Sirdaryo tumanidagi 41-maktabda 41 nafar tajribali ustozlar 696 nafar o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishadi. Shundan 1 nafari oliy toifali, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Raim Karimov, 8 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali o’qituvchilardir.Mazkur maktab o’quvchilari “Sirdaryo bilimdonlari” tanlovida matematika, biologiya, kimyo, rus tili, chet tili fanlaridan 1-2-3 o’rinlarni oldilar. Shu sababdan o’quvchilarni maktab direktori o’zi o’qigan universitetga sayohatga olib keldib, o’quvchilarda kasbgu yo’naltirilgan targ’ibotni tashkil qildi. O’quvchilar Guliston davlat universiteti madaniyat saroyi, sport zallari, fizika, biologiya labaratoriyalari, Axborot resurs markazi bilan tanishdilar. Ular…