EHTIYOJ FARZANDI
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
EHTIYOJ FARZANDI

Abdulla Oripovning 80 yilligiga

Abdulla Oripov – o‘zbek she’riyatiga o‘ziga xos katta hissa qo‘shgan iqtidorli, iste’dodli shoir. Abdulla Oripov inson ruhiyatini tez sezadigan uning kechinmalarini she’rga sola biladigan ijodkor. She’r – aql, idrok his-tuyg’u farzandi. Shoirlik Xudodan, ilohiy tuyg’uning mujassamlashishidan, uning ta’sir kuchini kuchliligini sezishdan, idrok qilishdan va ko’ngilga, yurakdagi tuyg’ularni qog’ozga tushira bilishdir. Abdulla Oripovning bu jihatdan olganda boshqalardan ajralib turadigan hislati tevarak-atrofidagi go’zallikni, voqea-hodisalarni tez ilg’ay olish qobiliyati ustunligida va har qanday oddiy voqea-hodisaga falsafiy g’oya, mazmun yuklay olish qobiliyati kuchliligidir.

Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli Neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Oilasida to’rt o’g’il to’rt qiz bo’lgan. Abdulla Oripov o’g’illarning kenjasi. Otasi Orif bobo ko’pni ko’rgan, hayot tajribasiga ega, ko’pga ezgulik ulashib el o’rtasida katta hurmat e’tibor topgan inson edi. Abdulla Oripov tug’ilgan Neko’z qishlog’ining shundoqqina tepasida taxminan uch-to’rt chaqirim narida Qo’ng’irtov “mana man” deb turgan. Archazorlar, keng dalalar, yosh Abdulla Oripovga ilhom bergan bo’lsa ajab emas. 1958 yilda maktabni oltin medal bilan tugatib Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) o’zbek filologiyasi fakulteti jurnalistika bo’limiga o’qishga kiradi. 1958 yildan Abdulla Oripov hayoti Toshkent bilan bog’langan. “Yosh gvardiya”, G’afur G’ulom nomidagi  Adabiyot va san’at nashriyotida, “Sharq yulduzi” jurnalida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo’limi kotibi, “Gulxan” jurnali bosh muharriri, 1985 yildan 2009 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, raisi vazifalarida faoliyat ko’rsatgan. O’n yil Oliy Majlis deputati, senatori kabi vazifalarda ishlagan.

Abdulla Oripov ijodi – o’quvchilik yillarida boshlangan. Universitetda o’qib yurgan kezlari ijodi barq urdi. 1965 yilda ilk “Mitti yulduz” to’plami xalq shoiri Mirtemir muharrirligida besh ming nusxada chop etiladi. Shuningdek, 1967 yilda “Ko’zlarim yo’lingda”, 1969 yilda “Onajon”, 1971 yilda “Ruhim”, 1972 yilda “O’zbekiston” qasidasi, 1974 yilda “Xotirot”, “Yurtim shamoli”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1984), “Yillar armoni” (1984), “Ehtiyoj farzandi” (1988), “Ishonch ko’prigi” (1989), “Munojot” (1992), “Haj daftari” (1995), “Saylanma” (1996), “Dunyo” (1995), “Qush tili” (1991), “Ibodat” (1996), “Savob” (1997), “Jannatga yo’l” (2020) kabi ko’plab asarlari chop etilgan.

She’r – qalbning, yurakning yolqini deyiladi. Chin shoirning har bir she’ri kitobxonga adolat, ezgulik, insoniylik, hayotning ma’nosi nima ekanligini teran tushuntiradi, vijdoni doimo toza, uyg’oq bo’lishini ta’minlanishiga chorlaydi.

“Shoir sifatida iste’dodli o’zbek shoiri Abdulla Oripov she’riyatiga maftunman. Uning har bir she’rini hayajon va ichki bir tuyg’u bilan o’qiyman. Uning asarlarida she’riyatning yuksak cho’qqilarini ko’rish mumkin”, - deydi ozar shoiri Baxtiyor Vahobzoda. Abdulla Oripov she’rlariga jahon adabiyotining ulug’ ijodkorlari Aleksandr Tvardovskiy, Mirzo Tursunzoda, Qaysin Quliev, David Kulgintinov, Mirtemir, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom kabi ijodkorlar yuqori baho berganlar.

