2019-yil 21-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o’ttiz yilligiga bag’ishlab buyuk mutafakkir va shoir, o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.Marosimda universitet rektori M.T.Xodjiev, prorektorlar F.Sharipov, F.Niyazov, A.Sulaymonov, Matbuot kotibi, professor R.Mahmudov, “Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri M.Pardaev, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar, talabalar, jami 75 nafar ishtirokchilar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yishdi.