2019 yilning 12 fevral kuni universitetning “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi binosida respublika hamda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, xususan, respublika nashrlarining viloyat boʻyicha muxbirlari, viloyat, shahar, tuman gazetalari bosh muharrirlarining universitet rektori, professor M.T.Xodjiyev bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan koʻzda tutilgan asosiy maqsad viloyatda yagona hisoblangan Guliston davlat universitetida taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, bu borada amalga oshirilgan ishlar, galdagi vazifalar haqida batafsil maʼlumot olishdan iborat edi.
Markazning “Munozara klubi”da kechgan suhbat erkin muloqot tarzida, qizgʻin savol-javoblar negiziga qurildi. Universitet rektori M.Xodjiye…