Oqituvchi va oquvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar mavzusida seminar-trening bolib otdi.
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Oqituvchi va oquvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar mavzusida seminar-trening bolib otdi.

Guliston davlat universitetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda GulDU qoshidagi Akademik litsey bilan hamkorlikda 2021-yil 19–fevral kuni Akademik litseyda “O‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening 2-bosqichda olib borildi, 1-bosqich akademik litsey o‘quvchilari uchun “Mahorat darslari”, 2-bosqichda professor-o‘qituvchilar uchun “Master klass” o‘tkazildi.

Seminar-treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish, internetning axborot resurslarini tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, oqituvchilar uchun raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berishdan iborat.

Seminar-treningda GulDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.G.Sharipov, Axborot texnologiyalari fakulteti dekani A.A.Qalandarov, “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri S.I.Qulmamatov, kafedra professor-o‘qituvchilari, akademik litsey direktori Q.Mahmudov, akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni GulDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor- F.G.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi, so‘ngra Akademik litsey direktori Q.Mahmudov seminar-trening boyicha oz fikr – muloxazalarini bildirib otdi.

1-bosqichda akademik litsey o’quvchilari uchun “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan Z.T.Negmatulloev, D.B.Abdurahimov, S.P.Allayorov, J.D.Saidovlar akademik litsey ijtimoiy-gumanitar yonalishi 102-guruxda, A.N.Qudratov, M.B.Niyozov, U.A.Yuldashev, A.A.Taniberdiyevlar aniq fanlar yonalashi 112-guruhda “Mahorat darslari”ni o‘tkazishdi.

2-bosqichda akademik litsey o‘qituvchilari uchun GulDU Axborot texnologiyalari fakulteti dekani A.A.Qalandarov “Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdagi muammo va yechimlar” mavzusida va “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri S.I.Qulmamatov Uzluksiz ta’lim tizimida fanlarning integratsiyasi” mavzusida “Master klas” o‘tkazdilar.

Seminar-trening universitet hamda akademik litseyi professor-o‘qituvchilari bilan ochiq-muloqot shaklida davom ettirilib, kelgusidagi rejalar hakida fikr yuritildi.

O‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

106 | 2021-02-22 09:06

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021