Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida “Akram Kattabekov – adabiyotshunos olim” mavzusida ilmiy-adabiy tadbir bo’lib o’tdi. Akram Kattabekov 1966 yilda Toshkent davlat universiteti Filologiya fakultetini bitirib, Sirdaryo pedagogika institutiga ishga kelib o’qituvchilikdan prorektorlikkacha bo’lgan sharafli yo’lni bosib o’tganligini, filologiya fanlari doktori, professor darajasiga erishganligini so’zga chiqqan pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo’ldoshev, professor Ravshanbek Mahmudov, dotsentlar Murodilla Mirzaev, Habibulla Abdukarimov, Mustafo Boyeshonov, Qobiljon Kubaev, katta o’qituvchi Omon Suvonovlar o’z nutqlarida qayta-qayta ta’kidladilar. Akram Kattabekov katta adabiyot…