Биология кафедраси
ГулДУ - ГУЛИСТОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Биология кафедраси

Kafedra mudiri: Ergashev Ma’rufjon Maxammatjanovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (chorshanba va jumadan tashqari)

Telefon (+99899) 0979983

E-mail: marufjon.ergashev@mail.ru

 

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi.

5140100 – Biologiya

 

Kafedrada quyidagi mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

5A140101 – Biologiya

 

Biologiya kafedra tarihi.

Biologiya kafedrasi 1985-yili tashkil etilgan. Kafedra tomonidan oʻtgan muddat davomida biologiya va qishloq xoʻjaligi, biologiya-kimyo, biologiya yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlangan. Bugungi kunda kafedra yirik oʻquv va ilmiy tadqiqotlar bazasiga ega: Eksperimental biologiya ilmiy laboratoriyasi (uning tarkibiy yoʻnalishlari: biotexnologiya, Shoʻrga chidamli oʻsimliklar genbanki, tajriba maydonlari, malakologiya), kafedra axborot resurs markazi, oʻquv laboratoriyalari va auditoriyalari, oʻquv dala amaliyotlar bazasi, Mintaqaviy Tadqiqot Markazi kabilar shular jumlasidandir.

Kafedraga 1985-1987 yillarda I.Sh.Xalpayev, 1987-1999 yillarda I.Z.Axmetov, 1999-2001 yillar A.A.Pozilov, 2001-2009 yillarda H.H.Kushiev, 2010 yilda A.Pozilov, 2011 yilda N.O.Sulaymonov, 2012-2020 yillarda Z.U.Abduqulov, 2020 yildan M.M.Ergashev mudirlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada biologiya fanlari doktori, professorlar A.Pozilov, S.Dadaev, H.Kushiev, I.Shirinova, biologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar, M.Allamuratov, Z.Abduqulov, A.Karimqulov, T. Turdiqulov, A.Eshquvvatov, M. Ergashev, F. Gaipnazarova, K. Ismailova, N. Ablakulova, katta oʻqituvchilar R.Bozorova,  M.Saidov, hamda Z. Maxamadiyev va M.Madraximov kabi tajribali oʻqituvchilar bilan bir qatorda S.Ashiraliyeva, X.Nazarbayev kabi iqtidorli yoshlar ham faoliyat koʻrsatishmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari biologiya yoʻnalishidagi talabalar uchun 30 ta fan boʻyicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim, koʻnikma va malaka bermoqdalar.

Kafedra a’zolari rahbarligida 1985 yildan buyon viloyatimiz va qoʻshni viloyatlarga “biologiya” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlab berilmoqda.

 

Biologiya kafedrasining hamkorlik aloqalari.

Kafedrada olib borilgan tadqiqotlar asosida koʻpgina ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Respublika miqyosida quydagi Ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqalar oʻrnatilgan.

  1. OʻzR FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti
  2. OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti
  3. OʻzR FA Zoologiya instituti
  4. OʻzR FA Botanika instituti
  5. OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti
  6. OʻzR FA Mikrobiologiya instituti
  7. Genomika va bioinformatika markazi

 

Sirdaryo viloyati miqyosida quydagi tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatilgan.

  1. Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish boshqarmasi
  2. Sirdaryo viloyati XTB
  3. Guliston shaxridagi 2,3,4,5,6,7,8,9,15- umumta’lim maktablari
  4. Sirdaryo viloyati sanitariya epidemiologiyasi markazi  
  5. Oʻsimliklarni hamoya qilish boshqarmasi
  6. Hoji Gadoyboy ota korxonasi
  7. Energo-nasl chorva
  8. Bek klaster MCHJ
  9. Poly Tex Sirdaryo  MCHJ

 

Xorij mamlakatlaridagi institutlar bilan xamkorlik.

Kazan federal universiteti

Slovaka qishloq hoʻjalik universiteti

Slovaka agrakulture university

Ushbu aloqalar oʻzaro hamkorlik shartnomalari asosida keng rivojlanib bormoqda.

 

Biologiya kafedra ilmiy faoliyati.

Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzulari “Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga biotik va abiotik omillar ta’siri va ularni idora etish” hamda “Oʻzbekiston va unga tutash hududlarda tarqalgan hayvonlar” deb nomlanadi.

2012-2020 yillar mobaynida kafedrada Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy tekshirish institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda 3 ta fan doktori, 5 та biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD),  5 ta fan nomzodi va 27 ta magistr tayyorlandi.

Hozirgi kunda kafedrada 7 ta doktorlik, 27 ta magistrlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan ilmiy–amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2012-2020 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan chet el jurnallarida 30 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 60 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 60 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 160 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 130 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.

Kafedrada “Gulchilik”, “Yosh genetiklar” toʻgaragi tashkil etilgan boʻlib, unda 30 dan ortiq iqtidorli talabalar kafedraning tajribali professor-oʻqituvchilari rahbarligida faoliyat koʻrsatishadi.

Kafedra tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir qatar ilmiy-tekshirish institutlarining yetakchi ilmiy xodimlari akad. J.A. Azimov, prof. Z. Tillabayev, E. Shakarboyev, K. Safarov, A. Narimanov, I. Kurbanbayev,  A.Kuchboyev, Oʻzbekiston Milliy universiteti Genetika kafedrasi mudiri biologiya fanlari doktori S.G’.Boboyev va kafedra dotsenti F.N.Kushanov, Buxoro davlat universiteti professori A.E.Xolliyev, Samarqand davlat universiteti professori Z.I.Izzatullaevlar ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqdalar.

“Biologiya” yoʻnalishida bugungi kunda 300 dan ortiq talaba ilmu-fan sirlarini oʻrganmoqdalar.

Talabalar oʻquv rejasida belgilangan fanlarni chuqur oʻzlashtirish bilan bir qatorda Respublika fan olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kafedra jamoasi viloyat, shahar ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqa bog’lagan holda ularga amaliy koʻmak ham beradi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va kafedra oʻrtasida pedagogik amaliyot hamda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan professor-oʻqituvchilarning sinov-tajriba ishlarini oʻtkazish boʻyicha imzolangan hamkorlik shartnomalari mavjud.

Prezidentning 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son qarori ijrosi  oʻlaroq 2020 yil 1 dekabrdan Sirdaryo viloyatidagi tuman va shahar maktablari oʻqituvchilarini “Biologiya” fanidan malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-sonli qarori bilan Guliston davlat universiteti qoshidagi Akademik litsey faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan oʻquv-uslubiy xamkorlik rejalari ishlab chiqilmoqda.

 

4657 | 2017-12-29 12:33

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021