITI Sirdaryo viloyat bo’limi

Toshkent davlat Pedogogika universiteti

Samarqand davlat universiteti

 

Tabiiy fanlar fakul’teti

“Tuproqshunoslik” kafedrasi professor-o’qituvchilari va hodimlarining tarkibi

 

F.I.SH

Lavozimi

1

Urazbayev Ismatullo

Q.f.n.d, Kafedra mudiri

2

Japaqov Norboy  Bo’riboyevich

T.f.n.d  dotsent

3

Qurvontoev Raxmonjon

Q.h.f.doktori

4

Altmishev  Adil Sherqulovich

t.f.n. dotsent

5

Toshbekov O‘ktam

Q.h.f.n.dotsent

6

Turdimetov SHaxobiddin

B.f.n. dotsent

7

Mirsharipova  Guljaxon

Q.h.f.n. katta o‘qituvchi

8

Xolboev Baxrom

Katta o‘qituvchi

9

Raxmonov Ikrom

Katta o‘qituvchi

10

Kim Dmitriy

O‘qituvchi

11

To‘xtamishev  Sardor

O‘qituvchi

12

Botirov SHovkat

O‘qituvchi

13

Musurmonov  Alisher

O‘qituvchi

14

Abduraxmonov Ilxom

Kabinet mudiri

15

Ismoilova Dildora

laboratory assistent

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, 5-qavat 522-xona, “Tuproqshunoslik” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-48-61

E-Mail: tuproqshunos-guldu@umail.uz

Kafedraning ilmiy –tadqiqot insitutlari va OO’Yu lar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari

O’zMU Biologiya fakulteti

“O’zRErgeodezkadastr” DQ TAITDI

Toshkent davlat Agrar Universiteti

Samarqand qishloq xo’jalik insituti

GulDU Tuproqshunoslik kafedrasi

Viloyat Er resurslari va davlat kadastr boshqarmasi

O’zPITI Sirdaryo viloyat bo’limi

Toshkent davlat Pedogogika universiteti

Samarqand davlat universiteti

 

Tabiiy fanlar fakul’teti

“Tuproqshunoslik” kafedrasi professor-o’qituvchilari va hodimlarining tarkibi

 

 

573 | 2017-12-29 12:59
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish