O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti

O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti

Boshlang’ich tashkilotning yoshlar yetakchisi: Zikriyayev Zokir Mamirovich

Qabul vaqti: Har kuni soat 9:00-17:00

Telefon: 0367 225 03 50

E-mail: Zikriyaev1988@umail.uz

 

Boshlang’ich tashkilotning yoshlar yetakchisining o’rinbosari: Almenov Avesxon Aliboy o’g’li

Qabul vaqti: Har kuni soat 9:00-17:00

Telefon: 0367 225 03 50

E-mail: Almenov1991@umail.uz

Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamolot” YoIHning 2017- yil 30- iyun kunidagi IV qurultoyi qaroriga asosan tashkil etilgan. O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkiloti 2017- yil 4- sentyabr kunidagi boshlang’ich tashkilotning 1-sonli ta’sis yig’ilishida tashkil etilgan hamda ittifoqning Guliston shahar Kengashi tomonidan ro’yxatga olinib, G01258 sonli guvohnoma berilgan.

 

Ittifoqning asosiy maqsadi: 

Yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari: 

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o’zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g’urur va o’zlikni anglash, ro’y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg’unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko’maklashish va boshqalar.

Yoshlar iitfoqiga a’zolikka qabul qilish

  1. Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Ustavda belgilangan tartibda a’zo bo’lish mumkin.
    2. Ittifoqning maqsadini qo’llab-quvvatlash istagini bildirgan,
    14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari va O’zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo’lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo’lishi mumkin.
    3. Ittifoqning jismoniy shaxs bo’lgan a’zosi Ittifoqning rahbar organlariga saylangan taqdirda unga nisbatan ushbu Ustavning 4.2. bandida ko’zda tutilgan yoshga oid cheklov qo’llanilmaydi.
    4. Jismoniy shaxslarni Ittifoqqa a’zolikka qabul qilish va chiqish Ittifoq boshlang’ich tashkilotining Umumiy yig’ilishi tomonidan, shuningdek boshlang’ich tashkilot Kengashining yig’ilishi (boshlang’ich tashkilotda Kengash shakllantirilgan taqdirda) tomonidan amalga oshiriladi.
    5. Jismoniy shaxslarni Boshlang’ich tashkilot tegishli rahbar organining a’zolikka qabul qilish va chiqish to’g’risidagi qarori yakuniy hisoblanadi va Ittifoqning yuqori organlari tomonidan tasdiqlanishi talab qilinmaydi.
    6. Yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa yuridik shaxslar Ittifoqqa a’zo bo’lishi mumkin.
    Yuridik va jismoniy shaxslar Ittifoqqa a’zolikka qabul qilinishi uchun tegishli mazmundagi arizani taqdim etadilar.
    7. Yuridik shaxslar Ittifoq a’zoligiga Ittifoqning mahalliy yoki hududiy kengashlari yig’ilishi qarori asosida qabul qilinadi va chiqariladi.
    8. Jismoniy shaxslarning Ittifoqqa a’zoligi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
    – Ittifoq a’zosi arizasiga ko’ra;
    – Ittifoq a’zosining yoshi 30 yoshdan oshgach (Ittifoqning saylanadigan organlariga saylangan shaxslar bundan istisno);
    – Ittifoq a’zosi tomonidan ushbu Ustavga va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilganda;
    – Ittifoqning faoliyati tugatilganda.
    9. Jismoniy shaxslarni Ittifoq a’zoligidan chiqarish to’g’risidagi qaror boshlang’ich tashkilotning Umumiy yig’ilishi yoki boshlang’ich tashkilot Kengashi tomonidan qabul qilinadi.

 img-9870.JPG

 

001.JPG

Ittifoq a’zolarining huquqlari:

– umumiy yig’ilishlar, konferensiyalar, Qurultoy, Ittifoqning rahbar organlari yig’ilishlari va Ittifoqning bosma davriy nashrlarida masalalarni muhokama qilish chog’ida o’z fikrini erkin ifoda etish;
– shaxsan yoki o’z vakili orqali Ittifoqning saylanadigan organlari qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– Ittifoqning saylanadigan rahbar organlari va nazorat-taftish organlariga saylash va saylanish;
– Ittifoq organlari faoliyati to’g’risida ma’lumotlar olish, o’zlariga taalluqli bo’lgan masalalarni muhokama qilishda Ittifoq organlari faoliyatida ishtirok etish va fikr bildirish;
– Ittifoq faoliyatida Ustav va Dastur doirasida ishtirok etish, Ittifoqning har qanday rahbar organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish.

Ittifoq a’zolarining asosiy majburiyatlari:
– Ittifoqning Ustav maqsadlarini amalga oshirishda qatnashish;
– yoshlar o’rtasida va jamiyatda Ittifoqning ta’siri va nufuzini oshirish;
– Ittifoq rahbar organlari, boshlang’ich tashkilotlarning umumiy yig’ilishlari, shuningdek, Kengashi yig’ilishlari qarorlarini bajarish;
– Ittifoqning boshlang’ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashish.

Boshlang’ich tashkilot tomonidan tashkil etilgan to’garak va klublar

ą

FISh

Lavozimi

Loyiha nomi

1

Fayzullayev O’rol

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 2-kurs talabasi

“Tafakkur” intelektual o’yini

2

Zulfiqorova Aziza

Filologiya fakulteti          3-kurs talabasi

Munozara klubi

3

Rozikova Gulcharos

Filologiya fakulteti          4-kurs talabasi

To’pla tanla qo’lla intelektual o’yini

4

Anvarova Shoxsanam

Filologiya fakulteti          2-kurs talabasi

Idea exchange klubi

5

Almenov Avesxon

Filologiya fakulteti          4-kurs talabasi

Chet tillari to’garagi

6

Qayumova Shoxsanam

Pedagogika fakulteti         3-kurs talabasi

Kitobxonlik madniyatini oshirish

7

Abdullayev Botir

Fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabasi

Web-sayt yaratish

8

Jozilova Rushana

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 3-kurs talabasi

O’zbek tili bilag’oni to’garagi

9

Alibayeva Aziza

Pedagogika fakulteti        3-kurs talabasi

Adolat ko’zgusi klubi

10

Islomova Laylo

Filologiya fakulteti          1-kurs talabasi

“Drama” to’garagi

11

Ismoilova Barno

Filologiya fakulteti         3-kurs talabasi

Qizlar klubi

12

Zikriyayev Faxriddin

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 3-kurs talabasi

Uyushmagan yoshlar o’rtasida “Master klass” loyihasi

13

Ergasheva Maxliyo

Filologiya fakulteti         1-kurs talabasi

“Ekoturizm” loyihasi

14

Haydarova Kamola

Pedagogika fakulteti        3-kurs talabasi

Iqtidorli talabalar klubi

15

Jo’raqulova Odina

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 2-kurs talabasi

Media markaz

16

Raxmatova Mohista

Fizika-matematika fakul’teti

4-bosqich talabasi

Tikuvchilik va dizaynerlik to’garagi

17

Norova Lola

Pedagogika fakulteti         3-kurs talabasi

GulDU taronalari klubi

18

Mamanazarova Aziza

Pedagogika fakulteti        3-kurs talabasi

Turizmni rivojlantirish klubi

19

Iskandarov Mirza

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 4-kurs talabasi

ZakovatQ klubi

20

Orziqulova Olima

Pedagogika fakulteti        1-kurs

Bilimdon to’garagi

21

Zulfiqorova Aziza

Filologiya fakulteti         3-kurs talabasi

Yoshlar nigohi to’garagi

 

Yoshlar ittifoqiga Davlat tomonidan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar

2017- yil 30- iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi IV qurultoyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taklifiga binoan “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” tuzildi. O’z navbatida 2017 -yil 5- iyul kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli Prezident farmoni imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol avlodni voyaga yetakazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aniq chora-tadbirlar tuzilgan.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30- iyun sanasi yurtimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinishi ham mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim o’rin egalladi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 18- iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138 sonli qarori imzolandi.

Yana bir quvonchli xabar mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizga munosib bo’lgan, mardlik va jasorat, qat’iyyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fao’ilatlarga ega mard o’g’lonlarimizni tarbiyalash hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21- noyabrdagi “Mard o’g’lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3402 sonli qarori imzolandi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 23- sentyabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi ą 753-sonli qarori, 2017- yil 12- oktyabrdagi “Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman Kengashlari raislarini va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlarini moddiy rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” ą 818-sonli Qaroriga asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini 10 yilgacha, dastlabki badal summasi avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi miqdorida berilishini alohida ta’kidlab o’tish joiz.

Bu kabi imtiyozlardan yana biri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to’g’risida”gi ą 914-sonli Qarori yurtimiz yoshlari hayotida chinakkam quvonchli hushxabar bo’ldi.

719 | 2017-12-26 18:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish