TABRIK
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
TABRIK

Aziz hamkasblar!

Guliston davlat universitetining butun jamoasini kirib kelayotgan mo’tabar ayyom – Navro’zi olam bilan samimiy muborakbod etaman! 

Shu ajoyib kunlarda millati, tili, dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har qaysi oila Navro’z bayramini shodu xurramlik bilan bahor sog’inchi va katta orzu-niyatlar bilan kutib olmoqda.

2021-yilning Navro’z shodiyonalari xalqimiz qalbini dunyoga, birinchi navbatda qo’shni mintaqalarga keng ochayotgan, butun olamda tinchlik, osoyishtalik, o’zaro hamkorlik rishtalarini maxkam bog’lashga har qachongidan ko’proq intilayotgan bir muhitda o’tayotgani yanada quvonchli.

Vatanimizning taraqqiyoti, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoriga ko’tarilishimiz eng avvalo unib-o’sib kelayotgan yoshlarimizning salohiyati, bilimga chanqoqligi va ilmu-fan cho’qqilarini egallashiga, etuk va barkamol avlod bo’lib voyaga etishiga bog’liq. Biz o’zligini, o’z qadr-qimmatini, Vatani oldidagi  burchini chuqur anglagan, o’z oldiga baland marralar qo’yib, dunyodagi barcha tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor farzandlarimizni bizning ishonchimiz va tayanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz deb bilamiz, ularni e’zozlab kamol toptirishda kuch-g’ayratimizni hech qachon ayamaymiz.

Qadrli do’stlar!

Navro’zi olam barchamizga muborak bo’lsin!

Osmonimiz yanada musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!

Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin!

Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hodjiyev.

Gulistan State University

206 | 2021-03-23 09:17

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021