Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslariga start berildi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filiali hamda Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda 2021-yil 6-aprel kunidan boshlab Sirdaryo viloyat tuman (shahar) hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshliqlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o‘z ishini boshladi. O‘quv jarayonlari 9-aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

 Kurs yakuni bo‘yicha tinglovchilarning olgan bilim va ko’nikmalari yuzasidan test sinovlari o‘tkaziladi. Shuningdek, tinglovchilar faoliyat yuritayotgan sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” dasturlarini himoya taqdimotini o‘tkazadilar.

 Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.

122 | 2021-04-07 06:16

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021