Abdulla Oripov ijodi haqida Ozod Sharofiddinov, Matyoqub Qo’shchanov, Ibrohim G’ofurov, Umarali Normatov, Norboy Xudoberganov, Botirxon Akramov, Suvon Meli, Ibrohim Haqqul, Ahmad A’zam, Hakimjon Karimov, No’’monjon Raximjonov, Boqijon To’xliev, Shukur Qurbon, Anvar Jabborov, Doniyor Begimqulov kabi ko’plab adabiyotshunoslar yuksak baho berib, o’z fikr-mulohazalarini bayon qilganlar. Abdulla Oripov she’riyatining o’ziga xosligini, asosiy yutuqlari, xususiyatlari nimalardan iboratligidan boshlab to dramalarining o’lmas g’oyalari taxlil qilingan. Chunki, o’zbek she’riyatida yorqin yulduz misol porlagan Abdulla Oripov she’rlarini etmishinchi-saksoninchi yillarda yodlamagan o’quvchi, u haqida yozmagan adabiyotshunos qolmagan. Shoir adabiyotga hayqirib kirib kelgan:

Men shoirman,

Istasangiz shu.

O’zimniki erur shu sozim –

Birovdan olmadim tuyg’u,

O’zgaga ham bermam ovozim.

Abdulla Oripov butun hayoti davomida oliy mavjudot bo’lgan insonning ulug’ligi, buyukligi, xususiyatlari, fozilligi, temir odamligi, haqgo’yligi, iboligi, hayoliligi, ayollarning tilsimi, go’zalligi, nafisligi, farishtaligi, beqiyos hilqatligi to’g’risida yozib faylasuf shoirligini ko’rsatdi.

Behudaga bir yoqqa borsam,

Qo’llarimdan ushlab o’shal dam –

Kurashlarning safiga qo’shing,

Qur, yarat deng, hayqir deng, jo’sh deng,

Shunday yashar odatda odam, - deb yozadi shoir.

Alloma shoirning taxminan oltmish yillar oldin aytgan bu faylasufona gapi bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.

Men quvonar bo’lsam sen sabab,

O’yga tolar bo’lsam – sen sabab.

Men o’lishni istamasman, yo’q,

Nogoh o’lar bo’lsam – sen sabab.

Yoki

Faqat savob borki, jahon bus-butun,

Faqat savob borki, azizdir Inson!

Abdulla Oripovning har bir she’rini aql-idroksiz, fikrsiz, mushohadasiz o’qish mumkin emas. Shoirning har bir satrida olam-olam ma’nolar yashiringan. Shoir – insonning mehri-muhabbati, tuyg’usi, aql-zakovatini nihoyatda e’zozlab yozadi va she’rxonni ishontiradi, kuldiradi, yig’latadi, o’yga to’ldiradi va eng asosiysi o’ziga tashqaridan nazar tashlashga da’vat qiladi. Abdulla Oripov she’riyati inson va uning xislatlari, fazilatlari, qusurlari haqida yonib yozadi. Shuning uchun shoir she’rlari xalqimiz dardini, orzularini aks ettirgani uchun ham sevib o’qiladi va hech qachon eskirmaydi.

Abdulla Oripov nafaqat shoir balki dramaturgdir. “Jannatga yo’l” (1978) dramatik dostoni, “Tabib va o’lim”, “Ranjkom” (dramatik doston, 1988), “Sohibqiron” she’riy dramalari (1995) bilan o’zbek dramaturgiyasiga katta hissa qo’shdi.

