Rahbar va pedagog kadrlarini qisqa muddatli malakasini oshirish
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Rahbar va pedagog kadrlarini qisqa muddatli malakasini oshirish

Guliston davlat universiteti akademik litseyi rahbar va pedagog kadrlarini qisqa muddatli malakasini oshirish kurslarida olib borilgan o’quv mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumot

2018-yil 8-10-yanvar kunlari Guliston davlat universiteti akademik litseyi rahbar va pedagog kadrlarining qisqa muddatli malakasini oshirish seminari bo’lib o’tdi. Bunda Fizika kafedrasi dotsentlari M.Isroilov va G’.Samatovlar “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy- me’yoriy asoslari” mavzusida ma’ruza qildilar. Biologiya kafedrasi dotsenti L.Botirova  “Fanlarni o’qitishda ta’lim texnologiyalarining o’rni” mavzusida so’z yuritdi. Shuningdek, “Ekologiya va geografiya” kafedrasi professori H.Qarshiboev tomonidan tinglovchilar uchun “Ta’lim jarayonlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash” mavzusida mazmunli dars o’tildi.

Seminar bahs-munozara asosida qiziqarli o’tdi. Seminarda shu jumladan, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri H.O’rozboev “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish texnologiyasini tashkil etish” mavzusida, “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti O.Fayzullaeva “Ijtimoiy fanlarni o’qitishda ta’lim texnologiyalarining o’rni” haqida ma’lumot berishdi.  “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Yo.Nurumbekova “Ilg’or ta’lim-texnologiyalari va pedagogik mahorat” mavzusida noan’anaviy usulda dars o’tdi.

         Seminar taassurotlarga boy holatda qiziqarli va jonli taqdimotlar asosida o’tdi. Seminarda ishtirok etgan akademik litseyning fan o’qituvchilari o’quv-uslubiy materiallar, taqdimotlar va tarqatma materiallarning elektron variantlari bilan ta’minlandi.

                 Seminar ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan barcha ishlar AL va KHKlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov va akademik litseyning o’quv ishlari  tomonidan nazorat qilinib borildi. 

 

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

 

 

 

6781 | 2018-01-30 10:39

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021