Matbuot kotibi: Mahmudov Ravshan Jalilovich
Tel/Fax: (+998) 67-225-42-75
e-mail: shergdu@umail.uz
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 05.07.2018-yildagi №3775-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 17.07.2018-yildagi №625-sonli buyruqlariga asosan 2018-yilning 20-iyul sanasidan boshlab Guliston davlat universitetini Axborot xizmati tashkil etildi va axborot xizmati rahbari-Matbuot kotibi lavozimi joriy etildi.
Axborot xizmati Guliston davlat universiteti mustaqil tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi hamda bevosita universitet rektoriga bo’ysunadi.
Xizmat o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi (yangi tahriri)”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi va boshqa tegishli qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 125-sonli va boshqa qarorlari hamda farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlariga, GulDU Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Xizmat o’z faoliyatini GulDU tarkibiy bo’linmalari, fakultetlari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o’zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.