Abdulla Oripov – tarjimon. U Aligeri Dantening “Ilohiy komediyasi”ni o’zbekchaga tarjima qilib o’zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining noyob asari bilan tanishtirgan. Shuningdek, N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, Q.Quliev, R.Gamzatov kabi ijodkorlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Shoirning har bir she’ri kitobxonni oddiyligi, soddaligi, fikri teranligi bilan maftun etadi.

Parchagina bulut,

Cheksiz osmon.

Adir ortidagi yolg’iz oyoq yo’l,

Barcha tashvishlarni unutib,

shodon

Qayta olsam edi qoshingga butkul, - deb yozadi Abdulla Oripov.

Eshitib, to’lg’anib ingradi kuy,

Asrlar g’amini so’ylar munojot.

Kuyi shunday bo’lsa, g’amning o’ziga

Qanday chiday olgan ekan odamzod.

Faylasuf shoirning bu satrlarini behafsala, loqayd o’qib bo’lmaydi. Chunki bunday satrlarni yaratish uchun shoir katta olim bo’lishi zarur. Abdulla Oripov faqat shoir emas balki tabiatshunos hamdir.

 

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,

Qiyosingni topmadim aslo,

Shoirlar bor, o’z yurtin butun

Olam aro atagan tanho.

Faqat ojiz qalamim manim,

O’zbekiston Vatanim manim, - deb mamlakatimiz sha’niga qasida bag’ishlagan.

Abdulla Oripov – pedagog, tarbiyachi. “Qo’riqxona” she’rida shunday yozadi:

                   Insof yo’qolmasin, o’rang mustahkam,

To yuzsizlik etmasin xarob.

Ezgulikni asrang, olamda u ham

Tojdor turna kabi bo’lmasin kamyob.

Oqibatni asrang, oqibat go’yo

Ayiqday qaydadir topmasin zavol.

Hayoni asrangiz, kuymasin hayo

Otashga duch kelgan palapon misol.

Iymonni asrangiz, u doim tanho,

Undadir mujassam inson matlabi.

Avlodlar axtarib yurmasinlar to

Uni allaqanday Qor odam kabi.

         Shoirning “Qo’riqxona” she’ridagi asosiy g’oyalar, vazifalar hech qachon o’z ahamiyatini yo’qotmaydi.

Abdulla Oripovning “Ehtiyoj farzandi” (1988) kitobi “Onajonim she’riyat”, “Unutilmas daqiqalar”, “Bezovta o’ylar sehrida”, “Ko’ngil kaliti” bo’limlaridan iborat bo’lib nasriy asarlari, maqolalari, suhbatlari, badiiy-publitsistik chiqishlarini qamrab olgan. Shu jihatdan olganda Abdulla Oripov shoir, adabiyotshunos, tanqidchi, tarjimon, olim sifatida ijod qildi va o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Abdulla Oripov O’zbekiston davlat madhiyasining muallifi sifatida doimo e’zozlanadi. Shoirning ulkan mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti (1983), O’zbekiston xalq shoiri (1983), Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti (1994), O’zbekiston Qahramoni (1998) “WIPO Creativity Awrd” oltin medali (2007), Italiya yulduzi xalqaro sharafli ordeni (2015) kabi ko’plab mukofotlarga sazovor bo’lgan edi.

Abdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim”, “Sen bahorni sog’inmadingmi?”, “O’zbekiston”, “Dorboz”, “Ayol”, “Onajon” kabi minglab she’rlari insoniyat bor ekan bular hech qachon hech kimning esidan chiqmaydi. Abdulla Oripov xalqimizning eng sevimli shoiri sifatida doimo qalbimizda, yuragimizda saqlanadi.

Bugun Abdulla Oripov hayot bo’lganida 80 yoshga to’lgan bo’lardi. U 2016 yil 5 noyabrda vafot etgan.

Abdulla Oripovning ikkinchi umri davom etmoqda. Shoirning badiiy merosi  xalqimiz, talaba-yoshlar tomonidan o’qib o’rganishi davom etmoqda.

Ravshanbek Mahmudov

Guliston davlat universiteti professori

O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi,

“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi.

7578 | 2021-03-19 07:22

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news